Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Ilmiy tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatish


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Ilmiy tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatish 
Tadqiqotchi 
qo'llayotgan 
bu 
usuliyatning 
ijobiy 
tomoni 
shundaki, 
izlanuvchining o'zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli 
o'laroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq o'rganadi, kuzatilayotgan va undan 
aniqlangan dalillarni tezlik bilan xisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni 
izlanishda qo'llashi oson kechadi. Maxsus bayonnomalar, yozuvdagi shartli 
ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi 
kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bog‘liq bo'lmasligi lozim, chunki 
o'rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko'pchilikda turlicha fikr xosil bo'lishiga olib 
keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni shundaki, bir vaqtni o'zida bir necha kuzatuvchi 
bir oboektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. Bunda ayrim apparatlar o'sha 
harakatning bajarilishini qayta takrorlashi yoki tadqiqot o'lchoviga qarab uni foto
kinosyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar) orqali kuzatish lozim 
bo'lgan xulosalarni qiladi. Bunday xulosalar oboektiv bo'ladi. Uni ijrosidagi 
kamchiliklar yoki yangiliklarni takroriy ko'rish imkoni bor. Lekin qator sport turlari, 
harakat faoliyati va harakat aktini baholashda bahslar, munozaralar qilishga to'g‘ri 
keladi. Xulosalar suboektiv bo'lib yakuniy xulosa natijasiga salbiy taosir qilish xollari 
xam uchraydi. Hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasida harakatlarni ijrosi 
bajarilishidagi ayrim dalillar va ular haqidagi xulosalarda noaniqlikga yo'l qo'yilishi 
kuzatiladi. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va 
boshqalarda harakatni ifodalanishining bayoni faqat ko'z bilan baxolanadi. Qator 
hakamlarning xar biri o'z fikrini subyektiv xolatda o'zicha bayon qiladi, umumiy 
xulosa umumlashtirilib so'ng baholanadi. Bunday kuzatish usuliyati tadqiqotchi yoki
kuzatuvchidan o'ta kuchli salohiyatni talab qiladi.Keng tarqalgan, aniq xisobga olish 
usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. "Xrono"-vaqt, "metr"-o'lchov demakdir. Bunda 
harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija taxlil qilinadi. Masalan, 800 
metrga yugurishda xar bir 100 metr uchun sarf bo'lgan vaqt yoki darsni, trenirovka 
mashg‘ulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlashdan 
mashg‘ulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling