Bo`lim: Bakalavr Kurs: 1-mt-21 Fan
Download 14.14 Kb.
|
1mahg`ulot ishlanmadilnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- Darsning uslubi
- Adabiyotlar
- Darsning borishi
- O`qituvchi mavzuni xulosalaydi Amaliy mashg`ulot jarayonida faol bo`lgan guruh talabalari baholandi
- Amaliyot rahbari N.T.Tosheva Maktabgacha ta’lim magistri D.O` Jo`rayeva
MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI MAGISTRANTI JO`RAYEVA DILNOZANING OCHIQ MASHG`ULOT MAZMUNNOMASI Fakultet: Ta’lim- tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta’lim) Bo`lim: Bakalavr Kurs: 1-MT-21 Fan: Maktabgacha ta`lim tarbiyasi Dars turi: Amaliy Dars maqsadi: 1) Talabalarning pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, ta’lim subyektlari o’rtasida ijobiy munosabatni yo’lga qo’yish, ularning maxsus pedagogikaga oid bilimlarini shakllantirish,tarbiyachi nutqi,ovoz va nafas texnikasi, nutq talaffuzi va sur`ati to`g`risida ma`lumot yoritib berish; 2) talabalarning faol ishtirokini ta`minlash, ijodiy tafakkurni, dunyoqarashini o`stirish, erkin fikrlashga o`rgatish; 3) darsda o`qituvchi emas, talabalarning faolligini ta`minlash. Darsning uslubi: savol-javob, ko`rgazma metodlar asosida Darsning tipi: Yangi bilim berish, olingan bilimni mustahkamlash. Dars jihozi: Elektron tablo, test, savolnomalar, rasmli savolnomalar, mavzuga oid video lavha, o`quv qo`llanmalar darsga oid didaktik materiallar YPT: “Aqliy hujum”,”A4format”,“bilaman”,“678” o`yin metodlari Mavzu: Didaktik o`yin turlari Mavzu bo`yicha tayanch iboralar: O`yin turlari qoidali o`yin ijodiy sahna oyinlari musiqali o`yin harakatli o`yin. Adabiyotlar: O’zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti . T:.2007 Yusupova R.Maktabgacha tarbiya metodikasi.Oqituvchi.1993. N.T.Tosheva, G.A.Kamilova, G.T. Boymurodova Faylasuflar nashriyoti T.: 2013 Z.Shamuratova Logopediya. Maktabgacha ta’lim vazirligining 155-Qarori G’ulomova Sh. Nutq o’stirish mashg/ulotidan uy vazifa daftari Lesson press T.: 2019 Darsning borishi: 1.Darsimiz amaliy bo`lganligi sababli ham talabalar 3guruhga bo`lindi va har bir guruhga sardor nom berildi har bir guruh mavzu yuzasidan taqdimot va ko`rgazmali qurollar asosida mavzuni yoritdi. Yangi mavzu: Didaktik o`yin turlari REJA: 1.O`yin turkumlari.Ijodiy o`yin turlari 2.Qoidali o`yin bolaga ta`lim berish shakli sifatida 3.Didaktik o`yin turlari 4.Bola tarbiyasida o`yinchoq Yangi mavzu yuzasidan talabalar 3 guruhga bo’lingan. Har bir guruhga sardor tayinlandi va guruhlar nomlandi.1-guruhga Ijodiy o`yin deb nomlandi 2-guruhga qoidali o`yin nomi va 3-guruhga didaktik o`yin nomi berildi. Har bir guruh guruh nomlariga mos mavzularni taqdimot qilishdi va o`yin haqida qiziqarli o`yin ham tayyorlashdi Mavzu yuzasidan darsda foydalaniladigan nazariy ma’lumotlar: Talabalar 3 guruhga bo’lingan Mavzu yuzasidan 1, 2, 3 guruhlarda savol-javob bahs munozaralar olib borildi. Darsda A4 formatmetodi qo’llanildi. Bunda talabalar amaliy dars jarayonida bergan bilimlarini o`zidan keyingi guruh bergan ma`lumotlarni yoritishi kerak edi bunda guruhlar bergan bilimlar almashinildi va takrorlandi. Bilaman metodida esa talaballarga 3xil predmet berildi 3guruhga va har bir predmet xususiyati shakli ranggi foydali jihatlari yoritildi. O`qituvchi mavzuni xulosalaydi Amaliy mashg`ulot jarayonida faol bo`lgan guruh talabalari baholandi O`qituvchi bilan birgalikda talabaning javobini reyting tizimi asosida baholandi. Uyga vazifa: ijodiy o`yin turlarini o`rganib kelish. Amaliyot rahbari N.T.Tosheva Maktabgacha ta’lim magistri D.O` Jo`rayeva Download 14.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling