Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar berish 60 yildan ko‘proq vaqt ichida xorijda rivojlanayapti. Bunga A. Binening tarixiy ishlari asos solgan
Download 15.84 Kb.
|
konsultatsiya
Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar berish 60 yildan ko‘proq vaqt ichida xorijda rivojlanayapti. Bunga A.Binening tarixiy ishlari asos solgan. Uning ishlari sogMom, pedagogik qarovsiz bolalami, taraqqiyotda norm adan chetga chiqqan bolalardan ajratish maqsadida aqliy taraqqiyotni o‘lchash metodlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Rus psixologiyasida bola psixik taraqqiyotini doimiy nazorat qilish zamrligi XX asrning 20-yillaridayoq tan olindi. Bu bilan bogliq ravishda L.S.Vigotskiy olim larni har bir yoshning ham m a xususiyatlarini, normal va nonormal taraqqiyotining barcha asosiy tiplarini, tuzilishini, o‘zgarishlarini, rivojlanishini o‘rganishga chorlaydi. Hozirgi vaqtda maslahat berish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik taraqqiyotni m urakkablashtiradigan qator noto‘g‘ri fikrlarning kuchayganligi bilan duch kelmoqda. Ular orasida qator ijtimoiyiqtisodiy omillarning qaram a-qarshi ta’sir ko‘rsatishi seziiarli o ‘rin egallaydi. Masalan, ota-onalarning, ayniqsa, onalarning ishlab chiqarishda bandligi seziiarli ta ’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ko‘pchilik bolalarning bolalar muassasalarida tarbiyalanishi otaonalar psixologiyasiga ta ’sir k o ‘rsatadi. Ota-onalar o ‘zlarining funksiyalarini bog‘chalarga, keyinchalik maktablarga ag‘darib qo‘ymoqdalar. Ota-onalarning ajralishi bola psixikasiga katta ta ’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, oilaning buzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib q o ‘yadigan kuchli psixologik omil b o lib , unga k o ‘nikish uchun bolaga kam ida 2 yil kerak. Tarbiyaviy xavfli guruhga yolg‘iz bolali oilalarda tarbiyalanuvchi bolalar ham kiradi. Xilma-xil psixologik muammolar manbalari ichida maktab ham muhim o ‘rin egallaydi. Misol uchun tibbiyot mezonlariga qaraganda m aktab yoshidagi bolalarning 15—20 foizi qisqa muddatli yoki doimiy psixoterapiyaga muhtojlar. Maktabda keng tarqalgan psixologik m uam m olar juda ko‘p: o ‘quv motivatsiyasining yo‘qligi, past o ‘zlash tirish , o ‘qituvchilar va ten g d o sh la ri bilan nizoli munosabatlar, o ‘z - o kzini past baholash, jam iyatga qaram a-qarshi guruhlarda ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar. Yuqorida sanab ko‘rsatilgan m uam m olarning ko‘pchiligi hozirgi maktablarda va jamiyatimizda shaxs rivojlanish bosqichlarda ehtiyojlami va chuqur qonuniyatlarni yetarlicha hisobga olmaslik, barcha bolalarga bir xil talab qo‘yish natijasida ulaming individual« psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini e ’tiborga olmaslik sabab boMmoqda. Bolaning k o ‘pgina ijobiy xususiyatlari, m asalan, she’riyatga, matematikaga, musiqaga va boshqalarga nisbatan erta ko‘ringan layoqatlilik yoki umumiy psixik taraqqiyotining juda oldindaligi ko‘pgina psixologik va pedagogik m uam m olarning manbayi boMishi mumkin. Yoshga qarab psixologik maslahat berishning umumiy vazifasi bola psixik taraqqiyoti borishini, bu jaray o n n i davrlarga b o ‘lish va bclgilangan normaga muvofiq, tasawurlarasosida nazorat qilishdan iborat. Bu um um iy vazifa hozirgi kunda quyidagi aniq vazifalarni o ‘z ichiga oladi: ota-onalarni, o ‘qituvchilarni va bola tarbiyasida ishtirok etadigan boshqa shaxslarni bola psixik taraqqiyotining yosh va individual xususiyatlariga jaib qilish; psixik taraqqiyotning buzilishlarini va h a r xil normadan chetga chiqishlarni o ‘z vaqtida aniqlash va ularni psixologik, tibbiy pedagogik maslahatlarga yollash; jismoniy yoki asab psixik sog‘lig‘i kuchsizlangan bolalarda ikkinchi m arta takrorlanishi m u m k in b o ‘lgan psixologik asoratlaming oldini olish, buning uchun tavsiyalar berish (bolalar patopsixologi va shifokorlar bilan birgalikda); pedagogik psixologlar bilan birgalikda o ‘qituvchilar, ota-o n alar va boshqa shaxslar uchun maktab ta ’limidagi qiyinchiliklarni psixologik-pedagogik tuzatish bo‘yicha tavsiyanom alar tuzish; oilada bola tarbiyasi b o ‘yicha tav siy a n o m a la r tuzish (oila psixoterapiyasi mutaxassislari bilan birgalikda); bolalarga va ota-onalarga maslahatlar berishda maxsus guruhlar bilan tuzatish ishlarini olib borish; m a’ruzalar va ishning boshqa shakllari bilan aholini psixologik bilimlar bilan tanishtirish. YOSH PSIXOLOGIYASI BOLALAR TARAQQIYOTI MUAMMOLARI BO‘YICHA MASLAHAT BERISHNING NAZARIY ASOSI SIFATIDA Aniq maslahat berish vazifalarini yechishda L.S.Vigotskiy maktabi psixologlarining bola psixikasi individual taraqqiyoti muammolari b o ‘yicha umumiy fikrlaridan foydalanish mumkin. Bularga qisqacha t o ‘xtalib o ‘tamiz. Irsiyat va m u h itn in g t a ’sirin ig in a ta n o lad ig an G ‘arb qarashlaridan farqli ravishda sobiq shokro yosh psixologiyasida bola psixik taraqqiyoti jarayoni tahlilida, taraqqiyotning sharoiti, harakatga keltiruvchi kuchlari, manbalari ham e ’tiborga olinadi. Psixik faoliyatning individual shakllari bola insoniyat tajribasini o ‘zlashtirish jarayoni asosida vujudga keladi. Ana shu tajribani o ‘zlashtirish bolaning faol faoliyatidan - m uloqotdan, o ‘yindan, o'qishdan tashqarida boMishi mumkin emas. Individual maslahat berish faoliyati psixologik tekshiruv, bola taraqqiyotini aniqlash va yordam dasturini tuzish bilan bog‘liq. Bu sohaga psixologik oldindan aytish, tuzatish va boshqa tushunchalar kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida psixologik tashxis (diagnoz) tushunchasi eng kam ishlangan tushunchalardan biri bo‘lib, aniq asosga ham ega emas. Psixologik diagnostika - bu maxsus metodlar yordamida individning psixologik xususiyatlarini aniqlash sifatida qaraladi. Sobiq sho‘ro psixologiyasida L.S.Vigotskiy birinchi marta psixologik tashxis (diagnoz)ning mohiyati haqidagi masalani ko‘tarib chiqdi. Vigotskiy psixologik tashxis markaziga hech qachon salbiy yoki kasalmandlik ko‘rinishlarini, taraqqiyotda normadan chetga chiqish mavjud bo'lsa h a m q o ‘ymagan. Tashxis h ar doim shaxsning murakkab tuzilishini ko‘zda tutm og‘i lozim. Taraqqiyotni ilmiy tomondan oldindan aytib berish masalasi b o ‘yicha ham Vigotskiy umumiy, lekin hozirgi kunda ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotm agan fikrlarni aytib o4gan. Psixologik oldindan aytib berishning zaruriy sifatlari deb Vigotskiy alohida davrlarga bolinganlik, ketma-ket yosh bosqichlarida kenglik va xilma-xil xarakterlarni ko‘rsatadi. Maslahat berish amaliyotida shartli-variantli oldindan aytish haqida ham to ‘xtalib o‘tish mumkin. Shartli-variantli oldindan aytish deganda, harxil sharoitlami amalga oshirganda bola taraqqiyotining kcyingi davrida mumkin b o ‘lgan variantlarni tushunam iz. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, u yoki bu n o q u lay sharoitlar saqlanganida, yoki olinganida bolani qanday psixik taraqqiyot kutishi aytib beriladi. Individual maslahat berishning muhim amaliy qismi sifatida L.S.Vigotskiy psixologik-pedagogik tavsiyalar berishni k o ‘zda tutadi. Tavsiyanom alar tuzishda m aslahat so‘rab m u ro jaat qilgan o‘qituvchiga yoki ota-onaga ulardan olingan m a’lum otni mavhum , noaniq va mazmunsiz maslahatlar bilan o'zlariga qaytarishdan saqlanish kerak. Shunday qilib, bola taraqqiyotining yosh-psixologik xarakteristikasini quyidagi 3 asosiy tarkibiy qismlarni tahlil qilib, hosi! qilish mumkin: - taraqqiyot ijtimoiy vaziyatini (kimlar bilan gaplashadi, oilada kattalar bilan va tengdoshlar bilan o ‘zaro m unosabat xarakteri) baholash; - berilgan yosh uchun m uhim faoliyat turining taraqqiyoti darajasi (o'yin, o ‘qish, rasm chizish va boshqalar), yosh normalariga mosligi; - o ‘z -o ‘zini anglash bola psixik taraqqiyotining bilish va shaxsiy hissiy sohalarida berilgan yoshga mansub o ‘zgarishlarni aniqlash. Lekin bu tavsiyanoma bola um um iy taraqqiyotining ilgarigi o ‘sishisiz yetarli emas, shuning uchun uning tarixiy taraqqiyotiga katta e ’tibor berish kerak. Bolalar p six o lo g i o ‘z ishida o ‘q itu v c h ila r, patopsixologlar, psixoterapevtlar yoki defektologlar bilan hamkorlikda ishlab, o ‘zining maslahat berish vazifalarini bajarishi kerak. Ular bola tarbiyasi va taraqqiyot sharoitlarini har tom onlam a tahlil qilish, uning shaxsi va bilish faoliyatida yosh va individual xususiyatlarini aniqlash, shartli-variantli oldindan aytib berishlarni tuzish va psixologik-pedagogik tavsiyanomalar tuzish bilan bogliqdir. TURLI YOSH DAVRLARIDA PSIXOLOGIK MASLAHATLAR BERTSH Psixologik maslahat bilan murojaat qilgan ishlarni kundalik sifatida yozishga to‘xtalib o ‘tam iz. Bu usulda kim murojaat qilgani maslahat berish zarurboMgan bolaning shaxsiy-hissiy xususiyatlari keltiriladi. Masalan: Odina S. bilan boMgan maslahat berish jarayoni qisqartirib beriladi. Odina to‘liq oilada yagona farzand. Qizning onasi m aslahat berishga q izning parishonxotirligi, o ‘zini tuta olmasligi, sekin harakat qilish, yangi narsani idrok qilishda farosatsizlik va boshqa xislatlaridan nolib, murojaat qiladi. Qizning onasi maktabdagi qiyinchiliklar, ayniqsa, matematikada, umuman hayotda kelajakda qiynalishi mumkinligi uchun kuchli xavotirlanadi. Hozirgi vaqtdagi o‘rtacha bilim darajasiga ona bilan har kuni tinmay shug‘ullanish orqali erishgan. U 4 yoshida o'qishni o‘rganib oigan. Onasi xavotirlanishiga qaramasdan, qizni tekshiruvdan o'tkazish bolaning bilish taraqqiyotining umumiy darajasi, fikrlash, nutqi, sabab-oqibat natijalarini o ‘rganish va boshqalarda yosh normalarining yuqori ko‘rsatkichini ko‘rsatdi. Shu bilan bir vaqtda qizcha keng xayol yurita olish, o ‘yin faoliyati va badiiy iqtidorlilik (rasm chizishda va plastilin yasash) yaxshi rivojlangan. Qizcha yum shoq, ko‘ngilchan xarakterli b o lib , oilada va bog‘chadagi o‘rtoqlari bilan birxil, nizolarsiz munosabatga kirishardi. Shu bilan bir vaqtda shaxsiy-hissiy sohada o ‘ziga ishonchsizlik, xavotirlanish, xafa b o ‘lib qolishlik kabi xislatlar ko'rindi. Odinaning onasi qizi haqida yozgan inshosida: «Urishish mumkin emas, darrov yigMashga tushadi, - deb yozadi. - Ba’zan kechalari qo‘rqib chiqadi, kayfiyati tushib ketgan bo‘ladi». B o‘lishi m umkin boMgan sabablarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, bu yerda asosiy o'rinni ona va qizning shaxs va xarakter xislatlarida ifodalangan farqlar rol olynagan, ya’ni onasi - hissiy, ochiq, harakatchan boMsa, qiz esa - aksincha ichimdagini top deydigan boMgan. Qizning sekin harakat qilishidan, onasi uni befarosat deb hisoblagan. Shunday qilib, onaning nolishi tasdiqlanmadi, uning vaziyatdan nolishi asossiz b o ‘lib chiqdi. M uam m oning asosiy sababi qizning individual xususiyatlari va ota-onasi tom onidan ana shunga m os ravishda m unosabatda bo‘lmasligi bilan bog‘liq. Uch yildan s o ‘ng bu qizdan xabar olganimizda, u m aktabda a ’lo bahoga o ‘qiyotgani, oiladagi munosabati yaxshiligining guvohi bo‘ldik. O nasining so‘zlariga qaraganda, psixologik m aslahat berish bolaning aqliy yetishmovchiligi haqida gum onni u m u m a n yo‘qotdi. Keyinchalik esa qiziga b o ‘lgan m unosabatni asta -se k in o ‘zg artirishga, xarakterining o ‘ziga xos yaxshi fazilatlarini ko‘rishga, uning sekin harakat qilishlarini xotirjam bardosh berishga yordam berdi. Bu holda ota-onaning bola psixik taraqqiyoti normalari haqidagi yuqoridagi mos bolm agan tasavvur h a m m a ’lum o ‘rin egallaydi. Download 15.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling