Bоlаlаrdа hаmshirаlik pаrvаrishini islоhotlаri


QON AYLANISH A’ZOLARI KASALLIKLARIDA BOLA VA UNING OILASIGA HAMSHIRALIK PARVARISHIDA BAJARILADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR


Download 30.04 Kb.
bet3/3
Sana26.01.2023
Hajmi30.04 Kb.
#1123713
1   2   3
Bog'liq
Bоlаlаrdа hаmshirаlik pаrvаrishini islоhotlаri

QON AYLANISH A’ZOLARI KASALLIKLARIDA BOLA VA UNING OILASIGA HAMSHIRALIK PARVARISHIDA BAJARILADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR
.1. Bolalarda pulsni aniqlash Bolaning tomir urishi (puls) ni u tinch turgan paytda aniqlanadi. Bajarish tartibi: 1. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 2. Sekund milli soat tayyorlab qo‘yiladi. 3. Bolaga yoki uning onasiga muolaja maqsadi tushuntiriladi. 4. Bolaga qulay vaziyat egallash taklif qilinadi. 5. Bolaning kaftini bilak-kaft bo‘gimi sohasida barmoqlar bilan ushlanadi. 6. Bilak arteriyasi pulsatsiyasini 2, 3, 4-barmoqlar bilan paypaslab aniqlanadi. 7. Pulsning to‘liqligi aniqlanadi. 8. Pulsning tarangligi bilak suyagiga bosib aniqlanadi. 9.10. Puls zarbining sonlari aniqlanadi: a) agar ritm noto‘g‘ri bo‘lsa - 1 daqiqa ichida; b) agar ritm to‘g‘ri bo‘lsa - 15 soniya ichida sanab, natijani 4 karra ko‘paytiriladi, 20 soniya ichida sanab, 3 karra ko‘paytiriladi. 11. Natijaga baho beriladi, kerak bo‘lsa shifokorgacha bo‘lgan yordam ko‘rsatiladi. 12. Natijalar bolaning tibbiy varaqasiga kiritiladi: raqamli natijalarni bolaning kasallik tarixiga kiritiladi, puls sonlari grafik ko‘rinishida harorat varaqasiga qizil qalam bilan qayd qilinadi. 5.2. Arterial bosimni o‘lchash Arterial bosimni rus shifokori Korotkov tomonidan taklif etilgan usulda sfigmomonometr yoki tonometr asbobi bilan aniqlanadi. Arterial bosimni aniqlash uchun fonendoskop bilan birga bolalar uchun chiqarilgan eni qisqa manjetkasi bor sfigmomonometr yoki tonometr kerak bo‘ladi. Manjetkalarning o‘lcham (razmer) i: 334 1 yoshgacha 3.5x7 sm, 2 yoshgacha 4,5x9 sm, 4 yoshgacha 5,5x11 sm, 7 yoshgacha 6,5x13 sm, 10 yoshgacha 8,5x15 sm, 10 yoshdan keyin standart razmerda bo‘ladi. Bajarish tartibi: l. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 2. Tayyorlab qo‘yiladi: fonendoskop, tonometr. 3. Bolaga yoki uning onasiga muolaja maqsadi va tartibi tushuntiriladi. 4. Bola shunday joylashtiriladiki, uning qo‘li tekis yuzada joylashsin. 5. Bolaning qo‘l kaftini yuqoriga qaratib, tirsak bo‘g‘imida yozgan holda joylashtiriladi. 6. Yelkasi shunday ochiladiki, bunda kiyim yelkani manjetkadan yuqoriga siqmasligi kerak. 7. Tonometr manjetkasini bolaning ochiq yelkasiga tirsak bo‘g‘imidan 2-3 sm yuqorida, manjetka va yelka oralig‘iga 1 barmoq sig‘adigan darajada bo‘shliq qoladigan qilib joylashtiriladi. Bunda rezina naychalar yon tarafda qolishi kerak. 8. Tonometrni manjetka bilan ulanadi. 9. Tonometr milini shkalaning 0 belgisiga nisbatan to‘g‘ri joylashtiriladi. 10. Shu qo‘l bilan bilak arteriyasining pulsatsiyasi aniqlanadi. 11. Bo‘sh qo‘l bilan rezina nokdagi ventilni yopib, manjetkaga havoni arteriyadagi pulsatsiya yo‘qolgunga qadar damlanadi. 12. Tonometr ko‘rsatkichi eslab qolinadi. 13. Ventil ochiladi va havo chiqara boshlanadi. 14. Fonendoskop boshchasi tirsak chuqurchasiga qo‘yiladi. 15. Rezina nokdagi ventilni yopib, manjetkaga avvalgi ko‘rsatkichgacha va 20-30 mm simob ustuniga ko‘proq havo yuboriladi. 16. Ventil ochiladi va havoni asta-sekinlik bilan chiqariladi, tonometrning mili yoki simob ustuni bir tekisda pasayib borishi kerak. 17. Fonendoskopdagi tovushlar diqqat bilan tinglanadi, birinchi puls zarbi paydo bo‘lgan payt qayd qilinadi – bu sistolik bosimdir, birinchi bor eshitgan zarbga to‘g‘ri kelgan raqam eslab qolinadi. 335 18. Fonendoskopdagi tovushlar diqqat bilan tinglanadi, puls zarbalarining tugash payti qayd qilinadi – bu diastolik bosimdir, pulsatsiya to‘xtagan paytdagi ko‘rsatkich eslab qolinadi. 19. Havo chiqarib yuboriladi, manjetka yechib olinadi. Bola avvalgi holatiga keltiriladi. 20. O‘lchash natijasi baholanadi. Kerak bo‘lsa, shifokor kelgunga qadar yordam ko‘rsatiladi. 21. A/B o‘lchash ko‘rsatkichlari bolaning tibbiy varaqasiga kiritiladi: kasr ko‘rinishida (suratida sistolik bosim, mahrajida diastolik bosim) va harorat varaqasiga grafik ko‘rinishida chizib qo‘yiladi. 22. Qo‘llar yuvib, quritiladi. Arterial bosim doimiy kattalik emas. U bolaning ahvoliga yoki asab tizimining holatiga, yoshiga bog‘liq. Bola qancha yosh bo‘lsa arterial bosim shuncha past bo‘ladi. Bolaning yoshiga qarab arterial bosimini taxminan quyidagi formula bilan aniqlasa bo‘ladi: Bir yoshgacha arterial bosim = 70 + n (bu yerda, n – oylarda ifodalangan bolaning yoshi) ; Bir yoshdan keyin = 80 + 2n, (bu yerda, n – yillarda ifodalangan bolaning yoshi).
Download 30.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling