Bolalarga huquqiy tarbiya berishda qonun hujjatlaridan foydalanish
Download 15.86 Kb.
|
Bolalarga huquqiy tarbiya berishda qonun hujjatlaridan foydalanish
Bolalarga huquqiy tarbiya berishda qonun hujjatlaridan foydalanish Bolalarga huquqiy tarbiya berishda konstitutsiyada ko’plab qonunlar belgilangan 2008-yil 7-yanvar kuni kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 18 yoshgacha bo‘lgan subyektlar hisoblanib, bolalarning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Bola huquqi to’g’risidagi konvensiya 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Shu konvensiya oid davlat tomonidan ko’plab tadbirlar va ma’ruzalar tashkil qilindi. Bu konvensiyada bolalarga nisbatan tajovuzkorlik, kamsitishlar taqiqlangan. Bolaga tarbiya berish faqatgina konvensiya bilan emas balki ota-onalarning bolaga nisbatan munosabati yaxshi bo’lishi ham muhimdur. Aholi orasida bola huquqlariga oid konvensiya qoidalari, xalqaro standartlar targʻib etilmoqda va joylarda bolalar manfaatlari boʻyicha faoliyat yurituvchi tegishli davlat va jamoat tuzilmalari toʻgʻrisida maʼlumot berilmoqda. Konvensiyaga ko’ra, bola o‘zining kamol topishida o‘zi faol ishtirok etish, o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sog‘lom rivojlanish huquqiga, farzandlikka olish bilan bogliq huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va ota onaning birinchi darajali ro’li, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. . Darhaqiqat, yosh avlod tarbiyasi hech qachon oʻz dolzarbligini yoʻqotmaydi. Bu ezgu anʼana istiqlol yillarida yanada keng quloch yoydi va davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Natijada bugun yurtimizda bola huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlash, ularning hayoti va sogʻligʻi haqida qaygʻurish, kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, huquq va imkoniyatlari tengligini kafolatlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Konstitutsiyamizda bola huquqlari toʻliq kafolatlanganini aytish zarur. Masalan: moddalarda shunday ta’kidlanganki bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish; bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash; bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish; bolaga huquqiy tarbiya berishda biz albatta qonunlardan foydalanimiz shu qatorda konstitutsyadanam ham konstitutsiyada alohida huquqiy tarbiya berishga qonunlar mavjud misol uchun: bolalarning erkinligi, dam olishi,hamkorligi, ta’til kunlari, huquqlari, oiladagi o’rni va jamiyatdagi o’rni bularga misol qilib albatta jamiyatdagi o’rni ya’ni bolaga yaratilgan shart sharoitlar unga nisbatan tibbiyotdagi sharoitlar ta’lim olish huquqlari va bolaning xavfsizligi haqida qonunlarda belgilab o’tilgan.[ya’ni shu haqida yoritib o’tilgan]. МОЯ ПОДРУГА Download 15.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling