Bolani nutqining grammatik xatolarini tekshirish usullari


Download 168.5 Kb.
bet4/4
Sana18.03.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1281910
1   2   3   4
Bog'liq
Bolani nutqining grammatik xatolarini tekshirish usullari

iboraviy va mantiqiy urg’ular - aytilgan fikr mazmunidan kelib chiqqan holda pauzalar, ovozni balandlatish, so’zlarni talaffuz qilishdagi zo’riqish va uzoqligi bilan ajratish;

nutq tembri - (tovush tembri va ovoz tembri bilan aralashtirib yuborilmaslik) tovushning ekspressiv-emotsional buyoqlari (qayg’uli, quvnoq, xazin tembr).
Ifodalilikning ushbu vositalari yordamida muloqot jarayonida fikrlar va iboralarni, shuningdek emotsional-iroda munosabatlarini aniqlashtirish amalga oshiriladi. Intonatsiya tufayli fikr tugallangan tusga ega bo’ladi, aytilgan fikr asosiy ma’noni o’zgartirmagan holda qo’shimcha ma’noga ega bo’lishi mumkin. SHuningdek, aytilgan fikr mazmuni ham o’zgarishi mumkin.


Ohang jihatidan ifodali bo’lmagan nutq odatda, tinglash qobiliyatining sustligi, nutqni tinglash qobiliyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi, noto’g’ri nutqiy tarbiyalash, nutqdagi turli nuqsonlar (dizartriya, rinolaliya va boshq.) oqibatida yuz berishi mumkin. Bunda boshqa har qanday grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish talab etiladi. Bolaning minimal o’z fikrini aytishi ikki so’zdan iborat bo’lishi kerak: ikki qo’g’irchoq, beshta ayiqcha, sakkizta koptok va h.q. Bunday jumlalar motivini hosil qilish uchun bir nechta o’yinchoqlar, hayvonlar, narsalar tasvirlangan suratlarni namoyish qilish tavsiya etiladi yoki pedagog (bola) nomlanishi bir xil bo’lgan bir nechta o’yinchoqlarni qo’liga oladi.
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplarni, bir xil a’zoli gaplarni to’g’ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog’lovchilarni qo’llaydi; u o’z nutqida qo’shma gaplardan, ko’pincha esa turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan qo’shma gaplardan foydalanadi: qo’shimcha gaplar -«Kamol nima ko’rganligimizni so’radi»; maqsadli gaplar - «Biz oziq-ovqat harid qilish uchun do’konga ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg’ir yog’masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
O’z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiylashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o’rinni egallashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg’ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi.
Aynan bir fikrni turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko’nikmalarini shakllantirishga doir ishlarning asosiy turi bo’lishi mumkin. Masalan, bolalar o’yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni taxlil qilishda qator gaplarni tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Xursand bo’lib, bolalar osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikrni turlicha ifodalash imkonini beradi. Mashg’ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir- birining o’rnini bosishi mumkin bo’lgan gaplar tuzishni o’rgatadi.
Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik o’yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Aynan bitta fikrni ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to’g’ri nutq ko’nikmalarini shakllantirishda asosiy o’rinni egallashi lozim.
Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlarni qo’llashni o’rgatish ular nutqini rivojlantirishga doir ishlarning ikkinchi yo’nalishi bo’lishi mumkin.
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllarni kiritish uchun bolalar, kattalar, xayvonlar, qushlarning turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o’qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va x.k.).
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: «Bola o’qiyapti». Tarbiyachi o’qiyotgan bola so’z birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi so’z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so’ngra bolalardan so’raydi: «Qaysi bola?» - «O’qiyotgan bola».

Mashg’ulot uchun eng ko’p qo’llaniladigan fe’llami olish va ulardan xozirgi zamondagi xaqiqiy sifatdoshlarni hosil qilish darker. Bolalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ularning ayrim sifatdoshlarni esda saklab qolishlari va zarur bo’lganda ularni o’z nutqiga qo’sha olishlari juda muhimdir mashg’ulotlarida, badiiy adabiyotni o’qish jarayonida o’tkazilishi mumkin. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

Predmetni, uning belgilarini ko’rsatish va nomini aytishni ularning mohiyatini ochib beradigan izoxlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so’z birikmasida - bu tushayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlarni yaxshisi, oldin alohida-alohida, keyin jo’r bo’lib aytgan ma’qul.

muayyan so’zning hosil bo’lishini tushuntirib berish: «chizayotgan» so’zi chizmoq so’zidan, «raqsga tushayotgan» so’zi raqsga tushmoq so’zidan.

Sifatdoshga savollar qo’yish: «Dala qanday, sarg’ayayaptimi?» - «Sarg’ayayapti».

Ot va sifatdoshdan iborat bo’lgan so’z birikmasi asosida gap tuzish: sarg’ayayotgan barglar - «Olmaning sarg’ayayotgan barglari ko’rinib turibdi»; g’irillayotgan samolyot - «g’irillayotgan samolyot shahar ustidan uchib o’tdi» va x.k.

Agarda o’qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib berishida mazkur sifatdoshni unga taalluqli bo’lgan otlar bilan birgalikda qo’llashlariga,
tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo’lgan fe’l nomini ayta olishlariga e’tibor berish juda muhimdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga mustaqil hikoya-tavsiflar (o’yinlar, narsalar bo’yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to’liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o’ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), xozirgi zamon xaqiqiy sifatdoshlari; old ko’makchilar va bog’lovchilar.
Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalarning oddiy gaplarni, bir xil a’zoli, gaplarni tuzish, qo’shma gaplarni to’g’ri tuzishlariga e’tiborni qaratishi lozim. Faqat yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha grammatik shakllarni o’zlashtirgan takdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.


XULOSALAR:

Bolalarning so’z ijodkorligi - qoidalar, umumlashtirmalar, obrazli munosabatlar harakatlarini shakllantirish jarayonining yaqqol ko’rinishidir.

Grammatik elementlarni egallash jarayoni ko’rgazmali tasavvurni shakllantirish asosida ro’y beradi va u bir nechta bosqichlarga ega.

Bugungi kun lingvistikasining asosiy vazifalaridan biri - son-sanoqsiz gaplarni tuzish hamda ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish tabiati va mexanizmini tushunishdan iboratdir.

Bola kattalar tilining kategoriyalar tizimiga amal qilmaydi, aksincha u o’zining «individual» til tizimining ichidagi vazifaviy xususiyatlariga asoslangan o’z so’zlari kategoriyasini yaratadi.

Tilni rivojlantirishning mohiyati (lug’at to’plash bilan parallel ravishda) shundan iboratki, toki o’rganayotgan bola ko’p sonli yangi fikrlar talqinini yaratish uchun qoidalar tizimini egallab olsin.

Ona tilining grammatik ahamiyatlari ma’nosini tushunish - o’sib borayotgan insonning aqli shakllanayotgani va rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklar grammatik ahamiyatni o’zlashtirish jarayoni normal holatda davom etayotganligidan, bolaning o’z ona tilida grammatik ahamiyat mavjudligi haqidagi g’oyani o’zlashtirib olganidan va mazkur ahamiyatni u atrofdagi kattalarning pedagogik qobiliyatidan kelib chiqqan holda egallab olayotganidan dalolat beradi.

Nutqni rivojlantirishga doir mashqlar - ya’ni, nutqiy grammatik modellarni mustahkamlashga doir mashqlar boshqa ishlar (kitob o’qish, rasm chizish, o’yin o’ynash va boshq.) bilan birgalikda bajarilishi lozim.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga syujetli suratlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim.

Faqat barcha grammatik shakllami o’zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.

NAZORAT SAVOLLARI:

Boladagi mavjud qoidalarning shakllanganligi va barqarorligini qanday qilib tekshirish mumkin?

Bolalar so’z ijodkorligi nimani bildiradi?

So’z ijodkorligining psixofiziologik negizini nima tashkil qiladi?

Bolaning ona tili sintaksisini egallash jarayoni qanday amalga oshadi?

Bolalar nutqida qanday fikr bildirish turlari ajratilgan?

Bolaning til tizimini egallash, til qobiliyatlariga ega bo’lish jarayonining asosini nima tashkil qiladi?

Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagog oldida grammatika sohasida qanday vazifalar turibdi? Ularning har birini tavsiflab bering.

Maktabgacha yoshdagi bolaning grammatik xatoliklari nimadan dalolat beradi?

Bolalar nutqidagi grammatik xatoliklarning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

Bolalarning suffikslar, prefikslar, so’z qo’shimchalarining grammatik ahamiyatini qay darajada tushunishlaridan dalolat beruvchi grammatik xatoliklariga misollar keltiring.

Tarbiyachi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklarni qanday qilib tuzatishi mumkin?

Uch-to’rt yoshli bolalar nutqining asosiy grammatik belgilarini aytib bering.

Uch-to’rt yoshli bolalar nutqining grammatik qatori ustidagi ishlarni nimalardan boshlash zarur?

Besh-olti yoshli bolalar nutqini grammatika nuqtai-nazaridan tavsiflang.

Besh-olti yoshli bolalar o’z nutqida qaysi asosiy sintaktik munosabatlarni aks ettirishlari mumkin?


ADABIYOTLAR:
1.O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedogogik tashxis markazlari to‘g‘risida nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 4.06.98 01-278 sonli buyrug‘iga ilova.
2. Respublika tibbiy psixologo-pedogogik maslahat komissiyasi nizomi va instruktiv yo‘llanma. RXTV RTM ,T 2000.
3. Metodicheskiye rekomendatsii po organizatsii rabot na logopedicheskix punktax pri obsheobrazovatelnix shkolax –T 1987.
4. Filicheva T.B, Cheveleva N.A Logopedicheskaya robota v spetsialnom detskom sadu. M 1987
5. F.J .Alimxojayeva Zaif eshituvchi bolaning eshitish qobiliyati va talafuzini tekshirish (0-5 sinflar uchun)-T O‘qituvchi 1999.
6. K. Shodiyeva Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. T., O‘qituvchi 1995.
Savol va topshiriqlar
1.Logopedik tekshirish ishlari qaysi shaklda amalga oshiriladi?
2.Induvidual va guruh nutq kartalarining tuzilishi qanday?
3.Bolaning artikulyatsion apparati tuzilishi va faoliyati
4.Nutqning talaffuz tomonini tekshirish usullari
5.Fonematik uquv va uni tekshirish usullari
6.Bolaning lug‘at boyligi qanday tekshiriladi?
7.Nutqning grammatik tuzimini qanday tekshirish mumkin?
8.O‘qish va yoquv malakalari qanday tekshiriladi?



Aim.uz



Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling