Bolajonlarni qiziqtirish maqsadida sport to`garaklari ham tashkil qilingan


Download 39.33 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi39.33 Kb.
#1515471
Bog'liq
HISOBOTI



Buxoro Davlat Universiteti Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti ``boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi yo`nalishi 9-1 S-18 guruh talabasi Halimova Musallamning 2023 yil 23-yanvardan 2023 yil 13 -maygacha Buxoro shahar 33-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida olib brogan pedagogik amaliyot


HISOBOTI


HISOBOTI
Men amaliyot davrini 1-sinfdan 4 -sinfgacha kuzatish maqsadida bir oy 3-``B `` sinf o`qituvchisi Husenova Ma’rifat ustozdan ko`mak oldim.Bilmagan tushunmagan narsalarimni so`rab so`rab o`rgandim.
Malakaviy amaliyot davrida amaliyot rejasi to`liqligicha bajarildi. Reja asosida ishlar tashkil qilindi.Amaliyot davrida men bolalar bilan ishlashni ularning psixologik holatini va o`qituvchining hujjatlari bilan tanishdim va o`rgandim.
O`tilgan ona tili,matematika o`qish va boshqa fanlar kamchiliklarsiz namunali darajada o`tilgani ko`rgazmalarga boy bo`lganiga guvoh bo`ldim.
Amaliyot davrida o`quvchilarning didaktik tarbiyasi bilan shug`ullandim.Biz ilg`or pedagogik tajriba asosida darslarni tashkil qildik va darslarimda multimedia,tezkor savol-javob ,zanjir ,klaster,kartochka,tablitsa ,keys sutudy metodlaridan foydalangan holatda darsni tashkil qildim.
Men o`z faoliyatimizdan qoniqdim.Nazariy va amaliy qiyinchiliklarga duch keldim.Bulardan o`quvchilardan diqqatini bir joyga jalb qilish darsdagi ma`lumotlarni barchaga bir xil tarzda yetkazish,bolalarning psixologiyasi bilan ishlashga ozgina qiynaldim.Qiynalgan paytda sinf o`qituvchisidan ko`mak oldik.``Barkamol avlod`` ``Umid nihollari`` tashkilotlari bilan tarbiyaviy ishlarni olib boorish tizimli amalga oshirilgan.
Ta`lim muassasasi bolalarga turli to`garaklar:qiziqarli matematika,husnixat,chiroyli yozuv,biz bilan kelajak sari,ingliz tilini o`rgan ,qiziqarli to`garaklar tashkil e`tilgan.Har bir o`quvchi bilan alohida- alohida tarzda shug`ullaniladi.
Bolajonlarni qiziqtirish maqsadida sport to`garaklari ham tashkil qilingan.
Men amaliyot davrida 3-``B`` sinfi bilan `` Navro’z muborak`` tadbirni o`tqazishga muvoffiq bo`ldim.Tadbir ajoyib tarzda o`yinlar,she`rlar,sahna ko`rinishlari orqali qiziqarli darajada o`tdi.Bolajonlarni faxriy yorliqlar bilan taqdirlab rag`batlantirdim. Men ham tadbir yaxshi bo`lishi kamchiliklarsiz o`tishi uchun bir hafta harakat qilgandim va niyatimga erishdim deb o`ylayman. Orqada bir nechta malakali o`qituvchilar qilgan mehnatimni baholadilar.
Kelajakdagi maqsadim:o`quvchilarga yetarli darajada bilim berish,o`quvchilarni qiziqishlarini qo`llab quvvatlab cho`qqilarga yetaklash,turli tanlovlarda,olimpiadalarda ularni yetuk darajada olib chiqish,yurtimizga manfaatli inson qilib tarbiyalash, mening eng oliy maqsadimdir.
``Biz vatanning ertasi``degan madaniy va marifiy ochiq dars ham o`tqazdim.Bu madaniy jihatdan juda ustozlarga yoqdi.
Men amaliyot davrida o`quvchilarning psixologiyasini o`rganish,o`qituvchilarning ko`pgina pedagogik mahoratlari,metodlarini o`rganib,dars tiplari bilan tanishib o`zimga kerakli bilim ko`nikmalarni egalladim.Bularni amaliyot davrida ko`rsata oldim deb o`ylayman.

Amaliyotchi talaba: Halimova Musallamning


Hisobotning yozilgan vaqti: 13.05.2023 yil


Download 39.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling