Bolalarga ilk iqtisodiy, huquqiy va ekologik tarbiya berish usullari
Download 50.5 Kb.
|
Bolalarga ilk iqtisodiy, huquqiy va ekologik tarbiya berish usul
www.arxiv.uz Iqtisodiy tarbiya metodlari Bolalarni iqtisodiy bilim, ko`nikma va malakalarni egallashga tayyorlash. Buning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning fikrlash doirasini kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon beruvchi turli vaziyatlarni ishlab chiqish, bu vaziyatlarning yechish variantlarini amalga oshirishga sharoit yaratish; iqtisodiy bilimlarni egallashga zamin bo`luvchi mantiqiy, matematik fikrlarini rivojlantiruvchi o`yinlar kompleksini amalga oshirish zarur. Ikkinchi bosqichni hayotga tadbiq etish yo`nalishlari 1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning iqtisodiy savodxonlik darajasi mezonlarni ishlab chiqish. Shunga ko`ra dastur bo`limlarni integrasiya qilish. “Matematika – iqtisodiy – mehnat”, tarbiya – iqtisodiy, “Ma`naviyat – iqtisod”, “Xorijiy tillar – iqtisod”, kabilar. 2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun “O`yinlar lobirinti” tizimini ishlab chiqish va amalda sinash. 3. “Tabiatdagi ta`lim” kompleksi dasturini yaratish. Bu kompleks dasturida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bevosita tabiatda o`yin tarzida tabiiy boylik, ne`matlarining iqtisodiy ahamiyatini ko`rsatuvchi ta`limiy, tabiat qo`ynidagi sog`lomlashtirish kabi tadbirlar aks etadi. Bunda xorijiy tillardan rus va ingliz tillarini o`rganishga iqtisodiy tushuncha va so`zlarni ishlatishga alohida e`tibor beriladi. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida hammaga, jumladan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ham iqtisodiy tarbiya bo`yicha boshlang`ich tushuncha berish muhimdir. Bu yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya bo`yicha tushunchalar maxsus ravishda tashkil qilingan mashg`ulot, dars shaklida emas, balki kundalik hayotda o`yin, mehnat faoliyatlari jarayonida bolalar ongiga singdiriladi. Tarbiyachining mohirlik bilan bolaning yosh xususiyattini, o`zlashtira olish darajasini hisobga olgan holda sharoit yaratishi muhim ro`l o`ynaydi. Bolalar bog`chasining maktabga tayyorlov guruhida iqtisodiy tarbiya bo`yicha tushunchalarni hosil qilishga yordam beradigan alohida burchak yoki imkoniyati bo`lsa alohida xona tashkil qilish lozim. Xona yoki burchakda “Do`kon-do`kon”, “Maktab- maktab”, “Bozor-bozor”, o`yinlarini o`ynash uchun tubandagi anjomlar bo`lishi kerak. Do`konchining qalpoqcha va xalati Oyinchoqlar rastasi O`quv qurollari rastasi Mevalar rastasi Sabzavotlar rastasi Kassa Tarozi Xaridorlar uchun sumkalar. Qog`ozdan yasalgan pullar Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar turli xil voqeaband ijroli o`yinlar o`ynash orqali iqtisodiy tarbiyaga oid quyidagi oddiy tushunchalarni o`zlashtirib oladilar. Narx sifatsiz narsa Tovar tejamkorlik Pul zarar Arzon foyda Qimmat barter Sifatli narsa valyuta Bank biznesmen Reklama Bundan mamlakatimizning iqtisodiy va ma`naviy hayoti har tomonlama sog`lom, quvvatli salohiyatga ega bo`ladi. Ular davlatimizning asosiy Qonunini mukammal bilishi, uning me`yorlariga rioya qilgan holda ish yuritishlari kerak. Jihoz:o`yinchoqlar, pul tasvirlangan qog`ozlar, suvni, havoni ifloslanishi bo`yicha rasmlar, jonivorlarga ozor berayotgan, o`simliklarning payhon qilinayotgani tasvirlangan rasmlar, bayroq, tamg`a rasmlari, flamaster rangli qalamlar. Dars usuli:Tinglovchilar “Zanjir” usulida “iqtisodchi”, “tabiatchunos”, “huquqchi” so`zlarini aytishadi va 3 ta guruhga ajratiladi. Har qaysi guruh maktabgacha yoshdagi bolalarga (nomiga ko`ra-agar “iqtisodchi” lar guruhi bo`lsa) mashg`ulotlarda, voqeaband o`yinlarda, savdo qilish, arzon, qimmat, tovar, pul, barter, ishbilarmon tushunchalarini ochib beradi. Guruh a`zolari ish o`yinidan, tasviriy illustrasiyadan rekladan foydalangan holda ijodiy yondashadi. “Tabiatshunoslar” guruhi maktabgacha yoshdagi bolalarni nafas oladigan havoni, suvni, yerni ifloslamaslik, jonivorlarga ozor yetkazmaslik, o`simliklarni payhon qilmaslikka o`rgatish bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi. “Huquqchilar” guruhi bolalarga nima mumkin, nima mumkin emas, davlat ramzlari, tug`ilib o`sgan o`lkasiga, ota-onasiga mehr-muhabbat uyg`otish masalalarini o`rgatish bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi. O`qituvchi oxirida har qaysi guruhning chiqishini tahlik qiladi, to`ldiradi xulosalaydi. Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling