Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash
Download 38.12 Kb.
|
Bolalarni maktab ta` tayy1-ma`ruza
1-Mavzu: “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash” fanining maqsad va vazifalari. REJA: 1. Maktabgacha taʼlimning maqsad-vazifalari va mazmuni. 2. «Bolalarni maktabga tayyorlash” fanining maqsad va vazifalari. 3. Bolalarni maktabga tayyorlash fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Tayanch tushuncha: taʼlim, maqsad. vazifa, mazmun, davlat talabi, maktabga tayyorlash, rivojlantirish. Maʼlumki, vatan beshikdan boshlangani kabi, taʼlim-tarbiya ham beshikdanoq, hattoki, bola tug‘ilmasidanoq berila boshlanishi kelajakdagi ijobiy natijalarga sabab bo‘ladi. Mamlakatimiz yoshlariga erta taʼlim tarbiya berishning hozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashqilotlari o‘z zimmasiga masʼuliyatini olgan. Maktabgacha taʼlim tashqilotlarida bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan birga, undagi psixologik va intellektual jihatlari rivojlanib boradi. Maktabgacha taʼlim sohasi mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun taʼlim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan–barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb yetadi. Keyingi yillarda maktabgacha taʼlim tashqilotlarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha taʼlim tashqiloti mukammal taʼmirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashqilotlarining taʼlim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo’yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha taʼlim tashqilotlarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabo’l qilindi. Bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish hamda maktabgacha taʼlim tashqilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish, yuqori sifatli maktabgacha taʼlimni taʼminlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga, 3-6 yoshdagi maktabgacha taʼlim tashqilotlariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan taʼminlash orqali maktab taʼlimiga tayyorlashni tashqil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi. Maktabdagi majburiy taʼlim bolaga maʼlum talablarni qo‘yadi. Maʼlumki, shu bola taʼlim-tarbiyaviy tashqilotning talablarini bajara oladigan rivojlanish darajasiga yetishi kerak, faqat shundagina bolani maktabga yozdirish mumkin. Maxsus adabiyotlarda bolalarning maktabga tayyorgarligining mazmuni va mezonlari aniq ko‘rsatib berilgan, lekin bolani maktabga tayyorlashda bola shaxsini qaysi tomonlari va qanday rivojlantirish kerakligi masalasida ota-onalar va bog‘cha tarbiyachilar tasavvurlari turlichadir. Bola tarbiyasida ishtirok etgan kattalar orasida o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik ota-onalar uchun bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishini asosiy hal qiluvchi shartni uning umumiy rivojlanishi tashqil etadi, yaʼni yaxshi sog‘liq, jismoniy chiniqish, axloqiy va ijtimoiy yetuklik. Baʼzi bir kattalar (ota-onalar) faqatgina aqliy rivojlanish muvaffaqiyatli maktabda o‘qishning asosiy omili deb hisoblashadi. O‘z fikrlarini ular shunday asoslab berishadi, xususan, birinchi sinfda bolalarga barcha o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirish qiyin bo‘ladi va yana hozirgi ilmiy-texnikaviy rivojlanish insonning aqliy qobiliyatiga juda katta talablar qo‘yadi. So‘ralganlarning ko‘pchiligi eng, avvalo, bolaning jismoniy va aqliy rivojlanish darajasini ko‘paytirish kerak deb hisoblashadi. Ota-onalarning kamchiligi bolaning hissiy-axloqiy rivojlanish darajasini nazarda tutib, bolaning ijtimoiy rivojlanishiga asosiy kuchni qaratishadi. Bolani maktabga tayyorlashda ota-onaning kuchlari, asosan, o‘qish jarayoni bilan bevosita bog‘liq, malaka va ko‘nikmalarga yo‘naltiriladi. Ular birinchidan-bolaning diqqatini bir joyga jalb qilishni o‘rganish kerakligi, ikkinchidan uning bilimlarini to‘ldirib, xotira, tafakkur va nutqini rivojlantirish kerakligi, uchinchidan-maktabga bo‘lgan qiziqishini o‘stirib borish kerakligini taʼkidlab aytishadi. Baʼzilar bolalarning irodaviy sifatlarini rag‘batlantirish va mustahkamlash kerak deb hisoblashadi, ular bolaning qatʼiyatli va tirishqoq bo‘lishiga harakat qilishadi hamda bolada intizomni, harakatchanlikni shakllantirish, yaʼni uning butun xulqini shakllantirish. Qo‘l amaliyotini rivojlantirish ham alohida bir qism bo‘lib kiritilgan. Ota-onalarning ko‘pchiligi birinchi sinfga borishdan oldin bolaga o‘qish va yozishni o‘rgatish kerak emas deb hisoblashadi, chunki keyinchalik, bola maktabga borganda o‘qishga qiziqishni yo‘qotib qo`yish mumkin, darslarda beʼtibor bo‘lishi mumkin. Ularning bolaga o‘qish va yozishni o‘rgatmasliklarining yana bir sababi maktab talablarini bilmay turib, noto‘g‘ri o‘rgatib qo’yishdan xavfsirashadi (qo‘rqishadi). O‘qish va yozish bu faqat maktab faoliyat turlari va ularni o‘rgatish maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar ostida amalga oshish kerak deb hisoblashadi. Ota-onalarning boshqa bir guruhi bolaning maktabga borishdan oldin o‘qish va yozishga o‘rgatishga intiladilar. Ular bolaga maktab tomonidan qo’yilgan talablari va 1-sinfda o‘qitish tempi juda baland va tez, shuning uchun oldindan olingan (o‘zlashtirilgan) malakalar bolaga har qanday topshiriqlarni bajarishga yordam beradi va natijada ortiqcha zo‘riqishni oladi, deb asoslab berishadi. Shunday ota-onalar ham borki, ular bolani o‘z shuhratparst niyatlarga o‘rgatadilar: o‘quv yili boshida ularning bolalari o‘z tengdoshlaridan oshib o‘tib (ilgari o‘tib ketib) va shu tufayli endi shakllanayotgan kollektivda manfaatli o‘rinni egallaydilar. 5-6 yoshli bolalar bilan ishlaydigan bog‘cha tarbiyachilar so‘rovlari shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik bolani maktabga tayyorlashda jismoniy va aqliy rivojlanishni afzal qo’yishmoqda. Taʼlim-tarbiyaviy ishni bolaning tafakkuri, nutqi va bilim jarayonlarini shakllantirishga yo‘naltirilib, pedagoglar bolani tabiat va jamoat to‘g‘risida asosiy bilimlar bilan boyitishadi. Ular ota-onalar kabi aqliy va jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasi bolaning shu sohadagi duch kelgan qiyinchiliklardan saqlaydi, deb hisoblashadi. Bunda shaxsning iroda va intizom kabi sifatlarini tarbiyalashga kamroq e’tibor beriladi. Qanday qilib olimlar maktabga tayyorgarlikni aniqlashadi? Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning taʼlim va tarbiya jarayoniga kirib, uning mazmunini muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olishga yo‘l qo‘yadigan shaxsning umumiy rivojlanganligi deb ko‘rsatilgan, yana maktabgacha yoshdagi bola o‘zining jismoniy, aqliy va estetik rivojlanishini egallashi kerak bo‘lgan. Maktabga tayyorgarlik darajasini bolaning katta aqliy va jihatlarning yaxlit bir sistemasi (tartibi) deb ko‘rsatilgan. Jismoniy vazifalarini bajara oladigan butun organizm va asab sistemasining maʼlum yetuklik saviyasini aniqlaydi (ko‘rsatadi). Shu bilan bir qatorda, tevarak-atrof haqida olingan oddiy bilimlar, amaliy va aqliy faoliyatdagi oddiy malakalar, tafakkur, nutq va bilim qiziqishlarining rivojlanish darajasi, xulqning ijtimoiy va axloq-irodaviy sifatlarining shakllanish darajasi katta ahamiyatga ega. Psixologlar (ruhshunoslar) maktabga umumiy tayyorgarlikning quyidagi taʼriflarini ajratadilar: jismoniy, aqliy, ijtimoiy-axloqiy (yoki ijtimoiy his -tuyg‘uli) va sababli (motivli). Boshlang‘ich maktab bolani o‘qitishga tayyorgarlik darajasiga o‘z talablarini qo‘yadi. Talablardan biri-bog‘cha bolalariga xos bo‘lgan kun tartibga rioya qilish. Maktabgacha bolaning bog‘chaga borish vaqti oilaviy sharoitga qarab belgilanadi. Ammo maktabga borish majburiy bola darslarga har kuni kelishi shart. Bog‘cha bolasi kun bo‘yi tuzilishi va mazmuni qiziq bo‘lgan turli xil faoliyatlar bilan shug‘ullanadi. Asosan, bola o‘z xohish (istagi) bo‘yicha o‘ynaydi yoki ish bilan shug‘ullanadi. Bola o‘zining mashg‘ulotlari va o‘yinlari vaqti va mazmunini o‘rganishi mumkin. Maktabda esa kunning birinchi qismida asosiy vaqtni tartibli (sistemali) o‘qitish egallaydi; bundan tashqari, kunning ikkinchi qismida maʼlum vaqtni yana dars tayyorlashga ajratish kerak. Maktabda bola o‘z xohishi va qiziqishi bilan tanlagan mashg‘ulotlar chegaralangan. Bola maktab tartibi va darslar jadvaliga bo‘ysunishi kerak. Har qanday ob-havoda bola maktabga vaqtida kelishi, o‘quv qurollarini olib kelishi, maktab taʼlim sharoitlariga ko‘nikishi kerak. Darslarda maʼlum vaqt tinch o‘tirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi tanaffusda esa nisbatan qisqa vaqt ichida o‘z kuchlarini tiklab olishi kerak bo‘ladi. Maktabdagi taʼlimning tashqil etilishi va mazmuni o‘quvchining mustaqil ishlashini taʼminlab beradigan malaka va ko‘nikmalarining rivojlanishini yuqori darajasini talab qiladi. Bolaning yozuvni muvaffaqiyatli egallashi uchun, masalan, unda barmoqlarining mayda harakatlari rivojlangan bo‘lishi shart. Shunday qilib, maktab hayotiga jismoniy va ruhiy jihatdan o‘rganish, uchun bolaga eng avvalo, mustahkam sog‘liq, orgnizmning kasalliklarga kurashish qobiliyati, jismoniy chiniqish va chidamli bo‘lish kerak. Sistemali (tartibli) taʼlim uchun bolaning aqliy rivojlanishi, yaʼni, aniqrog‘i, maktabga umumiy ruhiy tayyorgarligi muhim deb hisoblanadi. Bola birinchi sinfda uchta fan (o‘qish, yozuv va matematika)ning asoslarini, tabiat va jamiyat to‘g‘risida oddiy bilimlarni egallaydi. Bola odamlar, jismlar va tevarak-atrofdagi hodisalar haqida maʼlum tasavvur bilan maktabga kelishi kerak. Bolaning o‘quv materialni to‘liq o‘zlashtirishi va taʼlimni bola qobiliyatlariga mos kelishi uning aqliy faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bolaning yaxshi o‘qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish darajasi, idrok, tasavvur, xotira va tafakkur funksiyalari hamda aqliy faoliyat bilan shug‘ullanish odatlari taʼsir qiladi. Bola tahlil qilish (analiz) qobiliyatiga o‘rganish kerak: narsalarni (predmetlarni) idrok yetganda muhim va muhim bo‘lmaganlarni ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalarni umumlashtirish, guruhlash va hokazo. Bola zehnli, ziyrak, topqir, mustaqil bo‘lishi kerak. Zavq, xursandchilik keltiradigan aqliy faoliyatga nisbatan bolada qiziqish paydo bo‘ladi. Taʼlimning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga, uning lug‘at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan to‘g‘ri gapira berishiga bog‘liq bo‘ladi. Nutq-aqliy faoliyatning asosiy qismi (komponenti) va bolaning shu faoliyati natijalarini aytib bera oladigan asosiy vosita bo‘ladi. O‘qishda ijobiy natijalarga erishishning muhim asoslaridan bilimdonlik, tirishqoqlik hisoblanadi. Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va asosiy faoliyatida, balki ijtimoiy o‘rnida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bola munosabatlari shakllangan tanish tengdoshlar va kattalar jamoasidan, notanish bolalar va kattalar jamiyatiga o‘tadi. Oldingi jamoada bola maʼlum bir o‘rinni egallash o‘zining huquq, burch va imtiyozlarini bilar yedi, yangi shakllanayotgan maktab jamoasida esa bola o‘zini boshidan ko‘rsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari maktabgacha davrga nisbatan, aniqroq va qattiqroq belgilanadi. Bola faoliyatini baholashning muhim mezonlardan biri, nafaqat maktabda, balki oilada tengdoshlar davrasida — bu muvaffaqiyatli o‘qish bo‘lib qoladi. Baho qo`yish va baholash ijtimoiy ahamiyatga va rasmiy hujjat shakliga ega. Maktabda uzoq muddat ota-ona g‘amxo‘rligisiz bo‘lgani sababli, bola o‘z yoshiga mos his -tuyg‘u va iroda mustahkamligiga ega, o‘z xulqini nazorat qila olishi kerak. Agar o‘quvchi o‘qishga ijobiy yondashsa, o‘qishni xohlab, intilsa, taʼlimdagi boshlang‘ich qiyinchiliklar tezroq va osonroq bartaraf etiladi. Iroda bolaga barcha maktab vazifalarini doimiy va muvaffaqiyatga bajarishga kerak bo‘ladi. Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, harakterning ijobiy jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa bolalar bilan muloqot o‘rnatishda, sinfdoshlar bilan do‘stona munosabat o‘rnatishda va jamoada faol ishtirok etishda juda katta yordam beradi. Bolani maktabga umumiy tayyorgarligi deganda uning har tomonlama, yaʼni uning maʼlum bir taraflari emas, balki hamma taraflari rivojlangan bo‘lish kerak. Har qanday bir tarafini rivojlanmagani, zaifligi (aqliy, his-tuyg‘uli, irodaviy yoki amaliy-harakatli) maktabda o‘zlashtirmaslikning sabablaridan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, birinchi sinfda o‘quv fanlarning (o‘qish, yozish, matematika) mazmunini o‘zlashtirish uchun maxsus bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak. Masalan, matematika o‘qitishda o‘qituvchi bola narsalarning rangi, shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisoblaydi; yozuvni o‘rganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini to‘g‘ri ishlata olishini, grafik mashqlarni bajara olishga tayanadi. Shu kabi bilim, malaka va ko‘nikmalar maktabga maxsus tayyorgarlikni tashqil etadi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga zid kelmaydi, bir-birini chiqarib tashlamaydilar. Maktab fanlarining mazmunini o‘zlashtirishda bolaning maxsus tayyorgarligi umumiy tayyorgarlikdan kelib chiqadi, o`nga mos keladi va tayanadi va aksincha, maxsus tayyorgarlikning mazmuni taʼlimning umumiy tayyorgarligiga yordam berishi kerak. Bola shaxsini rivojlantirishda maʼlum bir tarafiga (asosan, aqliy) kuchli yo‘naltirish berishga alohida e’tibor berish kerak. Kattalar har doim shuni esda to’tishlari kerakki, bolaning yoshini hisobga olinmagan tezlashtirilgan, jadal o‘qitish zarur hisoblanadi. Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega, chunki shu davrda shaxsning asoslari olinadi. Agar shaxsni har taraflama shakllantirishda aynan shu yoshdagi qulay sharoitlar qo‘llanilmasa, rivojlanishning to‘xtab qolishi yoki chetlashini bartaraf etish nihoyatda og‘ir kechadi. 7 yosh-bu bola yangi sharoitga tez o‘rganadigan va o‘qish jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Y.A.Komenskiy bolaning yettinchi yilini bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda o‘qishni boshlaydigan vaqt hisoblagan. Bolani ona maktabida 5-6 yil taʼlim-tarbiya olishini (oilada bolani ona tarbiyasi nazarda tutilgan) u yetarli va optimal muhlat deb hisoblagan. Bolaning yoshi (7 yosh) mezonidan tashqari, sog‘lig‘ining umumiy holati va asosiy antropometrik ko‘rsatkichlari jismoniy tayyorgarligini belgilashadi. Bunda bo‘yi (7 yoshga 110 sm dan kam bo‘lmasligi kerak), vazn (20 kg), ko‘krak aylanasi (nafas chiqqanda 55 sm dan kam bo‘lmasligi kerak), tanadagi o‘zgarishlari suyaklarning o‘sishi, tishlarning almashuvi. Maktabga tayyor bo‘lgan bola jismoniy chiniqqan, har qanday ob-havoda uzoq vaqt yura oladi, asosiy harakat malakalarga, o‘zining harakatlarini nazorat qila oladi, tozalikka rioya qiladi. Bolaning bilim jarayonlari rivojlanganligi uning jamiyat va tabiat, voqea hodisalarni tushunib etishi, kuzatish qobiliyati, kundalik hodisalarni to‘g‘ri nomlash, bir-biri bilan bo‘lgan aloqani tushunib etishi ko‘rsatiladi. Bola o‘z fikrlarini ifoda eta bilishi kerak, ijodiy va mustaqil fikrlay olishi, aniq ko‘rgazma materialga tayanib, masalalarni yecha bilishi kerak. 6-7 yoshli bola oiladan tashqarida ham o‘zini dadil to’tishi kerak. Shakllangan madaniy ko‘nikmalari o‘z tengdoshlari bilan munosabatlar o‘rnatishga yordam beradi. Bolaga mustaqil o‘zi kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarini toza va tartibli saqlashni o‘rganishi kerak. Bola kattalar mehnatini muhimligini tushunishi va hurmat qilishi kerak. Har qanday ishga ijobiy yondashib, uni diqqat, e’tibor bilan vaqtida bajarishi lozim. Maktabgacha taʼlim tashqilotlarida 5 ta metodika bo‘yicha bolalarga taʼlim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi “Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari” desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini oshirish, uning muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining shu jumladan, bolaning tafakko’rini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqoriroq talablar qo’yilmoqda. Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan qo’yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o‘rtasida ziddiyatlar namoyon bo‘lmoqda. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, biz mazkur kitobda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning samarali yo‘llari hamda vositalarini ishlab chiqishda tayanch bo‘ladigan nazariy, metodik qoidalarni yoritishga qaror qildik. Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. Davlat talablari asosida tuzilgan «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi”ga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari, tarbiyachilari hamda o‘zlari uchun turli sohalar bo‘yicha dasturlar, qo‘llanmalar, tavsiyalar, qiziqarli kitoblar, aqlan va jismonan rivojlantirishga yordam beradigan turli-tuman o‘yinchoqlar va taʼlim tarbiya qurollari yoritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat talablarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga to‘la-to‘kis tayyorlashga, maktabda beriladigan taʼlimni mukammal o‘zlashtirish-ga, mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo‘lib etishishlariga zamin hozirlaydi. Maktabgacha taʼlim tashqilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi: 1. Bolalarni jismonan rivojlantirish. 2. Bolalarning nutqi va tafakko’rini rivojlantirish. 3. Bolalarni maʼnan rivojlantirish. Maktabgacha taʼlimning maqsad va vazifalariga tayangan holda «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fanining maqsadi talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning metod va usullari bilan tanishtirishdan iborat. «Bolalarni maktabga tayyorlash” fani quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: -Talabalar maktabgacha taʼlimning maqsad va vazifalarini yaxshi bilishlari; -Bolalarning maktab taʼlimiga umumiy va maxsus tayyorgarligi tushunchalarini bilishlari; -Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashni aniqlash yo‘llari va metod, usullari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishlari lozim. Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish xalq taʼlimi sistemasining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan maktabgacha tarbiya tashqilotlaridan boshlanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash fani bir qator fanlar bilan bog‘liq bo‘lib, xususan, falsafa, etika, estetika, biologiya, psixologiya, yosh psixologiyasi barcha pedagogika fanlari bilan bog‘liq holda rivojlanadi va boyib boradi. Bolalarni maktabga tayyorlash fani ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o`rganar yekan, falsafa fani bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki falsafa tarbiyaning maqsad va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga ilmiy asoslangan holda yondoshish imkonini beradi. Tarixiy materializm tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa yekanligini jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida taʼlim-tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda bilish nazariyasiga, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rganishda etikaning axloq to‘g‘risidagi taʼlimotiga tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi. Estetika insonning voqelikka, sanʼatga estetik munosabatlari rivojlanishi-ning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarni maktabga tayyorlash fani boshqa fanlardan biologiya, psixologiya, yosh psixologiyasi bilan ham bog‘liq holda rivojlanadi. Fiziologiya bolalarni maktabga tayyorlash fanining tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanish, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari, ichki sekresiya bezlari va shu singarilarning rivojlanishi haqidagi maʼlumotlarga tayanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash fani ana shu maʼlumotlar negizida taʼlim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish masalalarini muvaffaqiyatliroq xal yeta oladi, psixik voqealar va jarayonlarning ayrim qonuniyatlarini chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri xal etishda: bolalarning rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning taʼsiri va shu singarilarni belgilashda yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy prinsiplarini olib beruvchi yosh fiziologiyasi taʼlim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarbiya vositalari va metodlarini, u yoki bu mashg‘ulotlarni yoki tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishning tashqiliy shakllarini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalar pedagogika o‘quv-tarbiya jarayonini metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq shart-sharoit yaratishda yordam beradi. Insonning voqelikni belgilovchi hamda uning xulq-atvorini boshqaruvchi psixikaning qonuniyatlari va mexnizmlari to‘g‘risidagi fan bo‘lgan umumiy psixologiya insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari jarayonida shakllanadigan holat va hislatlarni (tafakkur, xotira, tasavvur, his-tuyg‘u, iroda va xokazo) tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi bolalarni maktabga tayyorlash fani turli yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlarini, u yoki bu tarbiyaviy taʼsirni ular qanday qabo’l qilinishini aniqlashda yordam beradi. Psixologiya shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, yosh va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va taʼlim berishning ratsionalroq mazmun, metodini asoslash va shaxsning shakllanish jarayonini to‘g‘ri loyixalash imkonini yaratadi. Pedagogika jamoani tashqil etishning samaraliroq shakllarini, shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash metodlarini ishlab chiqishda sotsial psixologiya bilan qurollanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash fani jismoniy rivojlanish masalasini, bola organizmining shu qobiliyatini oshirish, uning faoliyatini normallashtirish, masalalarini o‘rganishda umumiy va sotsial gigiyena, mehnat gigiyenasi, maktab gigiyenasi, pediatriya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlaridagi xulosalardan foydalanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash fani umumiy pedagogika bilan ham bog‘liqdir, chunki umumiy pedagogika tarbiyaning umumiy qobiliyatlari, jamiyatda yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash hamda taʼlimning mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. Shunday qilib, bolalarni maktabga tayyorlash fani yuqorida keltirilgan fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanib, boyib boradi. Yechilmay qolgan muammolar pedagogik nuqtai nazardan ilmiy asoslangan tarzda o‘z yechimini topadi va kerakli xulosa, tavsiyalar beradi. Bolalarni maktabga tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha taʼlimni uyda, ota-onalar mustaqil taʼlim berish orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha taʼlim tashqilotlarida shuningdek, maktabgacha taʼlim tashqilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun bolalar bog‘chalarida maktablarda, mahallalarda tashqil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta shug‘ullanadilar. Ota-onalarga maktab taʼlim shaklini tanlash huquqi beriladi. 6-7 yoshli bolaning maktab taʼlimiga tayyorgarligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanadi. Bolaning maktabga tayyorgarligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini o‘tashni oila yoki bog‘chadagi taʼlim-tarbiya sharoitlaridan maktab taʼlimiga ozorsiz o‘tkazishni taʼminlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Xulosa qilib shuni taʼkidlash lozimki, boshqa fanlar qatori bolalarni maktabga tayyorlash fani ham o‘z fani doirasida bir qator fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanadi va taraqqiy etib boradi. Maktabgacha taʼlim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni taʼminlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam taʼlim olishga tayyorladi. Maktabgacha taʼlim bola 6-7ga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar tashqilotlarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha taʼlim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashqilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok yetadi. Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: -Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; -Maktabgacha taʼlimning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; -Bolalarni oilada tarbiyalashni tashqiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan taʼminlash; -Zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; -Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; -Maktabgacha taʼlim tashqilotlarning har-xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultasiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish; -Maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish tashqilotlari tarmogini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi. Maktabgacha taʼlim, bola 6-7 yoshga yetguncha oilada, hamda davlat va nodavlat davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha taʼlim tashqilotlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha taʼlimning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi: - Bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; - Bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish; - Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish yextiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi taʼlim jarayoniga tayyorlash; - Bolalarning tafakko’rini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va yerkin ifodalash malakalarini shakllantirish. - Bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini taʼminlash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi. Maktabgacha taʼlim tashqilotlarining yasli va maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek turli yoshdagi bolalar qabo’l qilinishi mumkin. Aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha taʼlim tashqilotlari yoki guruhlar tashqil etish ham maktabgacha taʼlim tashqilot to‘g‘risidagi Nizomda ko‘rsatib utilgan. Har bir soxada bo‘lganidek, maktabgacha taʼlim tizimida ham maktabgacha taʼlim tashqilotlariga tegishli maʼlumotga, kasb tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar. Taʼlimni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardosh darajasida saqlab turish taʼminlanadi. Maktabgacha taʼlim tashqilotlari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi MT turiga davlat talablaridan kelib chiqqan holda Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi. Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni yeʼtirof pedagogikasi asosida quriladi. O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha tarbiya konsepsiyasida ham belgilangan bosh maqsad va vazifalar maktabgacha taʼlim tashqilotlari uchun yozilgan yangi dasturlar mazmunini amalga oshirishga qadar aniqlana boradi. Maktabgacha taʼlim muasasasidagi bolaning o‘sishidagi psixologik va yetnopsixologik xususiyatlarga asosilanib, taʼlim-tarbiya tizimida odob estetik, musiqiy-badiiy, jismoniy tarbiyani birinchi o‘ringa chiqarish, gramatikani bu qadar majburiy o‘rgatmaslik lozim bo‘ladi. Shunday yo‘l bilan maqsad asosida vazifa va usullar belgilanadi va rivojlantiriladi. Nazorat savollari. 1. Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash faning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 2. Maktabgacha taʼlim tashqilotida bolalarni rivojlantirish bosqichlari? 3. Bolalarni maktab taʼyyorlash faning boshqa fanlar bilan aloqa Download 38.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling