Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Moddiy 
boyliklarga 
sport inshootlari (o‘yinchoqlar, sport honalari
maydonchalari, tirlar, xavzalar, klublar va hokazo), jismoniy jihozlar, buyumlar, 
maxsus sport kiyimlari, poyabzal va boshqalar kiradi. 
Ma‟naviy boyliklarga jismoniy madaniyat haqidagi fan va san‘at asarlari 
(adabiyot, haykaltaroshlik, grafika, musiqa va boshqalar kiradi). 
Jismoniy madaniyat rivojlanishning har bir bosqichida, ya‘ni, ular boyliklarni 
tashkil etish, bunda unga yondoshgan har bir shaxs uchun o‘zlashtirish, foydalanish 
imkoni bo‘lganda kelajakdagi rivojlanish bo‘lib qoladi. Bu yerda gap, hozirgi kunda 
jismoniy madaniyatning keng tarqalgan, amaliy va boshqa bo‘limlariga kirgan 
gimnastika, sport, harakatli o‘yinlar, xaqida jismoniy mashqlarning ko‘pgina turlari 
va to‘plamlari to‘g‘risida boradi. 
Rivojlanishning uzoq yo‘lida uning mazmuni va shakllari jamoa hayoti, va 
faoliyatining turli sohalariga, (moddiy ishlab chiqarish va hizmat faoliyati, kundalik 
turmush va sog‘lom dam olish, tibbiyot va h.k.) tadbiq, yetish bilan asta-sekin 
diferensiallashib boradiki, bu jismoniy madaniyatning ijtimoiy ahamiyati bo‘lgan bir 
qator qismlari va bo‘laklarining (maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, 
ishlab chiqarish, turmush, rekreativ, davolash jismoniy madaniyati va boshqalar) 
shakllanishida o‘z aksini topadi. 
Jismoniy madaniyat - jismoniy tarbiya nazariyasining eng keng tushunchasidir. U 
yuqorida ko‘rib, tilga olingan hamma tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Jismoniy 
tarbiya nazariyasining boshqa fanlar bilan bog‘lanishi. Jismoniy - tarbiya bu insonni 
jismoniy kamolotga erishishiga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya 
jarayonida aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi ijtimoiy, tibbiy va pedagogik fanlar bilan bog‘liqdir. 


Jismoniy tarbiya nazariyasining g‘oyaviy asosiy shaxs haqidagi falsafiy ta‘limot 
hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy - tibbiy asosi (anatomiya, 
fiziologiya, gigiyena, bioximiya, biomexanika va boshqalar) fanlar majmuasidan 
tarkib topgan. Tibbiy fanlar sohasida erishgan yangi yutuqlar jismoniy tarbiya 
nazariyasi tomonidan jismoniy mashqlarni o‘rgatish usullari, vositalarini tanlashni 
asoslash, qo‘yilgan vazifalarni hal yetishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda 
foydalaniladi. Bimexanika harakat texnikasini tadqiqot qilib borib, uni bajarishni 
baholashga, yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni yo‘qotish yo‘llarini belgilashga hamda 
harakat malakalarini shakllantirishda eng yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi. 
Bioximiya tomonidan jismoniy mashqlar bajarilish ta‘sirida kishi organizmida, 
jumladan, mushaklarda bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlarini o‘rganish natijasida olgan 
ma‘lumotlar ularni o‘tkazishda metodikasini takomillashtirishga yordam beradi. 
Tibbiy-tabiiy fanlar asosida erishilgan yangiliklar jismoniy tarbiya nazariyasi 
jismoniy mashqlarga o‘rgatishning vosita va usullarini tanlash uchun, mashg‘ulotlarni 
o‘tkazish metodikasini ishlab chiqishga ko‘maklashadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi 
pedagogika bilimlar tizimiga kiradi, psixologiya, pedagogika, sportning turlari 
(gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, suzish va boshqalar) nazariya va 
metodikasi bilan chambarchas bog‘langan, jismoniy mashqlarga o‘rgatishning 
usullarini tanlash insonning yosh xususiyati hamda shaxsiy psixologiya xususiyatlari 
(diqqati, fikrlashi, eslab qolishi)ga tayanadi. Harakatga o‘rgatish masalalarini ishlab 
chiqishda jismoniy tarbiya nazariyasi o‘rgatishning umumiy didaktik, prinsiplari va 
metodlariga, aqliy, axloqiy, nafosat mexnat va boshqa tarbiya metodlariga tayanadi. 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling