Bolalar folklori ogʻzaki ijod namunalari


Download 16.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi16.72 Kb.
#1405806
Bog'liq
Bolalar folklori - Vikipediya



Bolalar folklori
Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari.
Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar
tomonidan yaratiladi. Folklor janrining
tarkibiy kismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla,
ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq,
bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama,
masharalama va boshqalarni oʻz ichiga
oladi. Bolalar folklori bolaning
tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga,
qoʻshigʻiga moslangan boʻladi.
Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari


toʻplam holida 1932-yildan nashr etila
boshladi. Kattalar tomonidan
yaratiladigan alla, ovutmachoq va
erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan
yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning
istiqboliga oid orzuumidlar, bola
yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi.
Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak
yurgizish, sakratish, oʻynatish va
ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va
boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar
qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan
boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi
olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz
boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi
qoʻshiqlarni bolalar tom boshida,
dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi.


Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi,
quyoshning olamni isitishi, ilk chechak,
birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari
bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olicha",
"Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq
sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli
davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik,
dehqonchilik, chorvachilik, hunar va
sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari,
kattalar xattiharakatlariga taqlid aks
etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham
bolalarning akliy va jismoniy kamolatga
yetishiga yordam beradi, ularda zavq
uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklori ning
murakkab turi boʻlib, ularda drama va
musiqa unsurlari chatishib ketadi.
Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy


chambar", "Hakkalakam" kabi sanama
oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi"
degan topishmoqdan boshlaydi.
Bolalar bogʻchalari, maktablarda
oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar
folklori yosh avlodni intizomli, jasur,
qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga,
oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor
boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib
oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim
namunalari maktab darsliklari va oʻqish
kitoblariga kiritilgan (yana qarang Bolalar
oʻyin qoʻshiqlari).
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar


Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T.,
1975; Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi,
T., 1980; Safarov O., Oʻzbek bolalar
poetik folklori, T., 1985.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Bolalar_folklori&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Bolalar_folklori&oldid=2834
898" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 17:36 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 16.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling