Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog‟liqlik tamoyili


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog‟liqlik tamoyili. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasa bolalarini tegishli dastur asosida 
jismoniy va sport mashqlariga, o‘yinlarga o‘rgatib, ulardagi bu qiziqish qo‘llab-
quvvatlab turiladi. Ta‘limning maqsadi bolalarda maktabga o‘tish va kelajakda 
jismoniy tarbiyadan meyoriy ko‘rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirish uchun jismoniy tayyorgarlik hosil qilishdaniboratdir, shu asosda 
bolalarda O‘zbekistonning mashxur sportchilari, ularning vatanparvarligi, ishchanligi, 
jasurligi, bardoshliligi, mahorati, do‘st-birodarligi va o‘zaro yordam kabi xislatlariga 
hurmat hissi tarbiyalanadi. Sog‘lomlashtirishga yo‘nalgan tamoyilining mohiyati 
bolalar sog‘ligini mustahkamlash vazifalarini bajarishda namoyon bo‘ladi. Shuning 
uchun jismoniy mashqlarni tanlashda bola organizmini har tomonlama 
sog‘lomlashtirishga intilish,uning jismoniy sifatlarini hissiy-ijobiy holat, hayotdagi 
xushchaqchaq kayfiyat bilan yaxlitlikda rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Jismoniy 
tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda salomatlikni mustahkamlash qonuniyatlari 
hisobga olingan jismoniy yuklama albatta idora qilinadi. Bu ish tarbiyachi, vrach va 
mudiraning muntazam vrachpedagoglik nazorati ostida amalga oshiriladi. 
Bolalarga jismoniy ta‘lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktik-ta‘limiy 
tamoyillar qo‘llaniladi: 
-tizimlilik va izchillik, 
-onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik, 


-ta‘limning ko‘rgazmali og‘zaki va amaliy usullarini birga qo‘shib olib borish; 
-tushunarlilik va individuallashtirish tamoyili
-ta‘limning frontal, gruh va yakka tarzdagi shakllarini birligi; 
-talablarni tobora oshirib borish tamoyili. 
Tizimlilik va izchillik tamoyili. 
Jimoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning (kun tartibi, chiniqish, 
harakat ko‘nikmalarining shakllanishi) tizimlilik butun maktabgacha tarbiya davri 
davomidagi 
jismoniy 
tarbiya 
jarayonining 
uzluksizligi, 
muntazamligi, 
rejalashtirilganligidan, yuklama va dam olishning majburiy almashinib turishi 
asosidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining aniq izchilligidan, mashg‘ulotlarning 
izchilligi, ketmaketligi, mazmunan o‘zaro aloqadorligidan iboratdir. Har kuni 
muayyan bir vaqtda o‘z xarakteriga ko‘ra turli jismoniy mashqlarni (ertalabki 
gimnastika, jismoniy tarbiya mashgulotlari, sayr paytidagi harakat faoliyati…) tizimli 
tarzda 
muntazam 
bajarish, 
chiniqtirish 
tadbirlari 
bolalarni 
belgilangan 
sog‘lomlashtirish-tarbiyalash tartibiga o‘rgatadi. Jismoniy tarbiya hosil qilinayotgan 
harakat ko‘nikmalarining takrorlanishini talab etadi. Faqat ko‘p marta 
takrorlangandagina harakatlar shakllanadi. 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling