Bolalarning savod o‘rgatish jarayoniga tayyorgarligini o‘rganish Savod o‘rgatih davrida o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish
Download 85.51 Kb.
|
O‘quvchilarda nutq, uning og‘zaki va yozma shaklda bo‘lishi, nutqning gaplardan hosil bo‘lishi va gap haqida amaliy tushincha darslikdagi mazmunli rasmlar asosida hosil qilinadi. Buning uchun o‘qituvchi rasm yuzasidan 3-4 so‘zli savollar tuzib keladi. Masalan:Rasmda nima tasvirlangan? Aziz dalada nima qiladi? Kimlar bog‘da olma teryapti? Keyingi paytlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Natijada avvallari an’ana bo‘lgan ta’lim jarayonida qo‘llanadigan metodlar o‘rniga yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan interfaol metodlar kirib kela boshladi. Mavzularning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi va ularning mustaqil fikr yuritishlariga undash bevosita o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liqdir. Zero, yangi ta’lim standartlarini o‘zlashtirish kafolati yangicha zamonaviy metodlarni qo‘llashni talab etadi. Ta’lim tizimidagi islohot munosabati bilan boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan talablar o‘qish darslarida pedagogik texnologiyalarning rivojlantiruvchi, differensiatsiya, shaxsni muayyan maqsadga yo‘naltirish, izlanish, muammoli o‘qitish, mustaqil ish usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Shuni hisobga olgan holda boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini samarali tashkil etishga yordam beradigan, o‘quvchining faolligini oshiradigan mustaqil ish, yarim izlanishli muammoli o‘qitish, musobaqa-bellashuv metodlaridan, turli interfaol metodlardan foydalaniladi. Darslarni aqliy hujum, mustaqil tahlil, ta’limiy o‘yin, turli sahna ko‘rinishli andazasiz usullardan foydalanib uyushtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Savodga o‘rgatish darslari tayyorgarlik va asosiy davrni o‘z ichiga qamrab olib, mazkur bosqichda o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiy-tarbiyaviy ishlar turli-tumandir. Xususan, bu davrda:
Download 85.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling