Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


O„yinchoqlar va o„yin qo„llanmalari bilan o„ynaladigan


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/115
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1760837
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish

3. O„yinchoqlar va o„yin qo„llanmalari bilan o„ynaladigan 
o„yinlar. O‗yinchoqlar va o‗yin qo‗llanmalari didaktik o‗yinning 
moddiy markazidir. Pedagog shu maqsadni ko‗zlab o‗yinchoqlar, 
suratlar, turli predmetlarni tanlashi va ularni ma‘lum bir joyda saqlashi 
kerak. O‗yin vaqtida bu qo‗g‗irchoqni guruhdagi hamma bolalar ko‗ra 
olishi uchun, uning o‗lchami 40-50 sm bo‗lishi kerak. Uning jixozlariga 
quyidagi narsalar kiradi: 

kiyim-bosh: kunduzgi ko‗ylak, shim, paypoq; 

ko‗ylak: 
ipakdan 
tikilgan 
ko‗ylaklar; 
peshband, 
qishki, 
mavsumbop, paltolar; 

bosh kiyimlar: shapka, panama, ro‗molcha; 

oyoq kiyimlar: etik, tufli, yumshoq tapochkalar; 


64 

ko‗rpa-yostiq jildlari, yostiq, choyshab, dasturxon, sochiq
va hokazolar. 
Bu narsalarning hammasi turli rangda va shularga muvofiq tusda
turli sifatdagi materialdan tayyorlanishi, ilgagi, piston va tugmalari 
bog‗ishlari vazifasiga muvofiq va bolalar qo‗lining hajmiga mos bo‗lishi 
kerak. 
Qo‗g‗irchoqdan tashqari, o‗yinga transport, hayvonlar, qushlar, 
idish - tovoq va hokazolarni aks ettiruvchi ko‗pgina boshqa o‗yinchoqlar 
kiritiladi. Bu o‗yinchoqlar "Ajoyib xalqacha" bilan o‗ynaladigan o‗yin, 
magazin o‗yinlari, topishmoq o‗yinlarning majburiy jixozlarini tashkil 
etadi. Shuningdek, xilma-xil texnikaviy o‗yinchoqlar va texnik 
vositalar: kino, televizor, magnitofon va boshqalardan ham foydalanish 
kerak. Bularning hammasi hozirgi bolalar talablariga javob beradi, 
o‗yinlar mazmunini ancha yuqori saviyaga ko‗taradi, qoidalar va o‗yin 
harakatlarini rang-barang qiladi va pedagogning didaktik vazifalarni 
muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi. 
Ko‗pgina og‗zaki o‗yin deb atalmish o‗yinlar o‗yinchoqlarsiz va 
materiallarsiz o‗tkaziladi. Bular so‗zdan va bolalardagi mavjud 
tasavvurlardan foydalanishga asoslangan bo‗ladi. Bular topishmoq 
o‗yinlar, taqqoslab ko‗rish, klassifikatsiyalash va hokazolarga oid 
o‗yinlardir. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling