Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o‟quv fan sifatida


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o‟quv fan sifatida. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiya, 
jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus 
bilim va ma‘lumot olishda asosiy fan bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Davlat 
Jismoniy tarbiya instituti, Viloyat pedagogika instituti va Universitetlarida, kasb-
hunar kollej jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya 
nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqida bilimlarining to‘la tizimida o‘tish 
kursini ta‘minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy 
tushunchalari tashkil yetadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va metodik bo‘lim 
turlari o‘rganiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taa‘luqlidir. Bu hodisalarni 
xarakterlash uchun jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi sabablari uning jamiyat 
hayotida tutgan o‘rni: jismoniy tarbiyaning tarixiy xarakteri: jismoniy tarbiyaning 
jamiyatdagi sinfiy maqsadi: jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mehnat foaliyatining 
mazmuni va xarakteri: yutuqlari va boshqa omillarning ahamiyati kabilarni anglab 
olishlari shart. Shuni ta‘kidlab o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy tarbiyada aloxida - 
ahamiyatda ega emas, balki murakkab bog‘langan holda ta‘sir ko‘rsatadi. Jismoniy 
tarbiyaning moxiyatini tushunish uchun eng avvalo uning maxsus mazmunini 
aniqlash lozim. Jismoniy tarbiya har xil fanlar tomonidan o‘rganiladi (jismoniy 
tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy shakllar 
biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi uning metodikasi va x.k.). Jismoniy 
tarbiya nazariyasi pedagogik fandir: u insonning barkamolligini boshqarishning 
umumiy qonunlarini, shuningdek bu qonuniyatlari asosida O‘zbekiston 
fuqarolarining jismoniy tarbiyasi vazifalarini metodlari va ish shakllarini aniqlaydi: 
jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy komil toptiradigan va Vatan 
mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘g‘risidagi bilimlarni tashkil qiladi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini, hamda 
aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport pedagogik 
mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo‘ladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasi fanining bo‘limlarida jismoniy madaniyatning umumiy ta‘lim hamda kasb 


- amaliy tayyorgarlik va kundalik turmushda xususiyatlari o‘rganilib boradi. 
Shuningdek sport, jismoniy tarbiyaning asosiy komponentlaridan biri hamda sport 
faoliyatining maxsus shakli sifatida sport musobaqalari taxlil qilinadi. 
Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy madaniyat 
va sport bo‘yicha mutaxassislar, professional - ta‘limotning ilmiy fundamentiga 
kirituvchi kengaytirilgan bo‘limlari majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati 
faqat bu bilimlar qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy 
madaniyatning butun sohalarida kasbiy - faoliyat mazmunini to‘liq tushinishga 
imkoniyat beradi, uning dunyo qarashini o‘zgartiradi, jamiyat sohasidagi boshqa 
ishchilarning umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu yangi tipdagi bilim, usul va 
metodlarini egallashni, zarur bo‘lgan keng professional dunyoqarashini 
shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bu inson 
jismoniy kamolatini boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Bu fanni 
egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli masalalarini hal qilishga 
to‘g‘ri yondoshish imkonini beradi. 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling