Book · January 021 citations reads 6,702 authors
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdusamatova Shaxnoza
KIRISH……………………………………………............... 4 I BOB Bilimlarni taqdim etish modellari: Mantiqiy model, Tarmoqli semantik model……………………………….. 1.1 Mantiqiy model …………………………………………….. 7 1.2 Tarmoqli semantik model …………………….. 12 II BOB Bilimlarni taqdim etish modellari: Freymli model, Maxsulotli model …………………………………..……... 2.1 Freymli model ……………….………................................... 15 2.2 Maxsulotli model ……………………………………………. 35 Xulossa ………………………………………………………. 39 Foydalangan adabiyotlar……………………...…………… 40 3 KIRISH Mustaqillikka erishilgandan keyin barcha sohalardagi kabi ta`lim tizimida ham jiddiy islohatlar amalga oshirildi, ta`limning sifatini yaxshilashga kirishildi. Bilim – predmet sohani tavsiflovchi bilimlar bazasida saqlanuvchi axborot ko‘rinishi hisoblanib, ob‘yektni to‘la tavsiflashni ta‘minlash shartlarini qanoatlantirishi lozim. Bilim uchun hos hususiyatlar ichki interpretasiyalanish, o‘z tuzilmasiga egaligi, bog‘liqligi, faolligi kabilar hisoblanadi. Biror intellektual tizimda bilim olishni tashkil etish uchun, ularni EHM da aks ettirish lozim bo‘ladi. Buning uchun u qandaydir ko‘rinishga ega tizimlashtirilgan axborot shakliga keltiriladi. EHM da aks ettirilgan axborot prosedurali va deklarativ bo‘ladi. Prosedurali axborot dastur ko‘rinishida bo‘lib, masalani echish jarayonida amalga oshiriladi. Deklarativ axborot dastur qayta ishlovchi ma‘lumotlarda aks ettiriladi. Bilimlarni aks ettirishning mantiqiy, tarmoqli, produksionli, freymli modellari ishlatiladi. Bilimlarni hosil qilish ikki funksiya orqali amalga oshiriladi: axborotni tashqi muhitdan olish; olingan axborotni tizimlashtirish. Bilimlarni hosil qilishda turli ko‘rinishlar va olinayotgan axborotlarning ham har xil ko‘rinishlari mavjud. Shunga qarab bilimlarni hosil qilish tizimlari (BHKT) o‘qitish, o‘zini o‘qituvchi yoki maxsus funksiyaga moslashtirilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Axborotni quyidagi ko‘rinishlarda olish mumkin: axborotlarni mantiqiy hulosalashlarsiz olish; bilim ko‘rinishiga keltirilgan axborotni olish; misollar yordamida o‘qish; metadarajada bilim olish. Ixtiyoriy ko‘rinishdagi axborot qabul qilishda bilim olish jarayoni yuz beradi. Mantiqiy xulosalashlarsiz bilim olish mexanik yodlash hisoblanadi. Bilim ko‘rinishida ifodalangan axborotlarni xulosalashlar uchun qo‘llash mumkin. SHu qatorda axborotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri eslab qolish ham ishlatilishi mumkin bo‘lib, ular navbatdagi xulosalashlar, boshqa bilimlarni va faktografik ma‘lumotlarni hosil qilishda ishlatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling