Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishiga sinf va sinf jihozlarining ta’siri


Download 8.95 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi8.95 Kb.
#1500471
Bog'liq
BOLALARDA QADDI


BOLALARDA QADDI-QOMATNING SHAKLLANISHIGA SINF VA SINF JIHOZLARINING TA’SIRI

Bolaning o‘sib rivojlanishi davrida tana muskullari o‘z vaznini 35 marta oshirar ekan.


Muskullarning kuchga kirishi 20-25 yoshgacha davom etadi. Muskullarning
rivojlanishi esa 25-30 yoshgacha davom etadi.
Muskul kuchining eng jadal kuchayishi qiz bolalarda 10-12 yoshda, o‘g‘il
bolalarda 13-14 yoshda sodir bo‘ladi.
Odamni to‘g‘ri turishini bukuvchi muskullar ta’minlaydi. Belning to‘g‘riligi,
to‘g‘ri yelkalar, ochiq ko‘krak qafasi, ko‘tarilgan bosh, ya’ni yaxshi gavda
tuzilishi va uni tutishi holati – bu salomatlik va go‘zallik hamda ishchanlik
qobiliyati hisoblanadi.
Umurtqa pog‘onasining kasalligida umurtqa pog‘onasining fiziologik holatdan
chiqib, old, yon va orqa tomonga qiyshayishi kuzatiladi. Umurtqa pog‘onasining 3 xil qiyshayishi farq qilinadi.
QADDI-QOMATNING NUQSONLARINI DAVOLASH
• — Krovatdagi ko‘rpacha tagiga fanerdan yasalgan taxtacha qo‘yish va unda bolani orqasi yoki qorni bilan yotishga o‘rgatish;
• — o‘z vaqtida ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish;
• — sumkani orqaga osib yuradigani bilan almashtirish;
• — bolaning ko‘rish va eshitish holatini shifokorga tekshirtirish;
• — maktabda sinf rahbari va shifokor bilan tez-tez muloqotda bo‘lish;
• — bolaning sinf partasida o‘tirishini nazorat qilish;
• — bolaga og‘irroq narsalarni ko‘tartirmaslik;
• — ertalabki badantarbiyaga odatlantirish;
• — shifokor-ortoped ko‘rsatmasiga binoan davolash gimnastikasi bilan shug‘ullanishini tashkil etish;
• — suv sporti, chang‘i uchish foydali ekanligini tushuntirish kabi bir qator tartiblarga amal qildirish lozim.
Odamda qaddi-qomat 6 -7 yoshlardan boshlab shakllana boshlaydi. Bolaning qaddi -qomati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi:
• partada dars davomida qanday o‘tirishi,
• doskaga chiqib o‘zini qanday tutishi,
• yurganda sumkasini qo‘liga olib, egilib yurishi
• uy sharoitida xo‘jalik ishlarini bajarish jarayonida o‘zini qanday tutishi
Salbiy ta`sir qiladi:
tor joyda qisilib yotishi,
• baland yostiqlardan foydalanishi,
• g‘ujanak bo‘lib uxlashi tana suyaklari va umurtqa pog‘onasining noto‘g‘ri shakllanishiga olib keladi.
SINF JIHOZLARIGA QO‘YILADIGAN GIGIENIK TALABLAR
• Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egiluvchanligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig‘I gorizontal bo‘yicha kursi suyanchig‘iga bo‘lgan masofa o‘quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm masofa qolishi kerak. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa, o‘quvchi bukilib o‘tiradi, kamayib ketsa, siqilib o‘tiradi.
• Partaning cheti o‘tirgichdan 3-5 sm o‘tishi maqsadga muvofiqdir.
• Partaning yozuv stoli 15-20 gradus qiyaroq qilib tayyorlanadi.Bu ko‘rishni engillashtiradi. O‘quvchi partada to‘g‘ri o‘tirganda qorin va ko‘krak bo‘shlig‘idagi a’zolari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak-muskul apparatiga yuk kam tushadi, ko‘ziga zo‘r kelmaydi.
• O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm., sinf doskasi bilan birinchi parta orasi 200 sm, yonbosh devor bilan parta orasi 50 sm va orqa devor bilan oxirgi parta orasi 65 sm
bo‘lishi kerak.
• Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo‘lishi kerak. Uning o‘lchami sinf sathiga bog‘liq bo‘lib, uzunligi 175 sm dan 300 sm gacha, eni 120sm bo‘lib, boshlang‘ich sinflarda poldan 75-80 sm, yuqori sinflarda 80-90 sm tepaga o‘rnatiladi.
Download 8.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling