Bolalarda raxit, spazmofiliya, gipotrofiya, ekssudativ diatez, allergiya kasalliklari


Download 23.2 Kb.
bet5/8
Sana03.05.2023
Hajmi23.2 Kb.
#1423730
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BOLALARDA RAXIT, SPAZMOFILIYA, GIPOTROFIYA,

Raxit - organizmda vitamin “D” yetishmasligi tufayli kalsiy va fosfor almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Sababi: Onaning homiladorlik davrida ovqat ratsionining buzilishi, bolaning chala tug‘ilishi, sun`iy ovqatlantirish, quyosh nuridan to‘liq foydalanmaslik va hokazo.
Belgilari. Kasallikning ilk belgilari bola 1-2 oylik bo‘lganda, chala tug‘ilgan bolalarda 2-3 haftalik davridayoq paydo bo‘la boshlaydi. Bola bezovtalanadi, uyqusi notinch, injiq bo‘lib qoladi, ko‘p terlaydi. Boshini yostiqqa ishqalashi tufayli, ensa sohasidagi sochlari to‘kiladi. Tishlari kech chiqadi, odatda sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlashi kerak.1 yoshlik bolada 8 ta, 2 yoshlida 20 ta sut tishi bo‘lishi kerak. Raxit bo`lgan bolaning bosh suyaklarining shakli o‘zgaradi. Peshonasi do‘ng, tepa suyaklari bo‘rtib chiqadi, ensa sohasi yassilanadi, liqildoqlarning bitish muddati kechikadi. Sog‘lom bolada kichik liqildoqlar 2-3 oylikda, katta liqildoq 1 yoshda suyaklanib bitadi.
Suyaklar yumshashi tufayli ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi, oyoq-chanoq suyaklarida egrilanishlar yuzaga keladi. O‘z vaqtida davolanmasa, suyaklardagi egrilanishlar doimiy bo‘lib qolishi mumkin. Qovurg‘alarning suyak va tog‘aysimon qismi birlashgan joyda bo‘rtiqlar paydo bo‘ladi («raxit tasbehlari»), ko‘krak qafasi yon tomonlari botiq bo‘lib qoladi, old tomoni to‘sh suyagi bilan birgalikda tovuq ko‘kragiga o‘xshab bo‘rtib chiqadi.
Umurtqa pog‘onasi ko‘krak qismini orqaga egrilanishi «raxitik kifoz», oldinga egrilanishi raxitik «lordoz», yon tomonga egrilanishi raxitik «skolioz», holatlarini yuzaga keltiradi. Oyoq suyaklari, xususan boldir suyaklari egrilanishi oyoqlarini “O” simon yoki “X” simon shaklda bo‘lib qolishiga olib keladi. Chanoq suyaklaridagi o‘zgarishlar «tor chanoq» hosil bo‘lishiga, bu holat esa bo‘lajak onalarda tug‘ish jarayonida qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Raxit kasalligida oyoq tovon, kaft suyaklari shakli o‘zgarishi tufayli yassioyoqlik vujudga kelishi mumkin.
Muskullar, qorin old devori va ichak muskullarining tarangligi pasayib (gipotoniya), bolaning qorni kattalashadi («qurbaqa qorin»). Ko‘krak qafasi suyaklarining egrilanishi diafragma muskuli tonusining pasayishi natijasida bolaning nafas olishi qiyinlashadi, u hansirab nafas oladi. Shu bois bunday bolalarda o‘pkaning yallig‘lanish kasalliklari ko‘p uchraydi.Yurak-qon tomir faoliyati kuchsiz bo‘ladi, jigar va taloq kattalashadi, kamqonlik yuzaga keladi.
Yuqoridagi belgilarning rivojlanganligiga qarab, raxit kasalligining kechishi 3 darajaga bo‘linadi: I daraja (engil), II daraja (o‘rtacha og‘ir), III daraja (og‘ir).
Suyak - muskul to‘qimasi va ichki a`zolarning yuqorida bayon etilgan o‘zgarishlari kelajakda bolaning jisminiy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko‘rsatadi. Bu III darajali raxit bilan xastalangan bolalarda ayniqsa sezilarli bo‘ladi.
Raxit tufayli suyak muskul tizimida yuzaga kelgan o`zgarishlar kelajakda bola qad-qomatini buzilishiga sabab bo`ladi.

Download 23.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling