Bolalar va o'smirlarning rivojlanishni baholovchi korsatkichlar va ularni aniqlash usullari
Download 88.4 Kb.
|
bolalar va o\'smirlarning rivojlanishni baholovchi korsatkichlar va ularni aniqlash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha tarbiya yoshi davri
D vitamini yetishmasa bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi. To`sh, qovurg`a, qo`l-oyoq suyaklari yumshab egiluvchan bo`lib qoladi. Chaqaloqning umurtqa pog`onasi tekis bo`ladi, ya`ni unda fiziologik egriliklar bo`lmaydi.U 8-10 haftalik bo`lganda, boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog`onasining bo`yin qismida oldinga tabiiy egilish hosil bo`ladi. Bola 5 oyligida o`tira boshlaydi va uning umurtqa pog`onasi ko`krak qismida tabiiy egilma hosil bo`ladi.Bir yoshga kirgan bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon tabiiy egilma hosil bo`ladi. Xalqimiz qadimdan ko`krak yoshidagi bolani beshikda boqqan. Buning ijobiy tomonlari shundaki, bola beshikda yotsa o`rni, kiyimi quruq, toza saqlanadi. Bu esa uni shamolashdan saqlaydi.Uning qo`l-oyoqlari va tanasini bog`lab qo`yish suyaklari, ayniqsa umurtqa pog`onasi to`g`ri o`sishi va shakllanishiga imkon beradi.Ammo shuni ta`kidlash kerakki, ayrim yosh, tajribasiz onalar bolani beshikka noto`g`ri belaydi.Ular bolani juda qisib bog`lashi natijasida uning nafas olishi qiyinlashadi, qo`l va oyoqlari og`riydi, natijada uyqusi buziladi. Shuning uchun tajribali onalar va buvilar yosh juvonlarga bolani parvarish qilish, beshikka belash qoidalarini o`rgatishlari kerak. Maktabgacha tarbiya yoshi davri 2-6 yoshlarni o`z ichiga oladi. Bola 2 yoshligida jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og`irligi har oyda 200-250 g dan ortib boradi, bo`yi 1 sm dan o`sadi.Uch yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2-2,8 kg, bo`yi 7-8 sm ga ortadi.Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3 yosh oxirida so`z boyligi 1000 tagacha yetishi mumkin. 2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular juda harakatchan, tinib-tinchimas bo`ladi.Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar, kattalar iste`mol qiladigan dorilar bilan zaharlanish hollari tez-tez uchrab turadi.Shu tufayli bu yoshda ularni bir daqiqa ham qarovsiz qoldirmaslik kerak.
Download 88.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling