Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


‘Bolalar bog’chasi xodimlarining mehnati" mavzusida suhbat


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1615479
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Omonova Behruza

‘Bolalar bog’chasi xodimlarining mehnati" mavzusida suhbat.  
Maqsad. Bolalarning bog’cha xodimlarining mehnatlari to’g’risidagi 
bilimlarini aniqlash va kengaytirish, har xil mehnat turlari o’rtasidagi o’zaro 
bog’liqlikni ko’rsatish; fe’llarni hosil qilish ustida mashq qilish.


22 
Oldindan qilingan ish. Mashg’ulotdan 2 — 3 kun oldin (kechki soatda) 
tarbiyachi bolalarni yig’ib, ulardan bolalar bog’chasining mudirasi kim, u nima ish 
qiladi, deb so’raydi. Tarbiyachi bog’chada nima qilishi bilan qiziqadi. Bolalarning 
uzuq- yuluq, ishonchsizlik bilan aytgan juvoblarini tinglab, shunday deydi: ‘Sizlar 
bu kishilarning mehnatlari haqida juda kam bilar ekansizlar. Bu haqda ko’proq 
bilishni istaysizlarmi?" Bolalardan tasdiq javoblarini eshitib (bog’cha xodimlari 
bilan oldindan kelishilgan bo’ladi), uch-to’rtta bolani oshpazning, hamshira va 
mudiraning, tarbiyachining yoniga ularning faoliyatlarini kuzatish va mehnatlari 
haqida ko’p narsalarni biiib olishlari (so’rab olishlari) uchun (35 — 4O daqiqaga) 
yuboradi.
Yuborilgan bolalar qaytishgach, o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashishlarini 
so’raydi. Boshqa bolalarga esa eshitganlari haqida qanday gapirib berish 
mumkinligini o’vlashni taklif etadi.
Mashg’ulotning borishi. Bizning Vatanimizda kichik yoshdagi bolalar 
maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanadilar, — deb so’z boshlaydi 
tarbiyachi. — Kichkintoylar uchun bolalar bog’chasida hamma sharoitlar muhayyo 
bo’lishi, ular vaqtni qiziqarli o’tkazishlari uchun ko’p kishilar mchnat qilishadi. 
Men. bolalar bog’chasida ko’p kishilar mehnat qilishadi, deb aytdim. Men xato 
qilmadimmi? Maktabgacha tarbiya muassasalarida qanday kasbdagi kishilar 
mehnat qilishadi? Bolalar bilan doimo yonma-yon tarbiyachi va enaga mehnat 
qiladilar. Tarbiyachining vazifalariga nimalar kirishi haqida batafsilroq gapirib 
beringlar. (Har kuni ertalab bolalarni kutib oladi, ota-onalar bilan suhbat- lashadi, 
o’yinlar tashkil etadi, mashg’ulotlar o’tkazadi va boshqalar).
Enaga kun bo’yi qanday ishlarni bajaradi, siz ularga qanday yordam 
berishingiz mumkin?
Siz bolalar bog’chasi mudirasining ish lari haqida nimalarni bilasiz? 
Bizning oshpazimiz qanday mehnat qiladi? Bolalar bog’chasining o’z hamshirasi 
bo’lsa qanday yaxshi — har doim ham davolash muassasasiga (poliklinika) borib 
yurilmaydi. Bolalar bog’chasida hamshira nima qiladi? Suhbatni tarbiyachi 
shunday yakunlaydi: ‘Bugun biz bog’cha xodimlarining mehnatlari, ularning 


23 
vazifa va burchlari haqida ko’proq bilib olishga harakat qildik. Siz nima deb 
o’ylaysiz, kimning ishi qiziqroq va nima uchun?
Bolalarning javobini tinglaydi. Yangi savol beradi: ‘Ayting- chi, kimning 
mehnati muhimroq?" Xulosani izohlaymiz: ‘Har bir kishining mehnati bir xilda 
muhim va kerakli. Har bir kishi o’z ishini yaxshiroq bajarishga harakat qiladi".
Mashg’ulotning 2- qismi. Tarbiyachi quyidagi so’zlarni aytib. ular 
ishtirokida gaplar o’ylab topishni taklif etadi: yurdi, ketdi, kirdi, keldi. So’ngra 
bolalardan bu so’zlarga o’xshash yana qanday so’zlarni aytish mumkin, deb 
so’raydi (yetdi, o’tdi, uzoqktshdi, lushdi, chiqdi), bu so’zlar ishtirokida ham gaplar 
tuzdiradi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling