Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

 
 
Asosiy adabiyotlar: 
 
1.Tulenova X, Xo‘jayev P, Xo‘jayeva M, Meliyev H. Jismoniy tarbiya nazaryasi va 
metodikasi (1-2 qismlar)Maktabgacha ta‘lim va bolalar sporti ta‘lim yo‘nalishi 
talabalri uchun uchun qo‘llanma.-T ―IQTISOD-MOLIYA‖,2012 
2. Djalilova H.H Bolalar jismoniy tarbiyasi. T.2020 y 
3.A.H.Normurodov ―Jismoniy tarbiya‖ T. O‘zbekiston 2011 y 
4.Makamjonov K.Salomov R. Ikromov I. ―Jismoniy madaniyat nazaryasi va 
metodikasi‖ Iqtisod-Moliya 2008 y 
 
 


2- Mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari faning tadqiqot 
metodlar. 
 
Mavzu rejasi: 
1. Kuzatuv: maktabgacha ta‘lim muassasasi ish hujjatlarini o‘rganish, anketika,anketa 
turlari. 
2. Pedagogik eksperiment, pedagogik eksperiment o‘tkazish bosqichlari
Tayanch so‟zlar Ilmiy tadqiqot, tajribalar, jismoniy tarbiya, fiziologiya
antropologiya, bioximiya, psixologiya, pedagogik kuzatish, eksperiment. 
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish 
uslubiyatlaridan foydalanadi. Hozirgi kunda jismoniy tarbiya jarayoning ilmiy 
tekshirish uslubiyatlarining turli xillari mavjud bo'lib, ayniqsa qo'shma fanlarning 
tadqiqot uslublari, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va 
ijtimoiy-tarixiy yo'nalishlarning izlanish uslublariga ko'proq ehtiyoj sezilayotganligi 
ahamiyatga molik.
Bolalar 
jismoniy tarbiyasi nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - 
nazariy taxlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va 
matematik xisoblashdan nisbatan ko'proq foydalanilmoqda.
1. Ilmiy tadqiqotda jarayonida nazariy taxlil va umumlashtirish Ma‘lumki, 
nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to'la tahlil qilish va 
umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to'liq o'rganib chiqish juda 
qiyin. U har 4-5 yilda yana shunchadanga ko'payadi. Bundan tashqari ilmiy 
jurnallardagi tadqiqotlar xaqidagi maqolalar bir necha marotaba ko'paymoqda. Bunda 
yordamchi 
ilmiy 
predmet 

"bibliografiya" 
fani 
tadqiqotchining 
ishini 
yengillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro'yxatini tuzib 
chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish maolum davr ichidagi mavjud 
adabiyotlarning ilmiy yo'nalishi bo'yicha yangiliklarga qisqa izox beradi. Bundan 
tashqari, tadqiqotchi "bibliografik tavsifnomadan ham foydalaniladi. Tavsifnoma 
yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish 
natijasini qisqartirgan holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi. 
Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi 
bo'lib, tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy bahs 
yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi. 
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati xujjat materiallari 
ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko'p tomoni amaliy mashg‘ulotlar uchun 
tuzilgan rejalar, kundaliklar, konspektlar, hisobotlar va shunga o'xshashlarda 
ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan xolda tuzilgan bo'ladi. Ularni 
ilmiy jihatdan chuqur o'rganish kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan, 
jaxonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shug‘ullanish rejalarini 
solishtirish, malakali sportchilarning kundaliklari, haftalik, oylik, yillik jismoniy 
yuklamalarning hajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga 


manba bo'lishi mumkin. Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko'p yillik 
trenirovkalarning natijalarini o'rganish ham tadqiqot obyekti bo'lib xizmat qiladi. 
Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalar ham hujjat materiallari bo'lib xizmat 
qilishi mumkin. Tuzilgan savollarga "ha" va "yo'q" deb javob berish ham ko'p 
xulosalarga olib keladi.

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling