Bolalar va o'smirlar ovqatlanish me'yorlari Bolalar va o’smirlar ovqatida oqsillar Bolalar va o’smirlar ovqatlanish odobi


Download 18.17 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi18.17 Kb.
#1603260
Bog'liq
Bolalar va o\'smirlar ovqatlanish me\'yorlari


Bolalar va o'smirlar ovqatlanish me'yorlari
Reja:

  1. Bolalar va o'smirlar ovqatlanish me'yorlari

  2. Bolalar va o’smirlar ovqatida oqsillar

  3. Bolalar va o’smirlar ovqatlanish odobi

Bolalar ayniqsa 1 dan 3 yoshgacha bo’lgan go’daklar uchun ovqatda almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalarga boy oqsillar bo’lishi muhim. Sut, tvorog, tuxum, go’sht singari masalliqlar shunday oqsillarga boy. Yog’larga bo’lgan ehtiyoj asosan o’simlik (kungaboqar, makkajo’xori, paxta) moylari hisobiga qondirilishi kerak, chunki ularda organizmga yaxshiroq singadigan yarim to’yinmagan yog’ kislotalari ko’p. O’simlik moylarini sabzavot pyuresi va salatlarga qo’shib berish foydali.


Bolalar va o’smirlar ovqati sarflangan energiyani qoplash uchun fiziologik ehtiyojni qondirishi lozim. Energiya sarfi bolalarning 1,5-3 yoshida 1500 kkalni, 3-5 yoshida 1800 kkalni, 5-8 yoshida 2000-2400 kkalni, 8-12 yoshida 2400-2800 kkalni, 13-16 yoshida 3000gacha kkalni tashkil etadi.
Bolalar va o’smirlar ovqatida oqsillar, yog’lar va uglevodlarning eng yaxshi nisbati 1:1:4 dir. Shu nisbatning hiyla buzilishi, garchi ovqat bilan birga organizmga tushadigan oziq moddalar va vitaminlar miqdori etarli bo’lganda ham, salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. Ayniqsa hayvon yog’larini me’yoridan ortiqcha iste’mol qilish bolaning semirib ketishiga va o’sib rivojlanishini kechiktirishga olib keladi. Uglevodlar keragidan ortiqcha qabul qilinganda, organizmda suv ushlanib qolib, bola rangpar, bo’shang, tez-tez kasalga chalinadigan va kasalliklar aksari asorat bilan kechadigan bo’lib qoladi.
Bola va o’smirlar ovqati hilma-hil bo’lishi zarur. Bir xildagi ovqat ishtahani bo’g’adi. Bolalar va o’smirlar ovqatiga ishlatiladigan masalliqlar yangi va yuqori sifatli bo’lishi kerak. Yog’liq go’shtni katta maktab yoshidagi (14-17 yosh) bolalargagina berish mumkin. Bolalar va o’smirlarga xom, yaxshi pishirilmagan yoki dudlangan go’shtni berish tavsiya etilmaydi, chunki bola zaxarlanib qolishi yoki gijja yuqishi mumkin, hamda bunday go’sht yaxshi singmaydi. Sho’r yoki o’tkir dorivorlangan go’sht va baliq taomlarini ham bermaslik kerak.
Qalampir, sirka sepilgan, hantal (gorchitsa) qo’shilgan ovqatlarni 8-10 yoshgacha bo’lgan bolalar emasligi kerak. Alkagolli ichimliklarning hamma turlari (pivo, uyda tayyorlangan musallas va boshqalar) bola va o’smir organizmiga juda zararli. Ko’p miqdorda achchiq choy, kofe, kakao, shokolad ayniqsa, 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni cheklash lozim.
Bolalar va o’smirlar kunda 4 mahal ovqatlanishi kerak. Bunda ovqat miqdori quyidagicha taqsimlanadi: nonushta -30%, tushlik 40-45%, tushdan keyingi ovqat -10%, kechki ovqat 15-20%. Bog’cha yoki boshqa bolalar muassasasiga qatnab, o’sha joyda 4 mahal ovqatlanadigan bolalarni uyda ovqat eyishga majbur qilmaslik kerak. Agar bog’cha yoki bolalar muassasasida 2 yoki 3 mahal ovqat beriladigan bo’lsa, uyda bolani qo’shimcha ovqatlantirish zarur. So’nggi ovqat uyqudan 1,5-2 soat ilgari berilishi kerak.
Download 18.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling