Investitsiya qilish qoidalari.
Agarda siz pullarni sifatli va qiymati doimiy ravishda o’sib boradigan real
aktivlarga investitsiya qilish maqsadida jamg’arib bormasangiz, xech qachon boy
bo’la olmaysiz. Boy odamlar avvalo pullarni maqsadga va aqlga muvofiq ravishda
investitsiya qiladilar va undan so’nggina qolgan pullarni sarf-harajatlari uchun
ishlatadilar. Aslo yodingizdan chiqmasin: daromad hayot tarzini anglatadi, boylik
esa aktivlar bilan o’lchanadi! Agarda sizning olayotgan daromadlaringiz miqdori
bir yildagi sarf-harajatlaringizdan anchagina ortib ketsa, demak, siz o’zingizni
boyman desangiz bo’ladi. O’z daromadlaringizning taxminan 70% ga yashashni
o’rganing, qolgan qismini esa yigíb, ularga qimmatli aktivlarni sotib oling.
Investitsiya qilganda nimalarga ahamiyat berish kerak bo’ladi?
Investitsiya qilishning uchta asosiy tarkibiy qismi mavjud:
Aktivlar qiymati vaqt o’sishi bilan ko’payishi kerak.
Aktivlar dividend, ijara haqqi yoki foizlar shaklida daromad keltirishi
kerak.
AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH
Tavakkalchilik (risk) qancha miqdorga ega ekanligiga e’tibor berish
kerak.
Ushbu uchta elementni bitta investitsiyada kerakli miqdorda amalgam oshirish
mumkin emas. Agar kam tavakkalchilik darajasida daromadning tez o’sishiga
harakat qilsangiz, u xolda daromadning o’sishi juda kam miqdorda bo’ladi. Agarda
ko’p daromad olishni va o’sish miqdori katta bo’lishini istasangiz, u xolda katta
tavakkalchilik darajasini tanlashingiz kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |