Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizi


Download 0.52 Mb.
bet2/22
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1501605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Jondor shevasi oxirgi МД

Amaliy ahamiyati. magistrlik dissertatsiyasi sifatida mavzuni o‘rganish kelgusida dialektologiya sohasi bo‘yicha lug‘at tayyorlash hamda doktorlik dissertatsiyasi yozishga yo‘naltiriladi.
Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi. Jondor tuman shevalarining qo’llanilish leksikasini o’rganish hamda mazkur masala yuzasidan sohaga oid lug’at tuzish.
Qo‘llanish sohasi. Dialektologiya, areal lingvistika, lingvistik geografiya, leksikologiya, leksikografiya.


MUNDARIJA
Ishning umumiy tavsifi
I BOB. Dialektologiyaning nazariy tadqiqi

    1. Jahon tilshunosligida dialektal tadqiqotlar

    2. O‘zbek tilshunosligida dialektalogiyaga oid qarashlar

Bob bo‘yicha xulosa
II BOB. Buxoro guruh shevalarining leksikasi va o‘ziga xosligi
2.1. Shevalarning leksik o’ziga xosligi
2.2. Buxoro guruh shevasi leksik tarkibida Jondor tuman shevalari leksikasi
Bob bo‘yicha xulosa
III BOB. Jondor tuman shevalarining mavzuviy guruhlari va dialektal tadqiqi
3.1. Jondor tuman shevalarining mavzuviy guruhlari
3.2. Jondor tuman shevalarining dialektal asoslari
Bob bo‘yicha xulosa
Umumiy xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ishning umumiy tavsifi
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyo tilshunosligining dialektologiya sohasida dialektal hodisalarning mukammal areal tavsifini yaratishda muayyan ishlar bajarilib, shevalar bo‘yicha to‘plangan dialektal materiallar asosida xalqlarning hayoti va turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘plab so‘zlar adabiy tilga olib kirilmoqda. Bu soha bo‘yicha tadqiqot ishlari kengayib, hind-yevropa tillari E.A.Makayev, slavyan tillari R.I.Avanesov, N.I.Tolstoy, german tillari V.M.Jirmunskiy, roman tillari M.A.Borodina, bolqon tillari A.V.Desnitskayalar tomonidan o‘rganilib, salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Ma’lumki, areal lingvistikaning lisoniy-jug‘rofiy tahliliy usuli ma’lum hududda tarqalgan til hodisalarini aniqlaydi, hududiy til xususiyatlarini o‘rganib, ularning o‘rni va tarqalish chegarasini xaritalar orqali ko‘rsatadi. Shuning uchun muayyan xalq shevalarining lingvistik xaritalarini yaratish soha taraqqiyotini ta’minlaydigan muhim omillardan hisoblanadi.
Jahon tilshunosligida bu sohaning taraqqiy etishi ko‘plab lingvistik xaritalarni yuzaga keltirdi. XX asrning boshlarida jahonga mashhur bo‘lgan Jan Jileron, Edmonlar tomonidan 12 jildli “Fransuz tili atlasi”, Venkker, Vredelarning “Nemis tili atlasi”, Moskva rus tili institutida R.I.Avanesov, B.A.Larin boshchiligida “Moskva sharqidagi Markaziy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi”, “Shimoli-g‘arbiy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi” tuzildi. Bunday lingvistik xaritalar dunyo xalqlari shevalaridagi biror so‘zning turli xil fonetik variantlarda uchrashi yoki unda narsa va hodisalarning turli nom bilan atalishi ushbu shevalarning o‘ziga xos sharoitda rivojlanishi, hudud shevalarining o‘zaro ta’siri va boshqa tillarning hudud shevalari munosabatiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdi.

O‘zbek tilshunosligida bugungi globallashuv sharoitida ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar tilga ta’sir etishini inobatga olib, shevalarni areal yo‘nalishda o‘rganishga e’tibor qaratilmoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Yoshlarni milliy hamda umuminsoniy an’ana, qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan g‘ururlanish va ularni yanada boyitish ruhida tarbiyalash” zarur. Shu bois xalqimizning milliy qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish uchun ham shevalarning lingvistik xaritalarini yaratish davr talabidir. “Areal lingvistika muayyan hududlarda tarqalgan til xususiyatlarini umumlashtirib, areal umumiylik-tillar ittifoqi, shevalar izoglossalarini aniqlash va ularni xaritalashtirish ishlarini amalga oshiradi”. Shuni aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligining dialektologiya sohasida shevalarning mukammal tavsifi yaratilgan, juda katta ilmiy tadqiqot ishlari qilingan, biroq, o‘zbek shevalari yangi tahlil usullari, xususan, areal yo‘nalishda yetarli darajada o‘rganilmagan. Bu Buxoro vohasi Jondor shevasi o‘zbek shevalari leksiksikasiga ham tegishlidir. Shevalarda har bir xalqning turmush tarzi, urf- odatlari, ma’naviy madaniyati bilan bog‘liq leksik qatlami mavjudki, ular o‘sha xalq tarixining tadrijiy taraqqiyoti bilan boyib kelgan.SHu ma’noda ham har bir so‘z tarixdir. Agar xalq shevalari hozir o‘rganilmasa ular vaqt o‘tishi bilan iste’moldan chiqadi. Shuning uchun xalq shevalarini to‘plash, dialektal xaritalarini yaratish eng dolzarb masala ekanligi bilan ahamiyat kasb etadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha oliy ta’lim tizimini
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2020 - yil 20 - oktyabrdagi PF-6084 son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling