Bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni tashkil etish Reja


Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim


Download 122 Kb.
bet7/7
Sana08.03.2023
Hajmi122 Kb.
#1251791
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni tashkil etish

Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim:
а ) Mashqlarni yengil yurishdan boshlab, yengil yugurishga o‘tkazish lozim, yurish va yugurish jarayonida gavdaning tikligiga e’tibor qilish lozim. Boshni to‘g‘ri tutish kerak, mashqlar majmui gavdaning to‘g‘ri turishini, xis etish uchun zarur bulgan maxsus mashqlarni bajarishdan boshlanadi;
b) umumiy ta’sirdagi 2-3 da mashqlarni bajarish lozim. Bu odatda, sodda, kam foydali mashqlardir.Ular yurak - kon tomirlari faoliyatini, nafas olish sistemasini va almashinish jarayonlarini rag‘batlantiradi;
g) keyin esa qo‘l, muskullar, yelka, gavda, oyoklar uchun mashqlar bajariladi. Bu paytda gavdaning har bir qismi orqama-ketin qo‘shilishi lozim. Mashqlarning bajarilishi keyingi qismlarda oshadi, ishga muskullarning har hil guruxlari qo‘shiladi. Gavda uchun mashqlar (egilishlar, burilishlar) qorin muskullarini mustaxkamlaydi, umurtka pogonasining harakatchanligini qo‘llab - quvvatlaydi va rivojlantiradi;
d) Keyin esa kuch ishlatuvchi xususiyatga ega bo‘lgan 2-3 ta mashqlar gavdaning barcha kismlari bilan bajariladi (qo‘l, korin muskullari va tana) Faol muskul zirishlaridan so‘ng muskullarni dam olishlari uchun 1-2 ta mashqlarni bajarish lozim;
ye) Undan keyin sakrashlar keladi. Ular oyoqlar muskullarini mustaxkamlaydi. Sakragandan so‘ng albatta, mashqini kamaytirgan holda yurishga o‘tish lozim. 1-2 ta nafas olish mashqlari organizmni yanada tinch xolga kelishiga imkon beradi;
j) Mashqlar majmui gavdani to‘g‘ri sezish mashqlarini bajarish bilan yakunlanadi.

Adabiyotlar ro‘yxati:




  1. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.

  2. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.

T.: “Iqtisod-moliya”, 2008.

  1. Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013.

  2. Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014

5.Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2014.
Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling