Bolalarni maktabda ta`lim olishga tayyorgarligini tashxislashning maqsad va vazifalari


Download 7.99 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi7.99 Kb.
#1792734
Bog'liq
Bolalarni maktabga tayyorlash

Bolalarni maktabda ta`lim olishga tayyorgarligini tashxislashning maqsad va vazifalari

Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish xalq ta’limi tizimining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan maktabgacha tarbiya tashkilotlaridan boshlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishini davr talabi darajasida olib borish maqsadida «Bolalar bog‘chasida «Ilk qadam» ta’lim-tarbiya dasturi» tuzilgan. O‘zbekiston «Maktabgacha ta’lim» vazirligi bu dasturni respublikamizning o‘ziga xos tomonlarini: iqlimi, jug‘rofiy, iqtisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar hajmini o‘z ichiga oladi. U maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol toptirishni nazarda tutadi.

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi amalga oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun tarbiyachi o‘z sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda mutaxassislik bo‘yicha fanlarni, jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, «Ilk qadam tayanch dasturi»ni, Davlat ta’lim standartlarini, bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir. Ayniqsa, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlangan tarzda tarbiyalashda «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining o‘rni juda kattadir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada tayyorlanadi. Bolalarni maktabga tayyorlashning maqsadi bolalarni bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq sog‘lom va yetuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirib borishdan iboratdir. Bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy vazifalari esa: bolalarni jismoniy, aqliy, ma’naviy jihatdan kamol toptirish ularning sog‘lomligini muhofaza qilish; bolalarning ijodkorlik, mustaqillik, erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun, shart- sharoitlar yaratish vazifalarini qo‘yadi.
  • «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fani bir qator fanlar bilan bog‘liq bo‘lib, xususan, falsafa, etika, estetika, biologiya, psixologiya, yosh psixologiyasi barcha pedagogika fanlari bilan bog‘liq holda rivojlanadi va boyib boradi. Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, falsafa fani bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki falsafa tarbiyaning maqsad va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga ilmiy asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligini jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda bilish nazariyasiga, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rganishda etikaning axloq to‘g‘risidagi ta’limotiga tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi. Estetika insonning voqelikka, san’atga estetik munosabatlari rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarni maktabga tayyorlash fani boshqa fanlardan biologiya, psixologiya, yosh psixologiyasi bilan ham bog‘liq holda rivojlanadi. Fiziologiya bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanish, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari, ichki sekretsiya bezlari va shu singarilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi.
  • Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani ana shu ma’lumotlar negizida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish masalalarini muvaffaqiyatliroq hal eta oladi, psixik voqealar va jarayonlarning ayrim qonuniyatlarini chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bolalarning rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni belgilashda yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy prinsiplarini olib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarbiya vositalari va metodlarini, u yoki bu mashg‘ulotlarni yoki tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishning tashkiliy shakllarini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalar pedagogika o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq shart-sharoit yaratishda yordam beradi.
  • Insondagi voqelikni belgilovchi hamda uning xulq-atvorini boshqaruvchi psixikaning qonuniyatlari va mexnizmlari to‘g‘risidagi fan bo‘lgan umumiy psixologiya insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari jarayonida shakllanadigan holat va xislatlarni (tafakkur, xotira, tasavvur, his-tuyg‘u, iroda va hokazo) tatbiq qiladi. Yosh psixologiyasi bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanini turli yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlarini, u yoki bu tarbiyaviy ta’sirni ular qanday qabul qilinishini aniqlashda yordam beradi. Yosh psixologiyasi har bir yoshda bolaning yoshga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Birinchi navbatda bola ruhiyati markaziy o‘rin tutib, bu albatta, psixologiyani bilish nazariyasi bilan bog‘liqdir. Psixologiya shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, yosh va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va ta’lim berishning ratsionalroq mazmun, metodini asoslash va shaxsning shakllanish jarayonini to‘g‘ri loyihalash imkonini yaratadi. Pedagogika jamoani tashkil etishning samaraliroq shakllarini, shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash metodlarini ishlab chiqishda sotsial psixologiya bilan qurollanadi.

Download 7.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling