Bolalar nutqini o'stirish mashg'ulotlarida tarbiyachi nutq madaniyatining o'rni Reja


Tarbiyachining nutqi bolalar uchun namuna


Download 39.85 Kb.
bet3/5
Sana13.04.2023
Hajmi39.85 Kb.
#1352108
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolalar nutqini o\'stirish mashg\'ulotlarida tarbiyachi nutq madaniyatining o\'rni

3. Tarbiyachining nutqi bolalar uchun namuna
Nutq madaniyati - bu to'g'ri so'zlay olish, ya'ni nutqiy muloqot shartlari va fíkr bildirishdan ko'zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir. Nutq madaniyati — bu bayon etiladigan fíkr mazmuniga mos tarzda til vositalarining barchasidan (tovush, intonatsiya, grammatik shakllar, leksik urg'ulardan) to'g'ri foydalana olishdir. Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas bir qismidir.
Malumki, nutq og'zaki va yozma ko'rinishga ega. Og'zaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo'lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi.
Og'zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi va tahrir imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Og'zaki nutqda fíkrni aytganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to'g'ri keladi. Og'zaki nutqda odatda, muloqot uchun eng zarur narsalarnigina zikr etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan, ikkinchidan nutq kuchini tejash bilan bog'liq. Og'zaki nutq so'z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag'al bo'ladi. Unda bir xil so'zlar, bir xil shakllar bir qadar ko'proq takrorlanadi, bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bog'liqdir. Og'zaki so'zlovchining faol nutqiy harakati to'xtam (pauza), ohang, urg'u, turli xil imo- ishoralar asosida tinglovchiga etib boradi.
Adabiy tilning og'zaki shakli ma'ruza va suhbatlarda, yozma shakli esa fan, texnika va adabiyot asarlarida, rasmiy ish hujjatlari, nashriyot va matbuot sohalarida ishlatiladi. Lekin bular o'zaro uzviy ravishda bog'langan bo'ladi. Ma'ruzalar, har xil chiqishlar o'z xususiyati bilan yozma adabiy tilga yaqin turadi. Shuningdek, yozma adabiy tilda, ayniqsa, badiiy asarlarda so'zlashuv nutqiga xos so'z va iboralar ham
qo'llanadi. Shuni qayd qilish kerakki, «og'zaki», «so'zlashuv», atamalari adabiy tilning shakllaridan birini (adabiy tilning og'zaki yoki yozma shakllarini) ifodalash uchun hamda milliy tilning funksional turlaridan birini (adabiy til yoki joyli so'zlashuv tilini) ifodalashga xizmat qiladi.

Nutq madaniyati hozirgi davr tilshunoslik fanining dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammoni hal etish umummadaniyatimiz taraqqiyoti, shuningdek, oliy maktablarda, orta maxsus oquv yurtlarida, orta maktablar va umuman dars otish jarayonini yaxshilash bilan ham bogliq, Shuni qayd qilish kerakki, bugungi kunda tarbiyachi nutqi madaniyati kursini barcha o'quv yurtlarida o'rgatish quvonarlidir. Chunki notiqlik sanati sirlarini o'rganish, oz fikrini bayon qilayotgan, har bir til vositasini kerakli va lozim bo'lgan o'rinda qollash, mantiqan barcha sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman, har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. Ozbek adabiy tili va uning normalarini ilmiy o'rganish ham o'zbek nutqi madaniyati sohasi uchun nihoyatda muhimdir. Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarining adabiy til me'yorlarining umumiy holatini, undagi turg'un va noturg'un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish aslo mumkin emas.


Taniqli notiqlar ham o'z nutqlarining namunali bo'lishini taminlashda quyidagi asosli holatlarga alohida e'tibor berganlar:
1. O'zi to'xtalmoqchi bo'lgan masalaga o'z munosabatini aniq belgilab olish;
2. O'z dunyoqarashiga ega bo'lish, so'z bilan ish birligi, nazariya bilan tajribaning dialektik birligiga erishish, fikrlarni ilmiy asoslash.
3. Mavzuga mas'uliyat bilan yondoshish, uni omma oldida to'liq ochib berishga, yoritishga diqqat qilish.
4. Har bir nutqqa jiddiy tayyorgarlik ko'rish, jumladan, maruzani nimadan boshlashdan tortib, nima bilan tugatishgacha jiddiy o'ylab olish, masalalarni o'rtaga tashlash, ketma-ketligini yaxshi belgilab olish, ularning o'zaro bog'lanishini taminlash, malum rejalar yoki reja-konspektlar tuzib olib, o'zi uchun alohida va keng to'xtalish zarur bo'lgan urinishlarini belilab olish va boshqalar.
Nutq madaniyati hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan eng katta muammolardan biri ekanligi barchamizga ma'lum. Zamonaviy axborot texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar xuruji inson ma'naviyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga uning nutqiga salbiy ta'sir o'tkazib kelmoqda. Bu muammoni hal etish umum madaniyatimiz taraqqiyoti, shuningdek, umumiy o'rta ta'lim, oliy ta'lim, eng asosiy ta'lim o'chog'i bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog-xodimlarinig yuksak saviyasiga, shu bilan birga, uni ifoda etuvchi nutqiga bo'g'liq bo'ladi. Xo'sh, pedagogning nutqi qanday bo'lishi kerek, va unga qo'yilgan talablar nimalardan iborat?
Bizga ma'lumki, barcha kasblar orasida tarbiyachilik kasbi o'zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, tarbiyachi yosh avlod qalbi kamolotining me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni goyaviy - siyosiy jihatdan chiniqgirib, tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, bolalarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo'lgan ijtimoiy-iqshsodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu ma'suliyat tarbiyachidan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojpantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo tarbiyachining kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, gamxo'rlik qilish, unga zarur shart - sharoitlar yaratish, tarbiyalanuvchining ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish barobarida, albatta uning nutqiy malakasi yuksak darajada bo'lishi muhim ahamiyat kasb etishi lozim.
Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi har doim shuni esda tutish kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda jismoniy, ruhiy omillar rivojlanishiga ko'maklashuvchi vositadir. Tarbiyachi bolaga ta'lim-tarbiya berish bilan bir vaqtda uni keyingi ta'lim jarayoniga, ya'ni maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin hozirlaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotining barcha ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarda bolalarga ona tilini o'rgatish orqali ularning nutqi o'stiriladi. "Ona tili, - deb yozadi K.D.Ushinskiy, -har qanday taraqqiyotning asosi, butun bilimning xazinasidir. Har qanday tushunish undan boshlanadi, u orqali va unga qaytadi. Shu bilan birga taniqli pedagog Y.I.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, "Maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachining tilidir, uning tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda kuchli ta'sir ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtiradigan bo'lishi kerak" degan edi. Demak, tarbiyachining nutqi bola uchun asos vazifasini o'tar ekan, unga qo'yilgan pedagogik talablarga, albatta, e'tibor berish kerak.
Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya'ni bolalar bilan so'zlashishdir.
So'zlashish og'zaki nutqning eng oddiy shakli bo'lib, unda bola o'zini tutishi, ko'z qarashi, xatti-harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So'zlashish - dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi.
Jumladan, jamoat joylarida, ko'pchilik o'rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e'tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini to'ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so'rash, so'rab bilib olish dialogik nutqqa o'rgatishning usullari sanaladi. Maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida muayyan mavzular bo'yicha uyushtiriladi. Masalan,
maxsus tayyorlangan suhbatlar quyidagicha tuziladi: dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi, savollar tuziladi. Lekin bularning har biri nimaga? nima uchun? nimadan? qanday qilib? kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida bo'lishi zarur. Shu bilan birga, savollar, umumlashtiruvchi xarakter kasb etishi ham mumkin. Bunda muloqot mashg'uloti suhbat, muqaddima, asosiy qism va xulosadan iborat bo'ladi.
Bola o'sib boradi, uning ehtiyojlari ko'payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo'ladi. Biroq tarbiyaning aqliy, axloqiy, mehnat va boshkqa turlari bir maromda (bolaning yoshiga muvofiq) amalga oshishi uchun maktabgacha yoshdagi bolalar lug'atidagi so'zlar miqdori ustida yetarlicha o'ylab ko'rilmaydi. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta'lim olishga (maktab ta'limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hal qilishda ona tili asosiy o'rin egallaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi bolalarni har tomonlama, ya'ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek maqsadni o'z oldiga qo'ygan. Bu maqsad esa bolalaiga ona tilini o'rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Bog'chada og'zaqi nutqni o'stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. Ular tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradilar. Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib borishiga yordam beradi. Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo bolalardagi intellekt, ya'ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h. k.) shunchaki bola organizmining o'sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo'lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va takomillashadi. Ta'limning asosiy shakli mashg'ulotdir. Nutq o'stirish mashg'ulotlarida bola o'z nutqini tarbiyachining namunaviy nutqi bilan taqqoslashga, boshqa bolalar bilan o'quv materialini bajarishga, ya'ni tarbiyachining tushuntirishini, hikoyasini tinglashga, birgalikda rasmlarni, diafilmlarni ko'rishga, suhbatlashishga, didaktik o'yinlarda ishtirok etishga, birgalikda kuylashga, musiqa tinglashga, ma'lum bir obyektga diqqatini qarata olishga, navbat bilan gapirishga o'rganadi. Bolalar mashg'ulotda yangi bilimlar (voqea va hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlarga taalluqli so'zlar, nutqning grammatik shakllari) bilan tanishadilar, tarbiyachining nutqiy ko'rsatmasi orqali o'quv ishlarini bajarishga, o'z ishlariga baho berishga o'rganadilar.
Xulosa qilib aytadigan bolsak, tarbiyachi o'z lug'atini, uning grammatik tomonini badiiy, ilmiy, maxsus va boshqa adabiyotlarni doimiy ravishda o'qib borish bilan boyitadi va takomillashtiradi. Biroq tarbiyachi adabiyotlarni o'qish jarayonida uning mazmuniga, yangi so'zlarga ahamiyat beribgina qolmasdan, balki muallifning asar mazmunini ochishda tilning qaysi vositalaridan foydalanganligiga, qaysi so'z va
grammatik shakllami ishlatganligiga, mateгialni qay darajada bayon etganligiga bam e'tiborni qaгatishi keгak.
Shunday qilib, tartiyachi nutqidagi so'zlar aniq tanlansa, jumlato gгammatik tomondan to'g,гi bo'lsa, undagi й^-кг oddiy, aniq, гavshan bo'lsa, izchil ketma-ketlikda bayon etilsa, bolalaming yoshi va psixik xususiyatlari hisobga olinsa, bunday nutq bola tomonidan osonlik bilan idгok qilinadi va ulaT uchun tushunaгli bo'ladi.
Turkiy dunyo faxri bo'lgan mutafakkir ajdodimiz Alishеr Navoiy "Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo'q ondin" dеr ekan, so'zlash orqali inson aziz bo'lganini uqtiradi. Lеkin hayvondin farqlagan jihat faqat so'zlash qobiliyatigina emas, ayni paytda tom ma'noda madaniyat va salohiyat bilan so'zlash har bir insonni bеzashiga ishora qilinmoqda. Shu bois odam bolasini kichik yoshdan to'g'ri, to'liq va o'rinli so'zlashga o'rgatiladi. Lеkin bu o'z holicha, stixiyali tarzda yuz bеradi dеb qarash noto'g'ri, chunki hamma tarbiya turida bo'lgani kabi og'zaki nutq tarbiyasi ham o'z yo'rig'i, usullariga ega. Bolalar kichik yoshdan anglashlari kеrakki, insonning ichki dunyosi, ma'naviy qiyofasi, xulq-atvori, muomalasi, odob-axloqi, madaniyati uning tili orqali namoyon bo'ladi. Chunki har qanday kishining madaniyatliligi, odobi, bilim darajasi, fahm-farosati, fikrlash doirasining kеngligi yoki torligi, katta hayotga tayyor yoki tayyor emasligi uning nutqida o'z aksini topadi. Kimning tili boy bo'lsa, kim so'zlarni adabiy til asosida to'g'ri, aniq, ravon, ifodali va tushinarli talaffuz qilsa, o'z ona tiliga chuqur hurmat va extirom bilan qarasa, u bilimli sanalib, kishilar orasida obro'-e'tibor qozonadi. Hayotni kuzatar ekanmiz, so'z boyligi kam, tili qashshoq, so'zlari qovishmagan, o'z fikrini aniq ifoda eta olmaydigan yoshlar ham uchrab turishina guvoh bo'lamiz. Ba'zi yoshlar orasidagi ruscha, ayrimlari esa ko'pchilik tushunmaydigan so'zlarni qo'shib odamlar orasida gapiradilar. YOshlikdan badiiy adabiyotga mеhr qo'yish, uni o'qishga ko'nikma hosil qilish va ko'p o'qish va o'z fikrlarini kеrakli joyda to'g'ri ayta bilishi yuksak ma'naviyatlilikni, boy, go'zal, ta'sirchan tilga ega bo'lishni ta'minlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarining asosiy yo'nalishlaridan biri nutq, o'qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir. Bu umumiy vazifa – "Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik" mashg'ulotlari oldida quyidagi maxsus vazifalar qo'yiladi: - og'zaki nutqning asosi bo'lmish tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga o'rgatish; - asta-sеkin so'z zaxirasini boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; - og'zaki nutqning grammatik jihatdan to'g'ri shakllanganligiga e'tibor qaratish; - nutq ravonligiga e'tibor bеrish; - maktab ta'limiga nutqiy tayyorlash. Og'zaki nutqini o'stirish bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlarda asosan bolalarning so'zlarni to'g'ri bog'lash, qo'shimchalarni o'rinla ishlatish, tovushlar talaffuzi aniqligiga diqqat qilish muhim sanaladi. SHuningdеk, gaplar faqat sodda gaplardan iborat bo'lib qolmasligi, o'rni bilan qo'shma gaplarni qo'llash, gapirganda so'z turkumlarini, xususan, sonni otga, sifatni otga, sifatni fе'lga to'g'ri bog'lash malakalarini takomillashtirish, so'zlarning mantiqiy muvofiqligiga, shuningdеk, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e'tibor bеriladi. Og'zaki nutqini o'stirishda mustaqil hikoya qilishga o'rgatish katta o'rin egallaydi. Bunda bolalalar o'z hayotlarida uchragan voqеalar ko'ra, suratlarga qarab yoki tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o'rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog'langan, ma'lum izchillikda, grammatik tomondan to'g'ri tuzilgan bo'lishi kеrak. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar ko'ngil ochishni, ermakni xohlaydilar. Chunki bu narsalar ular hayoti davomida tabiiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar hamma narsani o'yin va so'zlar orqali o'zlashtiradilar. Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida ularga o'z ona tillarining har tomonini, ya'ni nozik taraflarini ham o'rgatib boradi. CHunki so'z orqali bola hayoti borasida muloqot qiladi, fikrlash doirasi kеngayadi va tili ravon, aniq so'zlashga moslashib boradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar so'z, ibora va gaplarni qiziqib o'rganadilar hamda osongina eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalarning xotirasi endi shakllanib borayotgan paytda bunday mashg'ulotlar ularning hayotiga yo'l ochib bеradi. Kichik yoshdagi bolalarga tarbiyachi so'zlarni o'rgatayotganida o'yinlar orqali murojaat qilish ayni muddoa hisoblanadi. O'yin orqali bola o'zining lug'at boyligini kеngaytirib to'playdi. Lеkin kichik yoshdagi hamma bolalar ham o'rganayotgan so'zlarning ma'nosini to'g'ri tushunmaydilar. Ularni tushuntirish ota-onalar bilan tarbiyachining vazifasiga kiradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar uchun sodda va qiziqarli o'yinlar, tеz aytishlar, ertaklar aytib bеrish yoki suratlarga qarab ertak o'ylab topish, shе'r va ashulalarni yod olish ham katta samara bеradi. Tarbiyachi o'z mashg'ulotlarini shunday o'tishi kеrakki, bolaning o'z tasavvur olamlarida bu narsalarni xayolan hosil qilishlari kеrak. Kichik yoshdagi bolalar uchun chiqarilgan ertak kitoblar turli-tuman rangli va qiziqarli suratlarga boy bo'lishi darkor. Bunday kitoblarni ko'rgan har qanday bolaning adabiyotga qiziqishi ortadi hamda talab ham kuchayadi. Bolalar uchun yaaratlgan kitoblarda atrofimizdagi bizni o'rab turgan yashil va jumboqli tabiatni asrab-avaylashga, hayvonot dunyosini bilishga va sеvishga, murg'ak qalblarini mеhrga to'ldiradi, onglarini rivojlantiradi. SHular asosida bolaning lug'at boyligi ortadi va nutqini o'stiradi. Qiziqarli ertak va hikoyalar bolaga yaxshi ta'sir qiladi va yaxshi-yomonni farqlashga o'rgatadi. Yod olingan kichik xajmdagi shе'r va qo'shiqlar bolaning nutqini ravon, aniq va sodda qilib ifoda etishni shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarda tabiatga mеhr uyg'otishda daraxtlar qushlar yoki boshqa narsalar xaqidagi kichik xajmdagi shе'rlarni yod oldirishi va ularning mazmunini tushintirishlari maqsadga muvofiqdir. Qushlarning insonlarga foyda kеltirishi shu kichik shе'r orqali ifadolanganini aytish zarur. Shе'rni yoki qo'shiqni aytishdan oldin ular haqidigi rangli rasmlarni ko'rsatib o'tish va suhbatlashish shart. SHundagina bolaning tasavvuri, xayolot olami kеngayib boradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning nutqini o'stirishda xalq og'zaki ijodi namunalaridan, jumladan, turli mavzudagi maqollardan, topishmoqlar, tеz aytishlardan tarbiyachi o'z mashg'ulotlarida foydalanish zarur. Bular bolaning nutq tеxnikasini rivojlantiradi, so'zlaganda ifodalalikka e'tibor bеra boshlaydi. Bu borada tarbiyachining o'zi o'rnak bo'lishi lozim.



Download 39.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling