Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya to‘G‘risidagi nizomni va bolalar masalalari bo‘yicha qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va toshkent shahar hamda tuman (shahar)
-bob. Hududiy komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
363-06~1
3-bob. Hududiy komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
8. Hududiy komissiya quyidagi huquqlarga ega: davlat organlari va tashkilotlaridan hududiy komissiya ishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, shuningdek, milliy va hududiy komissiya qarorlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi haqidagi ma’lumotlarni so‘rab olish; bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish; davlat organlari va tashkilotlarida bolalarni saqlash, tarbiyalash va o‘qitish sharoitlarini o‘rganish va nazorat qilish; bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish; bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ularning o‘rtasida qarovsizlik, nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid faoliyat bilan shug‘ullanadigan davlat organlari va tashkilotlarini o‘rganish; hududiy komissiya faoliyatiga mansabdor shaxslarni, mutaxassislarni, davlat organlari va tashkilotlari vakillarini va boshqa shaxslarni jalb qilish; hududiy komissiya yig‘ilishlarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga oid masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish; yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim-tarbiya muassasalarida, respublika o‘quv-tarbiya muassasalarida, jazoni ijro etish muassasalarida hamda ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida saqlanayotgan bolalar sharoitlarini, shuningdek, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalaridagi ishlarning holatini o‘rganish; davlat organlari va tashkilotlarida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi, ular o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish; hududiy komissiya qarorlari ijrosini ta’minlamagan hamda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga taqdimnoma kiritish; hududiy komissiya tomonidan ko‘rib chiqilayotgan ishlar bo‘yicha bolalar, ularning qonuniy vakillarini yig‘ilishga taklif etish, shuningdek, ishlarning holatini joylarga borib ko‘rib chiqish; Hududiy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 9. Hududiy komissiya: bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan takliflarni va murojaatlarni ko‘rib chiqishi; bolaning eng ustun manfaatidan kelib chiqib qarorlar qabul qilishi; Milliy komissiya qarorlarini bajarishi shart. Hududiy komissiyaga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling