Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari
Download 2.74 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов
Jismoniy ta‟limot - maxsus bilimlarni, harakat ko‘nikma va malakalarini o‘z
ichiga oladigan jismoniy tarbiyaning bir tomoni. Jismoniy mashqlar - jismoniy tarbiya vazifalarini hal yetish uchun vosita sifatida tanlab olingan harakatlar, harakat faoliyati, shuningdek harakat faoliyatining murakkab turlari kiradi foaliyat deb inson harakat apparatining faolligi asos bo‘lgan har qanday faoliyatiga aytiladi. « Mashq » tushunchasi jismoniy mashqlarni bir necha marta takrorlash ahamiyatida ham qo‘llaniladi. Sport - bu maxsus faoliyat bo‘lib, musobaqalar jarayonida namoyon bo‘ladigan, jismoniy mashqlarning qaysi bir turlarida yuqori natijalarga yerishishi uchun yo‘naltirilgan maxsus faoliyat bo‘lib hisoblanadi. « Jismoniy madaniyat » -atamasi umumiy « Madaniyat » atamalar kabi ko‘p ma‘nolidir. Zamonaviy adabiyotda « madaniyat » deganda inson « jamiyat » faoliyatining ayrim turlari, shuningdek uning shaxs va jamiyat uchun qimmatbaxo bo‘lgan natijasiga aytiladi. « Madaniyatning » umumiy tushunchasini aniqlashda « tabiat » tushunchasi bilan taqqoslaydilar. Ma‘lumki, tabiat qonunlari bo‘yicha insonga bog‘liq bo‘lgan hamma narsa tegishlidir, hamda uning faoliyati natijasi emas (inson tomonidan yaratilgan jonli va jonsiz mavjudot). Madaniyatning rivojlanish jarayonida faoliyatning asosiy turi (shakli, usullari) bo‘lib insonning takomillashuvga, o‘z xususiy tabiatiga «o‘zgartirishiga » yo‘naltirilganligi kiradi. Madaniyatning mana shu komponentlariga jismoniy tarbiya tegishlidir, insonning hayotiy sifatlari uchun zarur, uning imkoniyatlari va qobiliyatlariga ta‘sir yetadiki, ular nasldan naslga o‘tadi hamda hayot faoliyati va tarbiya sharoitlari ta‘sirida avlodlararo rivojlanadi. Jismoniy madaniyat butun hayot davomida tabiiy va morfofunsksional xususiyatlar o‘zgarish va shakllanish holda inson jismoniy rivojlanish jarayoni bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, jismoniy sifat va qobiliyatga asoslanadi. Texnik taraqqiyot jarayonida jismoniy, madaniyat kasallikni oldini olish, buzilgan funksiyalarini tiklash, inson organizmining qobiliyatini saqlash va oshirish kabi samarali vosita bo‘ladi, ya‘ni jismoniy holatini yaxshilashdir. Shunday qilib, jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning jamoa tarixiy amaliyotida to‘plangan moddiy va ma‘naviy boyliklar to‘plamidir. Download 2.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling