Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Download 11.29 Kb.
|
esse PSIXOLOGIYA
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI MAKTABGACHA TA‘LIM SIRTQI YO’NALISHNING 103-GURUH TALABASI SAGATOVA IRODA “BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI” FANIDAN TAYYORLAGAN ESSE Fan o’qituvchisi: ALIMOVA G.K. Esse ( O`.Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”asari) Badiiy asar kitobxonning dunyoqarashini kengaytirib,ma`naviy dunyosini Darhaqiqat,o`zini ma`naviyatli hisoblagan ,yurt taqdiriga hissa qo`shish istagida bo`lgan har bir shaxs bugun kitobxon bo`lmog`I,o`zini muttasil rivojlantirib bormog`I lozim. Badiiy adabiyot xususida gap ketar ekan,men O`.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “asari haqidagi mulohazalarimni yozmoqchi edim.Bu asar bilan tanishar ekanman,yozuvchining hayot,insonlar,dunyoqarashlar haqidagi mulohazalari chuqur fikr qilishga undadi. Yozuvchining bu asari har bir soha vakili uchun, katta-yu kichik uchun muhimdir.Adib hayot haqida falsafiy mushohada yuritar ekan,eng avvalo,ma`naviyat tushunchasiga ta`rif beradi. -“Odamzod nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko`ra sholg`om eksa,qozoniga tushadi-ku. - Odamzod nima uchun kitob o`qiyotib,suyukli qahramoni o`lib qolsa yig`laydi? Uni yozuvchi “ichidan to`qib chiqargani”ni biladi-ku. -Odamzod nima uchun o`zga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsa-yu,ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa,tuni bilan yig`lab chiqadi? Axir u shohona qasrda yashaydi-ku. -Odamzod nima uchun nevarasini yetaklab necha zamon avval o`lib ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi?Marhum ularni ko`rmaydi-ku! Gap shundaki,Odamzodni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor.Bu chegaraning nomi Ma`naviyat deb ataladi!” Bu fikrlarni o`qir ekanman,bizning ajdodlarimiz naqadar boy ma`naviy qadriyatlarga ega ekani haqida o`ylab ketdim.Millatimning bu qadar yuksalishida,dunyoga tanilishida qon-qonimizga singib ketgan bu qadriyatlarning o`rni beqiyosdir. Biror tanishlarimlarimdan qaysidir badiiy kitob o’qish istagida bo’lganlar bo’lsa albatta O`.Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”asarini tavsiya etaman. Necha yillardirki o’qisam har safar o’zim uchun yangi fikr, yangi g’oya, yangilik olaman… Download 11.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling