Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Musobaqa metodi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta‘lim berishda u faqat 
pedagogik rahbarlik sharoitida qo‘llanilishi mumkin. Bu metoddan katta gruhlarda 
foydalanish mumkin. Musobaqalar bolalar kuchiga mos bo‘lishi, axloqiy-irodaviy 
fazilatlarni tarbiyalash, shuningdek o‘z yutuqlarini va boshqa bolalarning 
muvaffaqiyatlarini tinglovchilarga ongli munosabatda bo‘lish asosida to‘g‘ri baholash 
musobaqaning majburiy shartidir. Tashabbuskorlik, qa‘tiylik, sabotlilik, dadillik
jasurlik, oliyjanoblik, o‘rtoqlik kabi irodaviy hamda axloqiy hislatlarni tarbiyalashda 
musobaqa metodining ahamiyati g‘oyat kattadir. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, 
birinchilik uchun raqobat qilish, kurashish salbiy xususiyatlarni (xudbinlik, hasad 
qilish, dag‘allik…) tarkib topishga imkon berishi mumkin. Shu sababli musobaqa 
metodiga mohirona pedagogik rahbarlik qilingan taqdirdagina u ma‘naviy tarbiya 
sohasidagi o‘z rolini oqlay oladi. Pedagogik jarayonda ta‘lim metodlaridan mujassam 
holda foydalaniladi. Ko‘rgazmali yoki og‘zaki metodlardan so‘ng darhol bolalar 
amaliy harakatlarga, harakatlarni mustaqil bajarishga o‘tishlari lozim. Har bir metod 
vazifalarni hal etishga yordam beradigan bir qancha usullar majmuasidan iboratdir. 
Usul metodning bir qismi, uni to‘ldiruvchi va aniqlashtiruvchi qismidir 
.Ko‟rgazmali 
metodga 
oid 
usullarBolalarni 
harakatlarga 
o‘rgatishda 
ko‘rgazmalilikning turli usullaridan foydalaniladi. Yaqqol ko‘rish usullari harakat 
yoki ayrim xarakat elementlarining tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri va aniq namoyish 
etilishidan; tevarak-atrofdagi hayot ko‘rinishlariga taqlid qilishdan; moduli 


to‘g‘ribosib o‘tishda mo‘ljal olishdan foydalanish; ko‘rgazmali qo‘llanmalar, 
teleeshittirishlar, 
fotografiyalar, 
suratlar 
foydalanishdan 
iboratdir. 
Taktil mushak ko‘rgazmaliligi bolalarning harakat faoliyatiga jismoniy tarbiya 
qo‘llanmalarini kiritish bilan ta‘minlanadi. Masalan: tizzani baland ko‘tarib yugurish 
ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida ketmaket qo‘yilgan yoy shaklidagi 
darvozachalar qo‘llaniladi.Yugurish paytida oyoqni bu to‘siqlar osha ko‘tarib o‘tish 
bolaning 
tizzani 
baland 
ko‘tarish 
ko‘nikmasini 
egallashiga 
yordam 
beradi. 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling