Bolalar va o'smirlar muassasalari loyihasini sanitar -gigienik ekspertiza qilish


Download 1,99 Mb.
Sana12.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#1265642
Bog'liq
Bolalar va o\'smirlar muassasalari loyihasini sanitar -gigienik ekspertiza qilish.

Bolalar va o'smirlar muassasalari loyihasini sanitar -gigienik ekspertiza qilish.

  • Boshqa omillar qatorida atrof - muhitning yetarli darajada gigienik talablarga mos kelishi bolalar va o'smirlar kontingentining salomatlik holati va jismoniy rivojlanishini mustahkamlash va himoyalashga qaratilgan asosiy talablardan biri bo'lib hisoblanadi.
  • O'zbekiston Respublikasida bolalar va o'smirlar muassasalarini loyihalashtirish va qurish harakatdagi qonuniy xujjatlar asosida olib boriladi.
  • Qurilish me'yor va qoidalari - QMQ, Sanitariya me'yor va qoidalari – SanM va Q bolalar va o'smirlar muassasalarini o'rinlar sonini me'yorlashtirish, yer maydoniga bo'lgan gigienik talablarni aniqlashda, binoning hajmiy — rejalashtirish masalalari va bezatilishi, sanitar—texnik qurilmalar va inshoatlar (suv bilan ta'minlanishi, kanalizasiya, isitish moslamalari va ventilyasiya, yog'itilish)ga bo'lgan gigienik talablarni aniqlashga yog'dam beradi.
  • Bolalar va o'smirlar muassasalarini loyihalashtirish, qurish va qayta ta'mirlash gigienist shifokor ish bo'limining asosiy qismi bo'lib hisoblanadi.
  • Loyihaga sanitar gigienik baho berish usullari. Bolalar va o'smirlar muassasalarining loyihasi yer maydonining rejasidan tuzilgan (bosh reja), binoning qavatlar rejasi, binoning tashqi ko'rinishi va kesmalar rejasi, sanitar—texnik qurilmalar rejasi (suv bilan ta'minlanish, kanalizasiya, isitilish, elektr bilan ta'minlanishi va yog'itilish), Loyihaning tushuntirish xatida ko'rsatilishi lozim.
  • Loyihani ko'rib chiqish - tushuntirish xatini o'rganib chiqishdan boshlanadi va unda bolalar va o'smirlar muassasalarining turi tushuntiriladi, uning quvvati, o'rinlar soni, yer maydoni va bino, qurilish materiallari va sanitar-texnik qurilmalar, boshqa ishlatiladigan jihozlarga umumiy tavsif beriladi.
  • Undan keyin situasion rejaga baho beriladi (ushbu yashash joyining loyihasidan olingan ko'chirmaga), bulajak bolalar va o'smirlar muassasalarining atrof—muhitga gigienik baho beriladi: yon turgan binogacha, sanoat korxonalari, temir va avtomobil yo'llarigacha bo'lgan masofaga ham baho beriladi.
  • Loyihani ekspertiza qilishning keyingi bosqichi – binoning qavatlar rejasini ko'rib chiqish bo'lib hisoblanadi. Qavatlar rejasida xonalar jamlamasi, ularning joylashtirilishi va bir—biriga nisbatan o'zaro joylashtirilishi, zinapoyalarning soniga e'tibor berishga sharoit yaratiladi. Birinchi qavatning rejasida binoga kirish va chiqish eshiklarining soni va ularning qaysi xonalarga olib borilishiga baho beriladi. SHuningdek, yerto'laning rejasiga ham baho berish kerak bo'ladi. CHunki ayrim xonalar bu yerda joylashtiriladi (bularga garderob, cho'milish xonalari, kir yuvish xonalari kiradi).
  • Yer maydonining rejasi, binoning kesmalar va umumiy rejalarida talabdagi singari bir chiziqli (tug'ridan - tug'ri) o'lchamlari orqali mos keladigan maydon va hajmini aniqlash mumkin. Bundan tashqari chizma bajarilgan masshtab ko'rsatilgan. Yer maydonining rejasida asosan quyidagi masshtablar kursatiladi: 1:500 yoki 1:1000 binoning qavatlar va kesmalar rejasida - 1:100 va 1: 200 masshtablar beriladi.
  • Rejada xonaning uzunligi va kengligining gorizontal o'lchamlarini, eshiklar va derazalarning kengligini aniqlash mumkin. Balandlik kesmalar rejasi orqali aniqlanadi. Vertikal kengliklarning joylashtirilishi kesmalar rejasida ko'rsatilib, rejaning oxirida ko'rsatiladi va yo'naltirilgan belgilar harflar bilan belgilanadi (A–A, B-B) yoki rakamlar orqali (1–1, II-II va boshqalar). Kesmalar yuqorida ko'rsatilgan harflar va rakamlar singari belgilanadi
  • I sinfga kiruvchi sanoat korxonalariga nisbatan 1000 metrdan kam bo'lmagan masofada; II sinfga kiruvchi sanoat korxonalaridan 500 metrdan kam bo'lmagan masofada; III sinfga kiruvchi sanoat korxonalaridan 300 metrdan kam bo'lmagan masofada; IV sinfga kiruvchi sanoat korxonalaridan 100 metrdan kam bo'lmagan masofada; V sinfga kiruvchi sanoat korxonalaridan 50 metrdan kam bo'lmagan masofada joylashtirilishi lozim.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling