Bolalar va o’smirlar jismoniy rivojlanishini baholash,indekslar va koeffitsentlar yordamida baholash


Download 22.34 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi22.34 Kb.
#1039853
  1   2   3
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot


1 amaliy



Bolalar va o’smirlar jismoniy rivojlanishini baholash,indekslar va koeffitsentlar yordamida baholash.


Nazariy qism: Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishi ular sog`lig`ining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlari antropometrik usul yordamida aniqlanadi. Bu o`z navbatida 3 guruh tekshiruv usullaridan iborat:
1.Samotometrik tekshiruv usuli – bo`y uzunligi (tik turgan va o`tirgan vaziyatlarda), ko`krak qafasi aylanasi, tana vaznini aniqlash;
2.Fiziometrik tekshiruv usuli – o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel muskullarining kuchini aniqlash;
3.Samotoskopik tekshiruv usuli - umurtqa pog`onasining shakli, ko`krak qafasi, shakli, oyoqlar shakli, tana muskullarining rivojlanish darajasi, shuningdek, o`smirlarda balog`atga yetish belgilarining rivojlanish darajasi aniqlanadi.
Jismoniy rivojlanishning samotometrik tekshiruv usullari.
Bo`y uzunligi antropometr asbobi yordamida aniqlanadi.Yog`och va metaldan yasalgan antropometrlar bo`ladi. Tekshiriluvchi poyafzalsiz, orqasi bilan antropometrga tiralib tik turadi. Uning kuraklari oralig`i, tovonlari antropometrga tegib turishi kerak. Yog`och antropometrning o`tirg`ichi bo`lib, tekshiriluvchining o`tirgan vaziyatdagi bo`y uzunligi o`lchanadi. Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarning bo`y uzunligini yotgan vaziyatda o`lchash uchun stol ustiga joylashtirilgan maxsus bolalar antropometri qo`llanadi. Bolalar va o`smirlarning bo`y uzunligi ko`rsatgichlari. Chaqaloqning bo`y uzunligi normada 45-54 sm.gacha bo`lsa, u to`liq tug`ilgan hisoblanadi.O`rtacha 50 sm bo`ladi.Bo`y uzunligi 45 sm.dan kam bo`lsa, chaqaloq chala tug`ilgan hisoblanadi. Bola bir yoshga kirgunicha har oyda o`rtacha 2 sm o`sadi. Bir yoshga to`lgan bolaning bo`yi 75 sm bo`ladi.
2 yoshdan 15 yoshgacha bola va o`smirning bo`yi har yili 5 sm.ga ko`payadi. Shu yoshdagi bolalarning bo`y uzunligi qancha bo`lishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bo`y uzunligi = 75 + (5 x n) 75 sm – bir yoshlik bolaning bo`y uzunligi
5 sm – bir yilda bo`y o`sish n – bola yoshining soni Masalan, 5 yoshli bolaning bo`yi 100 sm bo`ladi (Formuladagi “n” o`rniga 5 quyiladi). O`gil va qiz bola bo`yi 10 yoshgacha bir xil o`sadi.11-12 yoshda qizlarning o`sishi biroz tezlashadi.13-14 yoshda o`gil bolalarning o`sishi tezlashadi.15 yoshda ularning bo`yi tenglashadi.16 yoshdan boshlab yigit o`smirlar bo`yini o`sishi tezlashadi. Qizlarni o`sishi 18 yoshda yigitlarning o`sishi 20 yoshda deyarli to`xtaydi. Ayrim hollarda qizlar bo`yini o`sishi 21-23 yoshgacha, yigitlar bo`yini o`sishi 23-25 yoshgacha, juda sekin bo`lsada davom etishi mumkin.

Download 22.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling