REJA: Ijtimoiy pedagogikaning predmeti va obyekti. Bolaning o‘sishi haqida tushuncha. Bolaning o‘sishida biologik va ijtimoiy asoslar. Bola kamolotida muhitning ta’siri. - Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pedagogika fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi “ijtimoiy” so‘zida namoyon bo‘ladi.
- “Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
- Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta’limning bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
- Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ega bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi.
- Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
- Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi.
- Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
- Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tegadi.
- Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir etishi mumkin.
- Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Tashqi omillarga insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi.
- Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‘yin, mehnat, o‘quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona kishilar va b. bilan). Bunda u o‘ziga xos bo‘lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam beradi.
- Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, yetakchisi bo‘ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga keladi.
- Bola tug‘ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o‘zlashtirib olishi mumkin. Bu o‘z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bilish va o‘zlashtirishda yetakchi vazifani bajaradi.
- Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o‘rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
- Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki parallel chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo‘shilib ketadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o‘ta muhim bo‘lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |