Bolalarda ikkinchi signal tizimining rivojiga tasir etuvchi omillar


Tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida inson organizmida sodir bo'ladigan fiziologik omillar


Download 78.77 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi78.77 Kb.
#1608409
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-dars

Tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida inson organizmida sodir bo'ladigan fiziologik omillar.
Muhit.

  • Ekologiyada muhit deb tirik organizmlarni o`rab turgan, uning holatiga, rivojlanishiga yashab qolishigava ko`payishiga bevosita ta`sir etadigan jamiki o`lik va tirik tabiat sharoitiga aytiladi.


  • Muhit tushunchasi turli ma`nolarni anglatadi.Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar.




Asosan muhit ikki tipga ajratiladi.


  • Asosan muhit ikki tipga ajratiladi.


  • 1.Tabiiy muhit: havo, suv, tuproq, tirik organizm va hakazo.


  • 2.Sun`iy muhit: inson tomonidan yaratilgan bo`lib, insonning mehnat mahsulidir.




Tirik organizmlar tarqalgan bizning biosferamizda hayot asosan 4 xil muhitda mavjud:


  • Tirik organizmlar tarqalgan bizning biosferamizda hayot asosan 4 xil muhitda mavjud:


  • 1.Suv muhiti


  • 2.Havo muhiti


  • 3.Tuproq

  • 4.Tirik organizmlar

  • Muhit – hamisha har xil elementlarning murakkab kompleksidir.




Sun’iy omillarga ilgari aytganimizdek, qishloq va suv xo‘jaligi sanoat va transport vositalari ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlar kiradi.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi natijasida sho‘rlanish, shamol va suv eroziyasi ham rivojlanadi.
Yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashgan bo‘lsa, suvlarning bug‘lanishi oqibatida tuproq sho‘rlana boshlaydi. Chunki suv bug‘langanda uning tarkibidagi tuzlar tuproqda qolib, tuz miqdorining ortib ketishiga olib keladi. Bunday holat Xorazm vohasida va Mirzacho‘lda namoyon bo‘lmoqda.
Shamol eroziyasi doimiy shamollar esadigan joylarda ko‘proq uchraydi, bunda tuproqning yuqori unumdor qismi uchirib olib ketiladi.
Suv eroziyasi qiya joylarni sug‘orish jarayonida ro‘y beradi va turli kattalikdagi jarlarning vujudga kelishiga va hosildor yerlarning ishdan chiqishiga olib keladi.
Suv inshootlarining qurilishi ham ayrim noxush hodisalarni keltirib chiqaradi. Qoraqum kanalining qurilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sug‘orishga sarflanishi natijasida Orol dengizining sathi 1960-yildan so‘ng pasaya boshladi. Orol dengizi tubining ochilib qolgan qismidan tuzlarning shamollar ta’sirida uchirib olib ketilishi natijasida Orolbo‘yi atrofidagi yerlarning sho‘rlanish darajasi ortib bormoqda. Hozirgi paytda Orol tubining ochilib qolgan joylariga tuzlarning uchirib ketishining oldini olish maqsadida sho‘rga chidamli o‘simliklar ekilmoqda.
Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi munosabati bilan turli noxush tabiiy geografik jarayonlar vujudga keladi. Masalan, tog‘-kon sanoatining rivojlanishi natijasida juda ulkan surilmalar, yer yuzasining cho‘kishi, o‘pirilishlar, yer osti suvlari sathining pasa- yishi va boshqa hodisalar ro‘y beradi. Ohangaron vodiysida 20-25 yil davomida ko‘mir gazga aylantirilishi oqibatida yer ostida 1 kv.km dan ortiqroq maydonda bo‘shliq hosil bo‘lgan. Natijada, tog‘ yonbag‘rining barqarorligi buzilib, hajmi 700-800 mln kub m ni tashkil qilgan surilma hosil bo‘ldi va xalq xo‘jaligiga katta mod- diy zarar yetkazdi. Foydali qazilma konlarini qazib olish jarayoni­da suvlarni kondan tashqariga chiqarib yuborish oqibatida yer osti suvlarining sathi keskin pasayib ketadi. Juda katta maydonlarda neft va gaz qazib olish esa yer yuzasining cho‘kishiga olib keladi. Masalan, neft va gaz qazib olish natijasida Rossiyaning G‘arbiy Sibir pasttekisligi cho‘kmoqda, oqibatda bu tekislikda yer osti suvlari sathi ko‘tarilib, botqoqliklar va ko‘llar maydoni kengayib bormoqda.
Sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilayotgan changlar havoni ifloslab, «issiqxona samarasi»ni keltirib chiqarmoqda, oqi­batda Yer yuzasidagi o‘rtacha harorat ortib bormoqda.
Har bir bolaning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun yetarlicha ozuqaviy moddalar kerak. Yoshga bog‘liq holda organizm ehtiyojini qondirish uchun yog‘, oqsil va uglevod nisbati va sifati yetarlicha bo‘lishi zarur. Bundan tashqari ovqat tarkibida vitamin-minerallar organizmga keragicha tushishi va a’zolarning o‘sishi uchun muhim. Bolalikning erta davrlarida eng ko‘p uchraydigan yetishmovchilik holati – gipokalsiyemiya (kalsiy yetishmovchiligi) dir. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, masalan to‘satdan suyaklar sinishi, sudorgilar (talvasa), suyak va nerv tizimi rivojlanishi ortda qolishi.
Bola organizmida kalsiyning normal ko‘rsatkichda bo‘lishi uchun, ovqat ratsionida kunlik kalsiyning dozasi 500-1000 mg bo‘lishi kerak. Ko‘krak yoshidagi bolalar kalsiyning yetarli miqdorini ona sutidan olishadi va bu davrda qo‘shimcha ravishda kalsiy preparatlaridan ham foydalanish kerak bo‘ladi. Qonda kalsiyning sezilarli darajada kamayishi bolalar raxiti va uning asoratlariga olib keladi. Yuqorida aytganimizdek emizikli bolalar kalsiyni ona sutidan qabul qilishadi, demak ona iste’mol qilayotgan mahsulotlar kalsiyga boy bo‘lishi zarur.
Bolalikning birinchi yilida kalsiy faqatgina, ovqat bilan kam miqdorda tushganligi sababli defitsitga uchramaydi, balki bola organizmida D3 vitamini yetishmasligi hisobiga ham kelib chiqadi. D3 vitamini kalsiyning so‘rilishida muhim rol o‘ynaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ko‘rsatmasiga binoan har bir ko‘krak yoshidagi bola kuz-qish mavsumida qo‘shimcha ravishda, eritma ko‘rinishida D3 vitaminini qabul qilishi lozim. Bahor-yoz mavsumida D3 vitamini bola organizmida mustaqil ravishda quyosh nuri ta’sirida sintezlanadi. Bu davrda qo‘shimcha vitamin qabul qilish organizmda uning miqdori oshishiga olib keladi, ya’ni gipervitaminoz holati kelib chiqishi mumkin.
Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiya ko‘pincha oshqozon ichak trakti kasalliklari (gastrit, kolit, ichaklar dizbiozi va boshqalar), ayrim dori preparatlarini qabul qilish oqibatida oshqozonning so‘rish funksiyasini buzilishi (antadsidlar, sorbentlar) natijasida kelib chiqadi.
Kalsiyning yoshga bog‘liq holda normal miqdori

  • Tug‘ilgandan 6 oygacha – 400-500 mg;


  • 7 oydan 1 yoshgacha – 700-700 mg;


  • 1 yoshdan 10 yoshgacha – 700-900 mg.




Alimentar yo‘l (ovqatlanish) bilan organizmda kalsiy to‘planib qolmaydi. Chunki ortiqcha kalsiy ichak va buyraklar orqali tashqariga chiqarib turiladi. Qo‘shimcha ravishda qabul qilinayotgan ortiqcha kalsiy buyraklarda to‘planib qoladi va tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Passiv chekish xakida eshitganmisiz? Passiv chekuvchi - bu o'zi chekmaydi, balki chekuvchining tutuni bilan nafas oladi. Routersning xabar berishiga ko'ra bir tekshiruv natijasi shuni ko'rsatdiki oilasida chekuvchi borlarda uyida sigaret chekuvchi yo'qlarga nisbatan insult uchrashi 50% ga ko'p aniqlandi. Atrofingizda sigaret chekuvchilar bo'lsa, U SIZning INSULT bo'lish xavfingizni oshirmoqda.
Bundan tashqari insult bilan og’rigan bemor passiv chekish bilan yashasa, boshqa sabablarga nisbatan o'lim 2 barobar ko'proq uchrashi aniqlandi. Jami 28000 chekmaydigan insonlarda tekshiruv o'tkazilgan. Ularning oilasida chekuvchi borlari xaqida ma'lumot olingan va shu insonlarga sigaret tutunining ta'sirini ularning qonidagi kotinin(nikotinni parchalangan maxsuloti) miqdoriga qarab xulosa chiqarildi.
Agar tutun ta'sir vaqti uzoqroq bo'lsa insult bo'lish extimoli 46 % ga ko'proq bo'lishi aniqlandi. Janubiy Karolina universiteti tibbiy eksperti Anjela Malek shuni ta'kidlaydiki: xar qanday darajadagi sigaret tutunining ta'siri inson organizmi uchun juda xam xavfli. 
Sigaret tutuni faqatgina insult xavfini oshirmaydi balki yurak kasalliklari, o'pka raki, prostata va qovuq raki bilan og’rish xavfini oshirishi va bepushtlikka sabab bo'lishi aniqlangan. Bolalarda nafas yo'li maxalliy immunitetini pasaytirib, infektsion kasalliklar va astma rivojlanishiga olib keladi
Nos
Qirg’iziston milliy ilm-fan akademiyasining bir guruh olimlari nosning erkaklar jinsiy salomatligiga ta'sirini o'rganib chiqishdi. Nazariy tomondan nosning inson organizmiga ziyonini barcha shifokorlar biladi, lekin aniq tekshiruvlar natijasidagi xulosa enda nashr qilindi.
Ular O'sh va Qorasuv tumanlarida yashovchi, bepushtlik bilan murojaat qilgan erkakni tekshiruvdan o'tkazishgan. Xulosa qilib quyidagilarni keltirish mumkin:

  • nos erkaklar farzand ko'rishiga xar qanday pestitsiddan xam zararliroq ta'sir qilar ekan


  • uning zarari nosning qancha vaqt davomida chekkanligiga bog’liq emas, ya'ni qisqa vaqtda xam bepushtlik kelib chiqishi mumkin ekan


  • nos xisobiga kelib chiqqan bepushtlikni tiklashni umuman iloji yuq ekan.


  • Eng ko'p til osti rakini keltirib chiqarar ekan




Juda ko'p nos chekuvchini bilaman siz sanab o'tgan zararlari yo'q demang! Ko'za kunda emas kunida sinadi, o'sha kuni sizi kuniz ekanligi bilmaysizku!


Download 78.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling