Bolajon tayanch dasturining maqsadi va vazifalari
«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi
Download 33.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqBOLAJON TAYANCH DASTURINING MAQSADI VA VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturga qarab mavzular asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirishda
- Kichik guruh
- O‘rta guruh
«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi. «Maktabgacha bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga ismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tarbiyalashdan iboratdir. MTMda dasturni amalga oshirishda har bir bolada quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yish lozim:
– ijodkorlik, tasavvur, zukkolik; – mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish; – muommolarni aniqlash va ularni hal etish yo‘llarini topish; – jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muommolariga befarq qaramaslik. Dasturga qarab mavzular asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirishda tarbiyachi har bir yosh guruh bolalarining yoshini hisobga olishi kerak. Bunda beriladigan mashg‘ulotlar oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirilgan bo‘lishi shart. Ilk yosh «Atrof-olamni o‘rganish va anglash» bo‘limida bolalarni kattalar bilan salomlashish, kattalarning salomiga javob berish, minnatdorchilik bildirish, rasmlarni tomosha qilish, obrazga qarab harakatni ifoda eta olish, (ayiqcha, quyoncha) yaqin o‘yinchog‘i nomini aytish va ko‘rsatish, o‘zining tashqi ko‘rinishi, kiyimi hamda chiroyli o‘yinchog‘idan mamnun bo‘lishni o‘rganish ko‘rsatilgan. Ilk yoshda «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida bolalarga beriladigan bilimlar murakkablashib borib, «Ona Vatan va atrof-olam», «Kattalar mehnati», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasi qismlarini o‘rganishi», «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish»lar yoritilgan. Kichik guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam», «Buyuk siymolar va bayramlar», «Kattalar mehnati», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘tilganlarning o‘quv yilining oxirida umumlashtirilib mustahkamlanishi ko‘rsatilgan. O‘rta guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam», «Buyuk siymolar va bayramlar», «Kattalar mehnati», «Transport vositalari», «Buyumlar haqida», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘quv yilining oxirida o‘tilganlarning umumlashtirilib mustahkamlanishi ko‘rsatilg Download 33.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling