Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari
Download 2.74 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinglovchilarni asta-sekin oshirib borish tamoyili.
- Ta‟lim metodlari va usullari tasnifi.
Ta‟limning
frontal, gruh va yakka tartibdagi usullarini birligi tamoyili.U tamoyil ta‘limning turli usullari ko‘llanilgandagi uyushqoqlikni ko‘zda tutadi: frontal usul qo‘yilgan vazimoduli bir vaqtda, ongli va ahil ravishda bajarishni talab etadi; gruh usuli mas‘ul, mustaqil va o‘zaro yordamni rag‘batlantirishni talab etadi; yakka yondashuv usuli tarbiyachiningba‘zi bolalarga zarur yordam berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishda ifodalanadigan rahbarligini talab etadi. Bu usullardan birgalikda foydalanish, tarbiyaviy vazifalarini samarali bajarishga xizmat qiladi. Tinglovchilarni asta-sekin oshirib borish tamoyili.Bu tamoyilning sharti bola oldiga birmuncha qiyin vazifalar qo‘yish va bajartirish hamda yuklama ko‘lamini va intensivligini asta-sekin oshirib borishdan iboratdir. Mashqlarni yangilash jarayonida harakat malaka va ko‘nikmalarining hajmi kengayadi va boyidi. Harakat faoliyati shakllarini murakkablashtirish bilan birga bolaning kuchiga yarasha beriladigan jismoniy yuklama asta-sekin oshib boradi. Bu jismoniy fazilatlarning rivojlanish qonuniyatlari nisbatan bolaning kuchi,chidamliligi, tezkorligi bilan belgilanadi. Ko‘rib o‘tilgan barcha tamoyillar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning barchasi o‘zida yagona va faqat shartli ravishda alohida holda qaraladigan bir jarayonning muayyan jihatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Ta‟lim metodlari va usullari tasnifi. Ta‘lim metodlari o‘quv predmeti, aniq didaktik vazifalar, vositalar va ta‘lim shartlarining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq usullar tizimining turli birikmalaridan iboratdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nerv tizimi va butun organizmi nihoyatda plastik va tashqi ta‘sirga beriluvchan bo‘ladi. Shuning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan mashg‘ulot olib borganda psixik va jismoniy kuchni sarflanadigan to‘g‘ri vaqt nisbati va undan so‘nggi dam olish tarbiyachining muhim vazifalaridan biri bo‘lishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta‘lim berishda ularning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda quyidagi metodlardan foydalaniladi. 1.Ko‘rgazmali metod. 2.Og‘zaki metod. 3.Amaliy metod. 4.O‘yin metodi. 5. Musobaqa metodi. Ko‘rgazmali metod bu hissiy idrok va harakat sezgilarining yorqinligini ta‘minlaydi. Ular bolalarda sensor qobiliyatlari rivojlanishini faollashtiruvchi harakat haqida juda to‘liq va aniq tasavvurning hosil bo‘lishi uchun zarurdir. Og‘zaki metod bu metod bolalar ongiga yo‘naltirilgan, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni tushunib olishga va mashqlar mazmuni va tuzilishini o‘zlashtirib olishda katta rol o‘ynaydigan harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarilishi, bu mashqlarni turli vaziyatlarda mustaqil qo‘llashga yordam beradi. Amaliy metod bolalarning amaliy harakat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, harakatlarni o‘z muskul motor sezgilarida to‘g‘ri idrok etilishini amaldatekshirishni ta‘minlaydi. Amaliy metodlar mashqlarni o‘yin shaklida, musobaqa elementlaridan foydalanish bilan xarakterlanadi. Amaliy metodning xilma- xil turlaridan biri o‘yin metodidir. O‘yin metodi bolalar bilan ishlashda samarali bo‘lib, ko‘rgazmali obraz va ko‘rgazmali amaliy tafakkur elementlarini hisobga oladi. U turli harakat ko‘nikmalarini, harakatlarning mustaqilligini, o‘zgaruvchan sharoitga nisbatan tezkor javob reaktsiyasini bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy faollik ko‘rsatishga imkon beradi. Download 2.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling