Bolalarda anemiya yoki kamqonlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash usullari


Xalq tabobati usullari yordamida kamqonlikni davolash


Download 88.73 Kb.
bet9/10
Sana02.11.2023
Hajmi88.73 Kb.
#1741038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bolalarda kamqonlik

Xalq tabobati usullari yordamida kamqonlikni davolash


Temir tanqisligi anemiyasida, bolalarni davolash maqsadida shifokor ko‘rsatmasiga binoan xalq tabobatidan foydalansa ham bo‘ladi. Odatda xalq tabobati yordamida latent (yashirin) ya’ni simptomlari yuzaga chiqmaydigan anemiyalarni davolasa bo‘ladi.
Damlamalar:
Na’matak mevasidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida kamqonlikni davolashda keng qo‘llanilgan. Ushbu damlama tarkibida vitamin C miqdori juda ko‘p bo‘lib, oziq-ovqatlardagi temirning o‘zlashtirilishiga ko‘maklashadi.
Na’matakdan damlama tayyorlash uchun uning quritilgan mevalari ishlatiladi. Bir osh qoshiq meva bir stakan suvga solinadi va past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. So‘ng yarim soat damlab qo‘yiladi, ovqatdan oldin ichiladi.
Bundan tashqari:

  • Asal;

  • Quruq mevalar;

  • Lavlagi.

Qand lavlagini suvda qaynatib tozalangach, kub shaklida to‘g‘rab va idishga solinadi. Biroz miqdorda qaymoq aralashtirib iste’mol qilish mumkin.
Kamqonlikda ovqatlanish1 yoshgacha bo‘lgan bolalar anemiyasini asosan diyeta yo‘li bilan davolanadi. Ovqat ratsionida temir ko‘p saqlovchi mahsulotlar berish tavsiya etiladi. Albtta, bolaning individual xususiyati va yoshiga bog‘liq ravishda diyeta tanlanadi.
Chaqaloqlarda anemiyani bartaraf etish uchun eng yaxshi ozuqa – ona suti. 8 oylikdan boshlab qo‘shimcha ovqat: go‘sht, grechkali kasha berish mumkin. 12 oyligidan boshlab – baliq, mevalar va sabzavotlar. Ba’zida gemotologlar anemik bolalarga stol №11 ni tavsiya etishadi (bir kunda 5 mahal ovqatlanish). Bu stol quyidagi mahsulotlardan tashkil topgan:

  • Non, makaron, un mahsulotlari;

  • Sho‘rva;

  • Baliq;

  • Go‘sht, jigar;

  • Tvorog, sariyog‘, pishloq;

  • Tuxum;

  • Yong‘oq;

  • Grechka:

  • No‘xat, fasol sho‘rva;

  • Sabzavotlar, mevalar va rezavorlar.

Download 88.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling