Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari
Download 2.74 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‟quv materiallari I-semestr: Ma‟ruza 1-Mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari.
MUNDARIJA t/r O‗quv uslubiy majmua elementlari betlar 1 Ma‘ruzalar matni 2 Amaliy mashg‗ulotlar va (yoki) seminar mashg‘ulotlar uchun materiallar 3 Mustaqil ta‘lim mavzularini o‘zlashtirish bo‘yicha zarur uslubiy ko‘rsatmalar 4 Glossariy 5 Ilovalar -fan dasturi - ishchi dasturi - tarqatma materiallar - testlar - baholash mezonlari va fanni o‘rganish bo‘yicha boshqa materiallar) O‟quv materiallari I-semestr: Ma‟ruza 1-Mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari. Mavzu rejasi: 1. Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari. 2. Maktabgacha ta‘limda jismoniy tarbiya metodikasida tadqiqot metodlari. Tayanch so‟zlar Jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish, moddiy-texnika bazasini, yurak-qon tomirlari, - suyaklar sistemasi, ichki organlarning,ovqat hazm qilish, modda ajralish, psixik jarayonlar, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy mashq, sport, jismoniy kamolat, moddiy boyliklar, ma‘naviy boyliklar. O‘quv muassasalarida (maktabgacha ta‘lim muassasalari, umum o‘rta ta‘lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari) shug‘ullanuvchi o‘quvchi- yoshlarning(bolalarning) jismoniy tarbiyasi O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimining asosiy bo‘limi bo‘lib hisoblanadi.Bu eng katta bo‘lim bo‘lib, bunda o‘quvchi-yoshlar (bolalar) bilim tajriba va harakat maxoratini maktabgacha ta‘lim muassasasida, umum o‘rta ta‘lim maktabi hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarda davom ettirishlari ko‘zda tutilgan, demak, mana shu yillar mobaynida jismoniy tarbiyaning muhim harakatlariga ega bo‘ladilar. Ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida kishilarning mehnat vazifalari o‘zgarib turadi. Bunda jismoniy mehnat kamayib aqliy mehnat ko‘payib boradi. Shu boisdan jismoniy tayyorgarlikga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Hozirgi paytlarda gazeta sahifalarida tibbiyot hodimlari «gipodinamiya», ya‘ni jismoniy mashqlar, jismoniy mehnat, faol harakat insoniyat faoliyatida kundan-kunga kamayib borganligi haqida tashvishlanib gapirmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida asr kasalligi yurak tomir kasalligining yildan-yilga ortishiga sababchi bo‘lmoqda. Shifokorlar fikricha, bu kasallikning oldini olishning zaruriy vositalaridan biri ko‘proq harakat qilish va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdir hamda « tabiatning sog‘lomlashtirish kuchlari » dan unumli foydalana olish katta ahamiyatga ega. O‘quv muassasalarida jismoniy tarbiyani takomillashtirish, o‘quv tarbiya ishlarini yaxshilashning tarkibiy qismi hisoblanadi va «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil 14 yanvar), « Sog‘lom avlod uchun » istiqbol dasturi (1993 yil), « Ta‘lim to‘g‘risida » gi qonun hamda « Kadrlar tayyorlash milliy dasturi » (29 avgust 1997 yil), «Uzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi farmoni (2002 yil 27 oktyabr) talablarini amalga oshirish uchun o‘z xissasini qo‘shadi. So‘nggi yillarda o‘quv muassasalarida o‘quvchi-yoshlar (bolalar) jismoniy kamolotga yetishida jiddiy kamchiliklar borligi va o‘quvchi-yoshlar (bolalar) hayoti uchun zarur genetik qoidalarni mukammal bilmasliklari, hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida yetarli bilimga ega emasliklari ma‘lum bo‘lmoqda.O‘quv muassasalarida jismoniy tarbiyaning xilma - xil shakllari mavjud. Afsuski, joylarda (maktabgacha ta‘lim muassasalarida, umum o‘rta ta‘lim maktablarida (boshlang‘ich, o‘rta sinflarda), akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida faqat dars shaklini tashkil qilish va o‘tkazish bilan cheklanib qolinmoqda. Bu yesa o‘quvchi-yoshlarning (bolalarning) harakatga bo‘lgan talablarini qoniqtirmaydi.Pedagogik kuzatishlarning ko‘rsatishicha jismoniy tarbiya darslari jarayonida o‘quvchi-yoshlar (bolalar) hayot uchun zarur bo‘lgan harakat faolligini nixoyatda kam qismini oladilar. O‘zbekiston xalq ta‘limi Vazirligini 1989 yil 30 yanvar, 45 sonli buyrug‘iga binoan haftasiga 3 soat jismoniy tarbiya darsini o‘tish mo‘ljallangan edi. Lekin jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bundan unumli foydalana olmadilar. Bundan tashqari darslarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinmasligi (ko‘pchilik bog‘chalarda bolalar bilan maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya darsini mutaxassis bo‘lmagan o‘qituvchilar tashkil qiladi va o‘tkazadilar): o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda mashqlar tanlanishi natijasida o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash, harakat malakalarini shakllantirish yetarli darajada emas.Ko‘pgina o‘quv muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning (bolalarning) jismoniy rivojlantirish uchun zarur va faol dam olishga qaratilgan tadbirlar: mashg‘ulotgacha o‘tkaziladigan gimnastika, katta tanaffuslarda qiziqarli tashkil qilinadigan harakatli o‘yinlar, mashgulotlar, umum - ta‘lim darslar jarayonida o‘tkaziladigan quvnoq daqiqalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishga e‘tibor qaratilmay qolmokdi. Natijada shug‘ullanuvchilarning jismoniy xatti - harakatlari, faol ishchanligi tez pasayib boradigan bo‘ldi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining strategik vazifalaridan biri - kelajakdagi barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qadar bo‘lgan jismoniy sog‘lom va ma‘naviy barkamol shaxsni voyaga yetkazishdan iborat. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun o‘quv ishlarini rejalashtirishda va samarali olib borishda yangicha hamda ijodiy qarashimizning lozimligi, ishga tashabbuskorlik bilan yondoshishimiz kerakligi ta‘kidlanmokda. Demak, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar hamda akademik litsey, kasb-hunar kollej usmirlari jismoniy tarbiya tizimini rivojantirish zarur, ularning harakat mahoratini oshirish chora - tadbirlarini ishlab chiqish kerak.Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, o‘spirin va o‘smirlar tarbiyasida, ularni jismoniy baquvvat, aqlan barkamol bo‘lib yetishishlarida jismoniy tarbiya yetakchi rolni o‘ynaydi. Bu muammolarni xal yetishda asosiy o‘rin bolalar va kattalar orasida, o‘qituvchilar, ota-onalar o‘rtasida organizmni chiniqtirish, gеnetik qoidalari va talablarni o‘rgatish va tarbiyalash sog‘lom turmush tarzini tarkib etish egallaydi. Shu sababli birinchi navbatdagi vazifa bolalarning har tamonlama to‘liq rivojlanishiga yordam beradi salomatligini mustahkamlash, hayotga tayyorlash, foydali mehnatga tayyorlash, yetuk shaxs bo‘lishiga hissa qo‘shadi.O‘quvchi-yoshlarni (bolalarni) jismoniy tarbiyalashning turli xil shakllaridan foydalanish bog‘chada, maktabda nafaqat jismoniy tarbiya mutaxassisi, o‘qituvchisining vazifasi, balki tarbiyachilar hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining, bogcha, maktab jamoatchiligining va maktab yoshlar uyushmasi faollarining ham bevosita vazifasidir. Ammo ko‘pgina ukuv muassasalarda jismoniy tarbiya davlat dasturida ko‘zda tutilganidek tashkil qilinmaydi. Buning birinchi sababi maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasiga ma‘sul bo‘lganlarning barchasiga jismoniy tarbiya nazariyasiga oid va metodikasiga oid bilimlari yetarli emas. Bu muammolarni hal qilishga qaratilgan metodik adabiyotlar va qo‘llanmalar ham juda kam. Biz respublikamizning ijtimoiy asoslarini mustaxkamlashda, uning barqarorligida, mamlakatimizning ertangi taqdiri bog‘liq bo‘lgan jismonan sog‘lom, ma‘naviy jihatdan yetuk yosh avlodni tarbiyalashda oilaning muhim o‘rin tutishiga katta ahamiyat berishimiz va amalga oshirishda o‘z hissamizni qo‘shishni baxt deb bilamiz. Download 2.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling