Talabalarni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
- mashgʻulotlardagi ishtiroki (davomat);
- mashgʻulotlardagi faollik va ijodkorlik;
- asosiy va qoʻshimcha oʻquv materiallarini oʻzlashtirish;
- mustaqil ta‘lim boʻyicha topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish;
- nazoratning barcha turlarinii oʻz vaqtida bajarish.
AKADEMIK VA ETIK TALABLAR
Nazorat topshiriqlarini bajarishda koʻchirmakashlikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaydi.
Test, oʻquv loyihalari, mustaqil ishlar, oraliq, joriy, yakuniy nazorat topshiriqlarini boshqa
shaxslardan koʻchirib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, boshqa talabaning oʻrniga imtihon topshirish
ta‘qiqlanadi.
Kurs boʻyicha har qanday nazorat topshirigʻini soxtalashtirgan talaba ―fanni oʻzlashtirmagan‖ (―F‖)
hisoblanadi.
Mashgʻulotlar paytida mobil aloqa va boshqa elektron qurilmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mashgʻulotlar paytida auditoriyada (virtual auditoriyada) belgilangan talablarga zid harakatlar qilish
mumkin emas.
Boshqalar va turli fikrlarga tolerant munosabatda boʻlish talab etiladi.
Kontakt soatlari*: mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarish, ularni taqdim etish, zarur ma‘lumotlar
va turli materiallar boʻyicha savollarga quyidagi grafik asosida oʻqituvchiga murijaat qilishingiz mumkin
:
№
Kun
Vaqt
Xona
1.
Chorshanba
10.00 – 12.00
407
2.
Shanba
10.00 – 12.00
406
* Eslatma
: Mazkur blok har bir oʻqituvchi tomonidan oʻzining individual-shaxsiy ishchi dasturida
imkoniyatdan kelib chiqib toʻldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |