Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Ifodali mazmunli hikoya usuli


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Ifodali mazmunli hikoya usuli. U harakatlardagi ifodalilikni rivojlantirish va o‘yin 
obraziga yaxshiroq kirish maqsadida qo‘llaniladi. Mazmunli hikoya ertakni qisqa 


hikoya qilishga o‘xshaydi (1,5 2 minut) vaqt davom etadi. Bunda tarbiyachi o‘yin 
mazmuni va qoidalarini qisqa obrazli hikoyada ochib beradi.  
Masalan:«Bor 
ekanda 
yo‘q 
ekan, 
chiroyli 
qayrilma 
shoxli va beozor kulrang oq ona echki bor ekan. Uning bolachalari bor ekan…» 
Bolalarni o‘rgatishda ko‘rgazmali va og‘zaki usullarning maqsadga muvofik qo‘shib 
olib borilishi, ularning o‘zaro bog‘liqligi, harakatlarni idrok etish va qayta 
bajarishning aniqligiga va obrazliligini va bolalar bajaradigan harakatli topshiriqlar
ular mazmuni va har bir harakat faoliyatining barcha elementlari izchilligini ongli 
tushunilishini 
ta‘minlaydi. 
Amaliy metodga oid usullar Bolalarni harakatga o‘rgatishda tarbiyachi ko‘rgazmali 
va og‘zaki usullar bilan o‘zaro bog‘liq turli amaliy usullar majmuasidan foydalanadi. 
U mashqlarni, harakatli o‘yinlardagi ayrim rollarni, boshqaruvchi rolini bajarib 
ko‘rsatadi, bolalarni topshiriqlarga jalb qilib va namuna ko‘rsatib ularni 
musobaqalarda qatnashishga rag‘batlantiradi. Masalan, kim harakatli topshiriqni 
tezroq
, yaxshiroq, to‘g‘riroq bajaradi, u bolalarga o‘zini qanday tutish va qanday 
hatti-harakat qilishni ko‘rsatadi.Tarbiyachi bolalarning amaliy faoliyatini tashkil 
etayotib butun ta‘lim jarayonini mashg‘ulotning vazifalari, mazmuniga muvofiq 
rejalab oladi. Bolalarga jismoniy harakatlarni o‘rgatishda hamma metod va 
usullardan o‘zaro mujassam holda foydalanish lozimJismoniy tarbiya jarayonida 
bolalar harakat malakasi va ko‘nikmasini egallab boradilar.Harakat malakasi harakat 
texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat malakalarining ikki turi 
farqlanadi: ulardan biri yaxlit harakat faoliyatini amalga oshiriladi, ikkinchisi ayrim, 
murakkabligiga ko‘ra turlicha harakatlarda ifodalanadi. Birinchi turdagi malakalar 
o‘yinlar, kurashlar bilan bog‘liq. Ikkinchi turdagi harakat malakalari rivojlanish 
harakat 
texnikasini 
dastlabki 
egallashdan 
yanada 
yuksaklikka, 
uni 
takomillashtirishgacha boradi.Harakat ko‘nikmasi bu harakat texnikasini egallash 
darajasi bo‘lib,unda xarakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar 
o‘ziningbarqarorligi bilan ajralib turadi. Harakat ko‘nikmasini shakllantirish birinchi 
va ikkinchi signal tizimlarining o‘zaro harakatidagi dinamik stereotipning yuzaga 
kelish jarayonidan iboratdir. Harakat ko‘nikmalarining, bola uchun amaliy ahamiyati 
juda katta.Hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy va psixik kuchlarni tejamkorlik bilan 
sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish 
imkonini beradi.

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling