Bolalarda yurak qon tomir yetishmovchiligi
GAZ ALMASHINUVI BUZILISHI
Download 17.93 Kb.
|
Bolalarda yurak qon tomir yetishmovchiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- A’ZOLARDA DIMLANISHLI O’ZGARISHLAR
GAZ ALMASHINUVI BUZILISHI
Qon oqimi sekinlashganda, to’qimalarning kapillyarlardan kislorod yutishi miqdori me’yoriy 30%dan 60-70% gacha ko’tariladi. Qonni kislorod bilan to’yinganligining arteriovenoz farqi oshadi, bu esa atsidoz rivojlanishiga olib keladi. Qonda oksidlanmay qolgan metabolitlarning to’planishi va nafas olish mushaklari ishining kuchayishi asosiy metabolizmning faollashishiga olib keladi. Bunda yopiq doira hosil bo’ladi: organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyoji oshadi, qon aylanish tizimi esa uni qondira olmaydi. Kislorod tanqisligi rivojlanishi sianoz va hansirashga olib keladi. Yurak yetishmovchiligida sianoz markaziy (kichik qon aylanishi doirasida dimlanish va qon oksigenatsiyasi buzilishida) va periferik (qon oqimining sekinlashuvida va to’qimalarda kislorod utilizatsiyasining ortishida) bo’lishi mumkin. Yurak yetishmovchiligi periferiyada nisbatan ko’proq namoyon bo’lishi sababli, yurak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarda akrosianoz kuzatiladi: qo’l-oyoq uchlari, quloq, burun uchi ko’kimtirligi. SHISHLAR Shishlar bir qator omillar natijasida rivojlanadi: Kapillyar bosimning ortishi va qon oqimining sekinlashuvida to’qimalar ichida suyuqlik ushlanib qolishi; Suv-tuz almashinuvi buzilishida suv va natriyning ushlanib qolishi; Oqsillar almashinuvi buzilganida qon plazmasining onkotik bosimi buzilishi; Jigar funktsiyasi pasayishida aldosteron va antidiuretik gormonni inaktivatsiyalash darajasining pasayishi. Yurak yetishmovchiligida shishlar dastavval yashirin bo’ladi va tana vaznining tezda ortishi va siydik miqdorining kamayishi bilan ifodalanadi. Ko’rinuvchan shishlar agar bemor yursa, oyoqlardan, agar yotgan bo’lsa, dumg’azadan boshlanadi. Keyinchalik bo’shliqlarda suyuqlik to’planishi boshlanadi: astsit (qorin bo’shlig’ida), gidrotoraks (plevra bo’shlig’i), gidroperikard (perikardial bo’shliq). A’ZOLARDA DIMLANISHLI O’ZGARISHLAR O’pkadagi dimlanish hodisalar kichik qon aylanishining gemodinamikasi buzilishi bilan bog’liq. U o’pka rigidligi, ko’krak qafasining nafas olish ekskursiyasining pasayishi, o’pka chetlarining cheklangan harakatlanishi bilan tavsiflanadi. Katta qon aylanishi doirasida dimlanish hodisalari gepatomegaliya (o’ng qovurg’a ostidagi og’riqlar bilan namoyon bo’ladi), kardial jigar fibrozini chaqiradi. Download 17.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling