Bo`lajak mutaxasislarni milliy ma`naviy qadryatlar asosida tayyorlashning o`ziga xos xususiyatlari ndpi. Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 2 kurs magistranti J. Palimbetova


Download 21.71 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi21.71 Kb.
#1282812
Bog'liq
Палымбетова макала1


BO`LAJAK MUTAXASISLARNI MILLIY - MA`NAVIY QADRYATLAR ASOSIDA
TAYYORLASHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
NDPI. Pedagogika nazariyasi va tarixi
mutaxassisligi 2 kurs magistranti J.Palimbetova.
Yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga o`tayotgan bir davrda jamiyat va davlat o'zligini namoyon etishga bo`lgan munosabati turli ma'rifiy madaniy g'oyalar tushunchalar anglagan vatanparvarlik tuyg'usi bilan millat, xalq manfaatlari, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ravnaqi uchun ma'suliyatli, ilmiy bilim, mehnat va kasb hunar ko`nikmalarini o'zida mujassam etgan ma'naviy madaniyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishda manfaatdordir. Bunday shaxsni shakllantirishda asrlar davomida xalqimizning ma'naviy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlar muhim rol o'ynaydi.
Ma'lumki, umumiy ta'lim oldiga qo'yilgan eng muhim maqsad - umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan xolda ta'lim tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g'oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish va shular asosida yoshlarda ma'naviy madaniyatni shakllantirishdan iborat.
Mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar demokratik ta'lim tizimiga asoslangan bo'lib, unda olg'a surilayotgan g'oyalar quyidagilardan iborat:
1) Shaxsning ma'naviy madaniyatini xozirgi davrda insoniyat erishgan barcha yutuqlar asosida qurish lozim;
2) Ma'naviy madaniyatni shaklantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo'lishiga erishmoq lozim;
3) Ma'naviy qadryatlarni shakllantirishda milliylikdan yiroq va unga zid unsurlardan vos kechmoq zarurdir.
Milliy o`quv muassasasi negizida ta'lim- tarbiya tizimini milliylashtirish;

  • Har bir jamiyat a'zosi xatti-xarakati, xulq-atvorida umuminsoniy, milliy-ma'naviy qadriyatlarni tarkib toptirishda tayanch bo'lish;

  • Shaxsni milliy, umumbashariy madaniyat manbalarining mohiyatini chuqur anglab yetishida dasturiy yo'llanma berish;

  • Shaxsni madaniy qadriyatlar orqali jahon miqyosidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy jarayonlarga intilishida to`g'ri yo'llanma berish.

Umuman olganda ma'naviy qadriyatlarning bo`lajak mutaxassislarni tayyorlashda tutgan o'rnini quyidagilar orqali ifodalashimiz mumkin:
1. Ma'naviy qadriyatlar har bir millatning o'z ona tilida yaratilganligi tufayli ushbu tilning naqadar jozibali ekanligini namoyon etadi. Bu esa shaxsda o'z ona tiliga bepisand bo'lmaslik tuyg'usini rivojlantiradi.
2. Ma'naviy qadriyatlar har bir millatning o'zligini namoyon etadi. Chunki, ular bevosita shu millatning ruxiyati asosida shakllangandir.
3. Ma'naviy qadriyatlar har bir shaxsni o'z xalqi va vatani tarixini sevishga, o'z ajdodlari bilan har lahzada faxrlanishga undaydi
4. Ma`naviy qadryatlar bilan qurollangan har bir mutaxassis kelajakning mohir quruvchilari bo`lishga undaydi, ularni yod g`oyalar qamrab ololmaydi.
Ushbu aytib o'tilganlardan ko'rinib turganidek, ma'naviy qadriyatlarni qadrlash, ulug'lash va rivojlantirish har bir o'z xalqiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo'ladigan ma'naviy barkamol insonning muqaddas burchidir.
Ma'naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi imon e'tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. Ya'ni, mustaqil dunyo qarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat.
Qadriyatlarni bugungi kun yoshlarining tarbiyasida nechog`lik zarurligi, ularning O`zbekistonning porloq kelajagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganligini, xalqimizda yuksak insonparvarlik qadriyatlari tiklanayotganligi va takomillashayotganligini ifadolovchi o`ziga xos dunyoqarashida ko`rishimiz mumkin. Binobarin, an'ana va urf-odatlar, turmush tarzi millat o’zligining minoralari va binolariga qiyos qilinsa, vorislik millatning bor bisoti, ma'naviyatini qo’riqlovchi asosiy qo’rg’oni kabidir. Qo’rg’onsiz esa bino va minoralarni asrab bo’lmaydi. Millat mentaliteti, demakki, xalq xarakteri vorisiylik tizimida muhim o’rin tutadi.


Adabiyotlar:
1. Shоniyozоv Kаrim. O’zbеk хаlqining shаkllаnish jаrаyoni/ Tаhrir hаyаti: D.А.Аlimоvа, E.Х.Аrifхаnоvа, U.S.Аbdullаеv vа bоshq.- T.:“Shаrq”, 2001.-464 b.
2. O’zbеk milliy хаrаktеrining ijtimоiy-psiхоlоgik хususiyatlаri.// Ilmiy-аmаliy kоnfеrеntsiya tеzislаri.- T.: 1999y. 62 b.
Download 21.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling