48. Tuman (shahar) komissiyasining bolalarni muqobil joylashtirish shakli ko‘rsatilgan
qarorlari:
a) ta’lim tashkilotlariga:
bolalarni maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda professional ta’lim
muassasalariga joylashtirish uchun;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga hamda respublika o‘quv-tarbiya
muassasalariga
joylashtirish uchun;
b) tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shu’balariga — yetim bolalar va ota-
ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish uchun;
v) sog‘liqni saqlash organlariga — nogiron bolalarni joylashtirish,
spirtli ichimliklar,
giyohvand vositalar, psixotrop yoki intellektual o‘zini idora qilish faoliyatiga ta’sir
etadigan
boshqa moddalarni muntazam iste’mol qiladigan bolalarni davolashni, rivojlanishida yoki xulq-
atvorida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami
ko‘rsatishni tashkil etish uchun;
g) ichki ishlar organlariga — bolalar va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalar bilan yakka
tartibda profilaktika ishlari olib borishni tashkil etish uchun;
d) tashkilotlarning rahbarlariga (mehnat organlaridan bo‘sh ish joylari va bo‘sh lavozimlar
borligi to‘g‘risida ma’lumotlar olingandan keyin) — ishga qabul qilish uchun yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: