Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari


Sababi: Tez-tez hayajonlanish, qo`rqish, gripp, angina va boshqa infeksion kasalliklarning asorati. Belgilari


Download 53.57 Kb.
bet14/19
Sana22.11.2023
Hajmi53.57 Kb.
#1794183
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Mustaqil ishi Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi. Qad-qomat-hozir.org

Sababi: Tez-tez hayajonlanish, qo`rqish, gripp, angina va boshqa infeksion kasalliklarning asorati.
Belgilari: bola ko`zini ixtiyorsiz pirpiratadi, boshini qimirlatadi, burnini tortadi, qo`l-oyoqlari bilan tartibsiz harakatlar qiladi.Bola hayajonlanganda, charchaganda, unga qo`pol muomula qilinganda qaltiroq va tartibsiz harakatlar kuchayadi.
Tibbiy yordam: Bolalar poliklinikasining psixo-nevrorolog shifokori maslahati asosida davolash tadbirlari o`tkaziladi.
Bolalarda psixik-asab buzilishlarining oldini olish.
1.Bolalarni yoshligidan oilada, bog`chada, maktabda gigiyena talabi asosida tuzilgan kun tartibiga amal qilishga odatlantirish.
2.Bolaga va uning yaqinida baqirmaslik, kattalar bir-birlari bilan janjallashmasliklari kerak.
3.Bolaning fe`l-atvorida sodir bo`layotgan har bir o`zgarishni ota-ona murabbiy va o`qituvchilar tomonidan sinchkovlik bilan nazorat qilish, ularni bartaraf etishga qaratilgan tibbiy-pedagogik chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4.Bolani shikastlanishlardan saqlash.
5.Bola gripp, angina, ichak va boshqa kasalliklarga chalinganda o`z vaqtida ko`rpa-to`shakka yotqizib davolash.
6.Yuqorida bayon etilgan psixik-asab kasalliklarining belgilari sezilishi bilanoq, bolani poliklinikaning psixonevrolog shifokoriga ko`rsatish lozim.
Ko‘rish a`zosi funksiyasi buzilishi.
Odamda ko`rishning turlicha buzilish hollari uchraydi. Ulardan eng ko‘p uchraydigani yaqindan ko‘rish va uzoqdan ko‘rishdir.
Yaqindan ko‘rish (miopiya). Bunda odam ko`z soqqasi cho`ziqroq shaklda bo`ladi. Shuning uchun uzoqdagi buyumlar tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa tushadi.Bu holat ko`z gavharining do`ngligi ortib ketishi oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin.
Miopiya holati tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi.
Sababi. 1.Nasldan orttirilgan miopiya; 2.Hayotda orttirilgan miopiya.Buning sababi yorug‘lik kam joyda o‘qish, yozish va ko`rish bilan bog`liq bo`lgan boshqa ishlarini bajarish, ko‘rish gigiyenasi qoidalariga amal qilmaslik. Ko‘z pardalari va nervlarining yallig`lanish kasalliklari, “A” vitaminining ovqat tarkibida yetishmasligi.

Download 53.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling