Bolalar nutqini o`stirish


Download 23.34 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi23.34 Kb.
#251945
  1   2   3
Bog'liq
Bolalar nutqi (Автосохраненный)


“Bolalar nutqini o`stirish” fani

7-variant

1-topshiriq

Maktabgacha yoshdagi bolalarni kichik, o`rta, katta va tayyorlov guruhlarida og`zaki nutqini rivojlantirish



Javob.

Uchbeshyoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishigava u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatanishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini(quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga,kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi.Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzulardamuloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalarbilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar vao‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdannarsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotiningbeshinchi yili oxirigakelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmaganbilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo,

birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzishva h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi. Bola tengdoshigaeng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va tengdoshiningharakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalartengdoshlarininghadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi.Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bolalarjamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lganehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o‘ztengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rnini anglay boshlaydi. Kommunikativko‘nikma rivojlanadi: bola salomlashadi va xayrlashadi, do‘stini ismini

aytib chaqiradi, to‘rt-besh yoshlarga kelib – sherigini u o‘ynayotganrol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g‘ildirakning tagigatushib ketdi»).

O‘rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:Bola besh yoshga yetganda uning faol lug‘ati boyib, munosabat doirasikengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi. So‘z turkumlaridanotni tez o‘zlashtiradi, vaqt, son shaxs kabi kategoriyalardan foydalanadi,sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To‘rt yoshli bolalar o‘znutqlarida bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko‘plik, birlik,bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladiganbo‘ladilar. Otlardan so‘ng so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarnio‘zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o‘zlashtirilgan so‘zlarni hammavaqt hamyangi grammatik shaklda eslab qola olmaydi, yoyiq gapdanfoydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgira olmaydi.Fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini (hozirgi, o‘tgan va kelasizamon) tezda to‘g‘ri o‘zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llarningzamonqo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. Ayrim bolalar nutqidagaplaridagi so‘zlar bir-biriga to‘g‘ri bog‘lanmaydi, ayrim so‘z turkumlarinitushirib qoldiradilar.

Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tiziminishakllantirish morfologiya (so‘zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarabo‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir

so‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shmagaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o‘z ichiga oladi.Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng

avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalarbilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishilozim.Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘zhosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega

bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashidarkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchunrag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esakeng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim.Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadiva o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga egabo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga(gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchiyilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatikto‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda

– hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiytahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarniixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.




Download 23.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling