Normoxrom anemiyada rang ko‘rsatkich 0,8-1,1 oralig‘ida bo‘ladi.
Bu turdagi anemiyaga quyidagilar kiradi:
Gemolitik anemiya – bunda eritrotsitlar sintezlanishidan ko‘ra tezroq parchalanishadi;
Postgemorragik – ko‘p qon yo‘qotish natijasida kelib chiqadigan anemiya;
Eritropoetin kam sintezlanishi natijasida kelib chiqqan anemiya (bu gormon buyrakda sintezlanadi va eritrotsitlar ishlab chiqarilishini boshqarishda ishtirok etadi);
Neoplastik – suyak ko‘migida o‘sma paydo bo‘lishi;
Aplastik – bolaning suyak ko‘migida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan va ko‘p hollarda o‘lim bilan tugaydigan holat, davolash juda qiyin;
Gipoplastik – suyak ko‘migining yengil darajada o‘zgarishi, yuqoridagilardan ko‘ra xavsizroq.
Bolalarda gipoplastik anemiya sabablari
Tashqi omillar
|
Ichki omillar
|
Fizik: radiatsiya, yuqori chastotali tok, vibratsiya
|
Genetik: mutatsiyalar, sababi noma’lum bo‘lgan holatlar
|
Mexanik: jarohat
|
Endokrin: qalqonsimon bez yoki tuxumdonlardagi kasalliklar, qandli diabet
|
Kimyoviy: turli xil zaharlar, ayrim dori preparatlari
|
Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari: sistemali qizil yuguri, revmatoid artrit
|
Biologik: viruslar, gerpes, zamburug‘lar, hujayra ichi bakteriyalari
|
Oziqlanishning buzilishi: qon hosil bo‘lishida yetarli bo‘lmagan ozuqaviy moddalar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |