Bolalarda idrokning rivojlanishi


Download 62.1 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi62.1 Kb.
#1382503
Bog'liq
IDROK

Bolalarda idrokning rivojlanishi


Reja:
1.Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrokning nerv – fiziologik asoslari.
2.Idrok xususiyatlari: predmetliligi, yaxlitligi, konstantligi, anglanganligi, ikkilanuvchanligi. Idrokning darajalari: persepsiya, appersepsiya, gallyutsinatsiya, illyuziya.
3.Idrok shakllari: fazoni idrok qilish, vaqtni idrok etish, harakatni idrok qilish. Idrokning buzilishi va shaxs faoliyatiga ta`siri
Bola uch yoshga to‘lib bog‘chaga qatnay boshlagach, birinchidan, bolaning faoliyat darajasi juda kengayib ketadi, ik¬kinchidan, nutqi g‘oyat zudlik bilan o‘sa boradi. Buning nati¬jasida bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola hayotidagi bu o‘zgarish o‘z navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmaydi. Ular kundalik faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalar bi¬lan to‘qnashadilar. Shunday bo‘lishiga qaramay katta yoshdagi bog‘cha bolalari ham o‘zlari idrok etayotgan narsalarning nima ekanligini har doim kattalarning yordamisiz bilavermaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasi (nutq)ning roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, tevarak-atrofdagi narsalarni anglab idrok qilishda faqat narsaning o‘zigina emas, balki uning nomi ham birga qatnashadi. Bolalar idrokini takomillashtirish maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalarda (hayvonlar va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirishda) bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasining rolini oshirishga intilish kerak. Chunki, qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya paytida ko‘rsatilayotgan narsalarning) ayni bir paytda har ikkala signallar sistemasiga barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan narsalarning butun va to‘la-to‘kis aks etishini ta’minlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomonlaridan biri shundaki, ular turli narsalarni idrok qilishda bu narsalarning ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar. Biroq tajribalari hali yetarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning mohiyaliga mutlaqo tushuna olmasliklari tufayli narsalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va umumiy belgilarni aks ettira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda faqat aniq tasavvurlarga asoslanadilar. Shu sababli bog‘cha yoshidagi (xususan kichik bog‘cha yoshidagi) bolalar uchun narsalarning eng asosiy va muhim belgilari ularning rangi va shaklidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar shuning uchun ham o‘xshash narsalarning shaklini bir-biridan bemalol ajrata oladilar. Lekin, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar (kichkina guruh bolalari) narsalarning shaklini farqlashda biroz qiynaladilar. Chunonchi, kichik yoshdagi bog‘cha bolalariga mavhum geometrik shakllar yoki ularning rasmi ko‘rsatilsa, ular bu shakllarni o‘zlariga ma’lum bo‘lgan aniq narsalar bilan bog‘lab, ya’ni predmetlashtirib idrok qilishga intiladilar. Masalan, ular aylanani «g‘ildirak», to‘rtburchakni «deraza» yoki «eshik» deb ataydilar.
Rus psixologlaridan S.L. Rubinshteyn, S.N. Shabalin va M.N. Volokitinalar tajribalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar aniq narsalarning shaklinigina emas, balki bu narsalarning qora rang bilan qilgan siluetlariga (andazalariga) qarab ham ularni bir-biridan farqlay oladilar. Bolalar siluetga qarab (ya’ni qora rangda ishlangan quruq shaklga qarab) bu narsalarning nima ekanligini yanglishmay aytib bera oladilar. Bunda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarning shakllarini ularning mazmuni bilan bog‘liq ra¬vishda idrok qila boshlaydilar. Demak, bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi turli-tuman narsalarni idrok qilishda shu narsalarning mazmuni, mohiyati bilan organik bog‘liq bo‘lgan shaklga ham asoslanadilar.
Download 62.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling