Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari
Ilmiy tadqiqot jarayonida tajribalar o'tkazish
Download 2.74 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов
Ilmiy tadqiqot jarayonida tajribalar o'tkazish
Ilmiy tekshirishning bu metodi tekshiruvchining o'zi tomonidan uyushtirilib eksperimentda tadqiqotchining o'zi aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metodda tekshiralayotgan jarayonni maxsus sharoitda yoki tajribani yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratilishi bilan qulay. Uslubiyatning qulay yoki qimmatli tomoni ham ana shunda. Salbiy tomoni ham yo'q emas. Jismoniy tarbiya jarayonida olib borilayotgan tajribani maxsus sharoitni xisobga olmay yoki sunoiy qaytadan o'sha sharoitni yaratishda nazoratdagi masalaga oid bo'lmagan muammolar xam yuzaga kelishi mumkin. Bu ilmiy tadqiqot usuliyatining salbiy tomonidir. Eksperimentni obyektiv o'tkazishning amaliyotida tabiiy, modulli va laboratoriya eksperimentlari deb nomlangan eksperiment xillaridan foydala-niladi. Tabiiy eksperiment xayotiy sharoitda olib boriladi. Undan tajriba ishtirokchilar butunlay bexabar (samaraligi xam shunda) bo'ladilar. Masalan, bir maktabning ikki sinfidagi jismoniy tarbiya darslarida dastur materialini o'zlashtirilishi anoanaviy o'qitish uslullari bilan, boshqasida esa maxsus tanlangan usuliyatlar bilan olib borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi sinfda samaradorlik yuqori bo'lganligini aniqlash mumkin bo'ladi.Modulli eksperiment metodidan kuzatuvchi xayotda uchray-digan oddiy sharoitdan bir oz o'zgargan muxitda tajriba o'tkaziladi. Masalan, muskul kuchini o'stirishda sportga yangi kelganlar bilan ish olib borilib, ular haftada uch marta, aloxida guruxlarga bo'linib, birinchi guruxi yotgan holatda shtangada mashq qilish, ikkinchi guruxi esa o'zining tanasi o?irligidan foydalanib, uchinchi guruxi faqat gantel ko'tarish bilan ma‘lum, belgilangan muddat davomida mashq qiladi. Har qaysi guruxning moduli alohida (shtanga, gavdasi og‘irligi, gantel) mashqlar faqat yelka kamar muskullarining kuchini ortirishga yo'naltirilgan. Eksperimentdan so'ng natijalar taqqoslanib samara bergan modul va uning mashqlari, uslubiyati effekti e‘lon qilinadi va undan amaliyotda foydalanish tavsiya qilinadi. Laboratoriya eksperimentida shug‘ullanuvchilar kundalik xayotiy sharoitda amaliyotida kam uchraydigan holatda tajriba o'tkazadi. Masalan, jismoniy tayyorgarligi teng ikki gurux olinib, ulardan birining mashg‘uloti laboratoriyada, ikkinchisiniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi. Bu tajribaning qulayligi tajribaning laboratoriya sharoitida yangitdan takrorlay olish mumkin ekanligidadir. Usuliyatni salbiy tomoni tajriba o'tkazuvchining tajribada aynan ishtiroki bo'lib, obyektiv bo'lmagan yakuniy xulosalarga xam olib kelishi mumkin. Download 2.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling