Bolalar musiqasi umumiy musiqa san’atining asosiy bo’g’ini sifatida


Download 0.59 Mb.
Sana21.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1793262
Bog'liq
2-mavzu

Bolalar musiqasi umumiy musiqa san’atining asosiy bo’g’ini sifatida

REJA: 1.Shaxsning shakllanishida musiqa san’atining roli. 2.Bolalar musiqasi tushunchasi va yo’nalishlarini aniqlash. 3.Bolalar musiqasi janr va mazmuni. Pedagog musiqiy repertuari va uning xilma-xilligi.

O’sib kelayotgan yosh avlod ongiga, ularning ruhiyatiga, axloq-odobiga, dunyoqarashiga ta’sir etuvchi asosiy vositalardan biri musiqa san’atidir. U insonni jamiyatga va tabiatga to’g’ri insoniy munosabatda bo’lishga o’rgatadi. Buning uchun musiqa san’atida imkoniyatlar mavjud. Bundan tashqari, u insonning axloqiy-estetik ruhda tarbiyalanishi vositasi ham hisoblanadi. U bola shaxsining shakllanishida, ularning badiiy-ijodiy qobiliyatlari o’sishida, bolalar jamiyat va tabiat qonuniyatlari, ularning o’ziga xos yashash normalarini, ular bilan munosabat o’rnatishni o’rgata boradi. Umuman olganda, musiqa san’ati bolaning shaxs sifatida har tomonlama kamol topishida benihoya katta ahamiyat kasb etib, ularni jaholatdan madaniyat sari etaklovchi qudratga ega.

Bolalar ijrosi yoki kattalarning bolalar ijrosi uchun, ularning tinglashlari uchun moslashtirib yozgan va ijro etadigan musiqiy asarlariga bolalar musiqasi deb ataladi. Tarix va pedagogik amaliyotimizda musiqiy ta’lim va tarbiya ikki bir- biriga bog’liq bo’lgan yo’nalishda; maxsus musiqiy ta’lim va umumta’lim tipidagi musiqiy ta’lim ko’rinishida shakllangan. Har ikkala yo’nalishning ham asosini bolalar musiqa ijodiyoti, bolalar va o’smirlar musiqasi tashkil etadi.

Maxsus pedagogik repertuar yaratish va bolalar hamda o’smirlar tinglashi lozim bo’lgan musiqiy asarlar yaratish zaruriyati bolalar professional musiqa ijodiyotining paydo bo’lishiga olib keladi. Ular esa bolalarning ijro madaniyatini, ijodiy yaratuvchanligini hamda musiqiy asarlarni tinglash, ulardan estetik zavq olish, shuningdek, ta’sirlanish, mazmunini tushunib etish va xulosa chiqarish qobiliyatlarini shakllantiradi.

Shuni aytish kerakkki, bolalar musiqasi tushunchasi asosan, umumta’lim maktablari musiqa madaniyati darslarida ijro etiladigan musiqiy repertuar bilan ko’proq o’z ifodasini topadi, ya’ni bu o’quv dargohlarida turli avlod kompozitorlari va bastakorlari bolalar uchun yaratilgan musiqiy asarlar bilan bir vaqtda bolalarning musiqiy dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida, musiqa savodi, musiqiy asarlar tahlili, qo’shiq kuylash, cholg’u chalish, musiqa tinglash, musiqali ritmik harakatlar bajarish kabi ko’plab musiqiy bilimlar bilan bolalar tanishtiriladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling